|
-modda.O’zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining terrorizmga qarshi kurash sohasidagi vakolatlari
|
bet | 282/309 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 6,07 Mb. | | #232173 |
Bog'liq hfh13-modda.O’zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining terrorizmga qarshi kurash sohasidagi vakolatlari
O’zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi:
O’zbekiston Respublikasining havo bo’shlig’i xavfsizligini, mamlakat ma’muriy, sanoat-iqtisodiy markazlari va hududlari, muhim harbiy va boshqa ob’ektlarning havodan beriladigan zarbadan himoya qilinishi va qo’riqlanishini ta’minlaydi;
o’z tasarrufidagi harbiy ob’ektlarning qo’riqlanishi va mudofaa qilinishini amalga oshiradi;
terrorchilikka qarshi operatsiyalarda ishtirok etadi;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
14-modda. O’zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining terrorizmga qarshi kurash sohasidagi vakolatlari
O’zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi:
favqulodda vaziyatlardan aholini himoya qilish, terrorchilar harakat qilayotgan zonada joylashgan alohida muhim, kategoriyalangan va boshqa ob’ektlar barqaror ishlashini, shuningdek terrorchilik harakatlari oqibatlarini tugatish yuzasidan vazirliklar, davlat qo’mitalari, idoralar va mahalliy davlat hokimiyati organlarining faoliyatini muvofiqlashtiradi hamda tadbirlar o’tkazadi;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
III. TERRORCHILIKKA QARSHI OPERATSIYaNING O’TKAZILISHI
15-modda. Terrorchilik harakatiga chek qo’yish
Terrorchilik harakatiga chek qo’yish uchun qonun hujjatlariga muvofiq zarur choralar qo’llaniladi, shu jumladan terrorchilikka qarshi operatsiyalar o’tkaziladi.
16-modda. Terrorchilikka qarshi operatsiyaga rahbarlik qilish va uni boshqarish
Terrorchilikka qarshi operatsiyaga rahbarlik qilish va uni boshqarish har bir muayyan holatda terrorchilik harakati tahdidi va xavfining ko’lamlarini inobatga olgan holda belgilanadi hamda mudofaa va xavfsizlikni ta’minlovchi tegishli tuzilmalar zimmasiga yuklanadi.
Terrorizm tahdidini zararsizlantirish va tugatish uchun jalb etiladigan tuzilmalar va bo’linmalarning sa’y-harakatlarini muvofiqlashtirish bo’yicha zaruratga qarab shtablar tuziladi.
|
| |