• 15-modda. CHet el fuqarolari va fuqaroligi bo’lmagan shaxslarning fuqaro muhofazasi sohasidagi huquq va majburiyatlari
  • 16-modda. Aholi va mutaxassislarni fuqaro muhofazasi sohasida tayyorlash
  • IV. FUQARO MUHOFAZASI XIZMATLARI VA KUCHLARI 17-modda. Fuqaro muhofazasi xizmatlari
  • -modda. Fuqarolarning fuqaro muhofazasi sohasidagi majburiyatlari




    Download 6,07 Mb.
    bet274/309
    Sana14.05.2024
    Hajmi6,07 Mb.
    #232173
    1   ...   270   271   272   273   274   275   276   277   ...   309
    Bog'liq
    hfh

    14-modda. Fuqarolarning fuqaro muhofazasi sohasidagi majburiyatlari
    Fuqarolar:
    ushbu Qonunga va fuqaro muhofazasi sohasidagi boshqa qonun hujjatlariga rioya qilishlari;
    fuqaro muhofazasi tadbirlarini bajarishda ishtirok etishlari va tegishli tayyorgarlikdan o’tishlari;
    fuqaro muhofazasi signallarini, umumiy va yakka muhofazalanish vositalaridan foydalanish qoidalarini bilishlari;
    jabrlanganlarga dastlabki tibbiy va boshqa xil yordam ko’rsatishni bilishlari;
    davlat organlariga, shuningdek tashkilotlarga fuqaro muhofazasi sohasidagi vazifalarni hal etishda ko’maklashishlari;
    fuqaro muhofazasi ob’ektlari va mol-mulkini asrab-avaylashlari shart.
    Fuqaro muhofazasi sohasida fuqarolarning zimmasida qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa majburiyatlar ham bo’lishi mumkin.
    15-modda. CHet el fuqarolari va fuqaroligi bo’lmagan shaxslarning fuqaro muhofazasi sohasidagi huquq va majburiyatlari
    O’zbekiston Respublikasi hududidagi chet el fuqarolari va fuqaroligi bo’lmagan shaxslar fuqaro muhofazasi sohasida O’zbekiston Respublikasi fuqarolari bilan teng huquqlarga ega bo’ladilar va majburiyatlarni bajaradilar.
    16-modda. Aholi va mutaxassislarni fuqaro muhofazasi sohasida tayyorlash
    Umumta’lim maktablari, akademik litseylar, kasb-xunar kollejlari, oliy o’quv yurtlari, ishlab chiqarish va yashash joylarda aholini fuqaro muhofazasi sohasida o’rgatish umumiy va majburiydir.
    Fuqaro muhofazasi sohasida rahbarlar va mutaxassislarni tayyorlash va qayta tayyorlash malaka oshirish muassasalari, maxsus o’quv-uslubiyot markazlarida, kurslarda, shuningdek ish joyida amalga oshiriladi.
    Fuqaro muhofazasi sohasidagi bilimlarni targ’ib etish davlat organlari, shuningdek odamlarni muhofaza qilish va qutqarish borasidagi tegishli jamoat birlashmalari tomonidan ta’minlanadi. Bilimlarni targ’ib etish uchun ommaviy axborot vositalaridan foydalanish mumkin.
    IV. FUQARO MUHOFAZASI XIZMATLARI VA KUCHLARI
    17-modda. Fuqaro muhofazasi xizmatlari
    Fuqaro muhofazasi maxsus tadbirlari bajarilishini ta’minlash hamda ushbu maqsadlarda kuch va vositalarni tayyorlash uchun respublika, viloyat, tuman, shahar, shuningdek ob’ekt fuqaro muhofazasi xizmatlari tashkil etiladi.
    Fuqaro muhofazasi xizmatlarining ro’yxati, shuningdek ular to’g’risidagi nizomlar O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.

    Download 6,07 Mb.
    1   ...   270   271   272   273   274   275   276   277   ...   309




    Download 6,07 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -modda. Fuqarolarning fuqaro muhofazasi sohasidagi majburiyatlari

    Download 6,07 Mb.