• 18-modda. Terrorchilikka qarshi operatsiya o’tkaziladigan zonaning chegaralari
  • 19-modda. Terrorchilikka qarshi operatsiya o’tkazayotgan shaxslarning operatsiya o’tkaziladigan zonadagi huquqlari
  • -modda. Terrorchilar bilan muzokaralar olib borish




    Download 6,07 Mb.
    bet283/309
    Sana14.05.2024
    Hajmi6,07 Mb.
    #232173
    1   ...   279   280   281   282   283   284   285   286   ...   309
    Bog'liq
    hfh

    17-modda. Terrorchilar bilan muzokaralar olib borish
    Terrorchilik harakatining xususiyatiga qarab jismoniy shaxslar hayoti va sog’lig’ini, moddiy boyliklarni saqlash, garovda ushlab turilgan shaxslarni ozod etish, shuningdek kuch ishlatmasdan terrorchilik harakatiga chek qo’yish imkoniyatini o’rganish maqsadida terrorchilar bilan muzokaralar o’tkazilishi mumkin.
    Terrorchilikka qarshi operatsiya o’tkazish rahbari tomonidan maxsus vakolat berilgan shaxslar terrorchilar bilan muzokaralar olib borishiga ruxsat etiladi.
    Terrorchilar bilan muzokaralar olib borilishi ularni sodir etgan jinoiy qilmishlari uchun javobgarlikdan ozod etishning asosi yoki sharti bo’lib xizmat qilishi mumkin emas.
    Agar terrorchilar bilan muzokaralar o’tkazish natijasida ular terrorchilik harakatini to’xtatishga rozi emasligi sababli muzokaralardan ko’zlangan maqsadga erishish mumkin bo’lmasa hamda jismoniy shaxslar hayoti va sog’lig’iga aniq tahdid saqlanib turgan bo’lsa, terrorchilarni zararsizlantirish va yo’q qilish yuzasidan zarur choralar ko’riladi.
    18-modda. Terrorchilikka qarshi operatsiya o’tkaziladigan zonaning chegaralari
    Terrorchilikka qarshi operatsiya o’tkaziladigan zonaning chegaralari terrorchilikka qarshi operatsiya o’tkazish rahbarlari tomonidan joyning xususiyati va sharoitlarini, shuningdek terrorchilik harakatining ko’lamlari hamda ijtimoiy xavflilik darajasini hisobga olgan holda belgilanadi.
    19-modda. Terrorchilikka qarshi operatsiya o’tkazayotgan shaxslarning operatsiya o’tkaziladigan zonadagi huquqlari
    Terrorchilikka qarshi operatsiya o’tkaziladigan zonada mazkur operatsiyani o’tkazayotgan shaxslar quyidagi huquqlarga ega:
    zarurat bo’lganda transport vositalari va yo’lovchilarning ko’cha va yo’llarda harakatlanishini vaqtinchalik cheklash yoki taqiqlash, transport vositalarini, shu jumladan diplomatiya vakolatxonalarining, konsullik muassasalarining va fuqarolarning transport vositalarini joyning ayrim uchastkalariga va ob’ektlarga kiritmaslik, fuqarolarni joyning ayrim uchastkalaridan va ob’ektlardan chiqarib yuborish, shuningdek maxsus ruxsatnomasi bo’lmagan transport vositalarini shatakka olib chiqarib tashlash choralarini ko’rish;
    jismoniy shaxslarning shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarini tekshirish, bunday hujjatlar bo’lmagan taqdirda esa ularning shaxsini aniqlash uchun ushlab turish;
    huquqbuzarliklar sodir etgan yoki terrorchilikka qarshi operatsiya o’tkazuvchi shaxslarning qonuniy talablariga to’sqinlik qilishga qaratilgan, shuningdek terrorchilikka qarshi operatsiya o’tkaziladigan zonaga ruxsatsiz kirish yoki kirishga urinish bilan bog’liq harakatlar sodir etgan shaxslarni ushlash va tegishli organlarga olib borish;
    agar kechiktirish jismoniy shaxslar hayoti va sog’lig’ini, jamiyat va davlat xavfsizligini tahdid ostiga qo’yishi mumkin bo’lsa, terrorchilik harakatiga chek qo’yish, uni sodir etganlikda gumon qilinayotgan shaxslarni ta’qib etish uchun korxonalar, muassasalar va tashkilotlar hududiga hamda xonalariga, turar joy va boshqa joylarga, yer uchastkalariga, transport vositalariga sutkaning istalgan vaqtida moneliksiz kirish (oshib tushish);
    terrorchilikka qarshi operatsiya o’tkazilayotgan zonaga kirayotgan (transport bilan kirishda) hamda mazkur zonadan chiqayotgan (transport bilan chiqishda) jismoniy shaxslarni shaxsan ko’rikdan o’tkazish, ulardagi ashyolarni, transport vositalarini hamda bu vositalarda olib o’tilayotgan yuklarni, shu jumladan nazorat qilishning texnik va boshqa vositalaridan foydalangan holda ko’rikdan o’tkazish;
    jismoniy yoki yuridik shaxslarga tegishli bo’lgan aloqa vositalaridan, shu jumladan maxsus aloqa vositalaridan, shuningdek transport vositalaridan (chet el davlatlari diplomatiya vakolatxonalari hamda boshqa muassasalarining, xalqaro tashkilotlarning aloqa va transport vositalaridan tashqari) terrorchilik harakatining oldini olish, terrorchilik harakatini sodir etgan yoki sodir etishda gumon qilinayotgan shaxslarni ta’qib qilish va ushlash, hodisa ro’y bergan joyga yetib borish, tez tibbiy yordamga muhtoj bo’lgan shaxslarni davolash muassasalariga olib borish uchun xizmat maqsadlarida foydalanish;
    terrorchilarga nisbatan qurol va jangovar texnikaning mavjud turlarini hamda maxsus vositalarini qo’llash.

    Download 6,07 Mb.
    1   ...   279   280   281   282   283   284   285   286   ...   309




    Download 6,07 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -modda. Terrorchilar bilan muzokaralar olib borish

    Download 6,07 Mb.