|
-modda. O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining terrorizmga qarshi kurash sohasidagi vakolatlari
|
bet | 281/309 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 6,07 Mb. | | #232173 |
Bog'liq hfh10-modda. O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining terrorizmga qarshi kurash sohasidagi vakolatlari
O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi:
terrorchilik faoliyatining oldini olish, uni aniqlash, unga chek qo’yish hamda uning oqibatlarini minimallashtirish yo’li bilan terrorizmga qarshi kurashni amalga oshiradi;
alohida muhim, kategoriyalangan va boshqa ob’ektlarning qo’riqlanishini va xavfsizligini ta’minlaydi;
davlat hokimiyati va boshqaruvning tegishli organlariga terrorchilik faoliyatiga aloqador shaxslar, guruhlar va tashkilotlar to’g’risida axborot taqdim etadi;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
11-modda. O’zbekiston Respublikasi Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qo’mitaning terrorizmga qarshi kurash sohasidagi vakolatlari
O’zbekiston Respublikasi Davlat chegaralarini himoya qiluvchi qo’mita:
terrorchilarning O’zbekiston Respublikasi hududiga kirishidan Davlat chegaralarining qo’riqlanishi va himoya qilinishini ta’minlaydi; O’zbekiston Respublikasi Davlat chegarasi orqali qurol, o’q- dorilar, portlovchi, radioaktiv, biologik, shuningdek kimyoviy yoki boshqa zaharlovchi moddalarning, terrorchilik harakatini sodir etish vositasi sifatida ishlatilishi mumkin bo’lgan predmet yoki materiallarning noqonuniy olib o’tilishini aniqlash va unga chek qo’yish choralarini ko’radi;
chegara oldi mintaqasida va chegara oldi zonasida terrorchilarni zararsizlantiradi, qarshilik ko’rsatilgan taqdirda yo’q qilish choralarini ko’radi;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
12-modda. O’zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo’mitasining terrorizmga qarshi kurash sohasidagi vakolatlari
O’zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo’mitasi:
O’zbekiston Respublikasi Davlat chegarasi orqali o’tkazish punktlarida giyohvandlik vositalari, psixotrop va portlovchi moddalar, portlatish qurilmalari, qurol-yarog’lar, qurollar va o’q-dorilar, yadroviy, biologik, kimyoviy yoki boshqa turdagi yalpi qirg’in qurollari, terrorchilik harakatlarida ishlatilishi mumkin bo’lgan materiallar va asbob-uskunalarni noqonuniy olib o’tishga urinishlarning oldini olish, aniqlash va ularga chek qo’yish choralarini ko’radi;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
|
| |