• 22-modda. Fuqaro muhofazasi qo’shinlarining asosiy fondlari
  • 23-modda. Fuqaro muhofazasi ob’ektlari va mol-mulki
  • V. FUQARO MUHOFAZASINI MOLIYaVIY TA’MINLASH. FUQARO MUHOFAZASI OB’EKTLARI VA MOL-MULKI




    Download 6,07 Mb.
    bet276/309
    Sana14.05.2024
    Hajmi6,07 Mb.
    #232173
    1   ...   272   273   274   275   276   277   278   279   ...   309
    Bog'liq
    hfh

    V. FUQARO MUHOFAZASINI MOLIYaVIY TA’MINLASH. FUQARO MUHOFAZASI OB’EKTLARI VA MOL-MULKI
    21-modda. Fuqaro muhofazasini moliyalash
    Fuqaro muhofazasini moliyalash vazirliklar, idoralar va ular tasarrufidagi byudjetdagi tashkilotlarda, viloyatlar, tumanlar va shaharlarda tegishincha respublika yoki mahalliy byudjet mablag’lari hisobidan, tashkilotlarda esa — o’z mablag’lari hisobidan amalga oshiriladi.
    Fuqaro muhofazasini moliyalash ijtimoiy fondlarning mablag’lari, fuqarolarning ixtiyoriy badallari va boshqa manbalar hisobidan amalga oshirilishi mumkin.
    22-modda. Fuqaro muhofazasi qo’shinlarining asosiy fondlari
    Harbiy shaharchalarning turar joylari va imoratlari, fuqaro muhofazasi harbiy qismlarining o’quv-moddiy bazasi ob’ektlari, moddiy va texnik vositalari davlat mulki bo’lib, fuqaro muhofazasi qo’shinlarining asosiy fondlarini tashkil etadi. Fuqaro muhofazasi qo’shinlari ko’rsatib o’tilgan va o’zlariga ajratilgan boshqa mol-mulkka nisbatan tezkor boshqaruv huquqidan foydalanadilar.
    Fuqaro muhofazasi qo’shinlarini joylashtirish va ularning doimiy faoliyati uchun yer uchastkalari, joylar, omborlar va boshqa ob’ektlar tegishli davlat hokimiyati va boshqaruv organlari tomonidan ularga doimiy yoki vaqtinchalik foydalanish uchun beriladi.
    23-modda. Fuqaro muhofazasi ob’ektlari va mol-mulki
    Fuqaro muhofazasi ob’ektlari va mol-mulki jumlasiga quyidagilar kiradi:
    davlat hokimiyat va boshqaruv organlarining himoya inshootlari hamda yer usti binolari kompleksiga ega bo’lgan boshqaruv punktlari;
    fuqaro muhofazasining alohida va tutash qurilgan himoyalanish, radiatsiyadan saqlanish joylari;
    mol-mulk va texnika saqlanadigan omborxona binolari;
    yakka muhofazalanish vositalari, radiatsion, kimyoviy qidiruv va dozimetrik nazorat priborlari;
    aloqa va xabar berish vositalari;
    davlat mulki bo’lgan, shuningdek fuqaro muhofazasi maqsadida foydalanish uchun tashkilotlarning mablag’lari hisobiga yaratilgan yoki sotib olingan boshqa moddiy-texnika vositalari.
    Fuqaro muhofazasi tadbirlarini ta’minlash uchun davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, tashkilotlar tomonidan fuqaro muhofazasi mol-mulki zaxiralari yaratiladi.
    Tashkilotlarning boshqaruv tarkibiy tuzilmalari va xo’jalik yuritish faoliyati shakllari o’zgargan taqdirda, ular zimmasida fuqaro muhofazasi ob’ektlari va mol-mulkidan belgilangan maqsadda foydalanish, shuningdek bunday ob’ektlar hamda mol-mulklarni hosil etish va to’plash topshiriqlari qolaveradi.
    Fuqaro muhofazasi ob’ektlarini barpo etish va mol-mulkidan foydalanish tartibi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.



    Download 6,07 Mb.
    1   ...   272   273   274   275   276   277   278   279   ...   309




    Download 6,07 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    V. FUQARO MUHOFAZASINI MOLIYaVIY TA’MINLASH. FUQARO MUHOFAZASI OB’EKTLARI VA MOL-MULKI

    Download 6,07 Mb.