• 21-modda. Terrorchilikka qarshi operatsiyaning tugatilishi
  • IV. TERRORCHILIK HARAKATI OQIBATIDA YeTKAZILGAN ZARARNI QOPLASH VA JABRLANGAN SHAXSLARNING IJTIMOIY REABILITATSIYaSI 22-modda. Terrorchilik harakati oqibatida yetkazilgan zararni qoplash
  • 23-modda. Terrorchilikka qarshi operatsiya o’tkazish natijasida yetkazilgan zararni qoplash
  • 24-modda. Terrorchilik harakati oqibatida jabrlangan shaxslarning ijtimoiy reabilitatsiyasi
  • -modda. Ommaviy axborot vositalari bilan o’zaro hamkorlik




    Download 6,07 Mb.
    bet284/309
    Sana14.05.2024
    Hajmi6,07 Mb.
    #232173
    1   ...   280   281   282   283   284   285   286   287   ...   309
    Bog'liq
    hfh

    20-modda. Ommaviy axborot vositalari bilan o’zaro hamkorlik
    Terrorchilikka qarshi operatsiya o’tkazilayotgan zonada ommaviy axborot vositalari vakillarining faoliyati joylardagi terrorchilikka qarshi operatsiya o’tkazish rahbarlari bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.
    Quyidagi axborotlar tarqatilishiga yo’l qo’yilmaydi:
    terrorchilikka qarshi operatsiya o’tkazishning maxsus texnikaviy usullarini hamda taktikasini ochib beradigan;
    terrorchilikka qarshi operatsiya o’tkazilishini qiyinlashtirib qo’yadigan, jismoniy shaxslar hayoti va sog’lig’iga xavfni keltirib chiqaradigan;
    terrorchilikni targ’ib qilishga yoki oqlashga ko’maklashadigan;
    terrorchilikka qarshi operatsiya o’tkazilayotganda bo’linmalarning xodimlari to’g’risidagi, shuningdek uni o’tkazishga ko’maklashayotgan shaxslar to’g’risidagi.
    21-modda. Terrorchilikka qarshi operatsiyaning tugatilishi
    Terrorchilik harakatiga chek qo’yilgan (tugatilgan) hamda terrorchilikka qarshi operatsiya o’tkaziladigan zonadagi jismoniy shaxslar hayoti va sog’lig’iga bo’lgan xavf bartaraf etilgan taqdirda terrorchilikka qarshi operatsiya tugallangan hisoblanadi.


    IV. TERRORCHILIK HARAKATI OQIBATIDA YeTKAZILGAN ZARARNI QOPLASH VA JABRLANGAN SHAXSLARNING IJTIMOIY REABILITATSIYaSI
    22-modda. Terrorchilik harakati oqibatida yetkazilgan zararni qoplash
    Terrorchilik harakati oqibatida yetkazilgan zararni qoplash qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
    23-modda. Terrorchilikka qarshi operatsiya o’tkazish natijasida yetkazilgan zararni qoplash
    Terrorchilikka qarshi operatsiya o’tkazish natijasida shaxsga yoxud jismoniy yoki yuridik shaxslarning mol-mulkiga yetkazilgan zarar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qoplanadi.
    SHaxsga uning terrorchilik harakatidagi ishtirokiga chek qo’yilishi munosabati bilan yetkazilgan zarar qoplanmaydi.
    24-modda. Terrorchilik harakati oqibatida jabrlangan shaxslarning ijtimoiy reabilitatsiyasi
    Terrorchilik harakati oqibatida jabrlangan shaxslarning ijtimoiy reabilitatsiyasi ularni normal hayotiy faoliyatga qaytarish maqsadida o’tkaziladi hamda mazkur shaxslarga huquqiy yordam berishdan, ularning ruhiy, tibbiy, kasbiy reabilitatsiyasidan, ularni ishga joylashtirishdan, zarur hollarda ularga obod turar joy va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa yordam berishdan iborat bo’ladi.
    Terrorchilik harakati oqibatida jabrlangan shaxslarning ijtimoiy reabilitatsiyasini amalga oshirish tartibi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

    Download 6,07 Mb.
    1   ...   280   281   282   283   284   285   286   287   ...   309




    Download 6,07 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -modda. Ommaviy axborot vositalari bilan o’zaro hamkorlik

    Download 6,07 Mb.