• 10-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining fuqaro muhofazasi sohasidagi vakolatlari
  • -modda. Vazirliklar va idoralarning fuqaro muhofazasi sohasidagi vakolatlari




    Download 6,07 Mb.
    bet272/309
    Sana14.05.2024
    Hajmi6,07 Mb.
    #232173
    1   ...   268   269   270   271   272   273   274   275   ...   309
    Bog'liq
    hfh

    9-modda. Vazirliklar va idoralarning fuqaro muhofazasi sohasidagi vakolatlari
    Vazirliklar va idoralar:
    fuqaro muhofazasining tegishli rejalarini ishlab chiqadilar va ularning amalga oshirilishiga rahbarlik qiladilar;
    xodimlar zamonaviy qirg’in vositalaridan himoyalanish usullariga va urush davri sharoitidagi harakatlarga tayyorlanishi va o’rgatilishini tashkil etadilar;
    zamonaviy qirg’in vositalari taqdid solganda va qo’llanilganda tarmoq xodimlarini muhofaza qilish tadbirlarini amalga oshiradilar;
    urush davrida tarmoq va xalq xo’jaligi ob’ektlari barqaror ishlashini ta’minlash tadbirlarini ishlab chiqadilar va amalga oshiradilar;
    tashkilotlarni xavfsiz zonalarga evakuatsiya qilish rejalari ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini tashkil etadilar;
    fuqaro muhofazasi moddiy-texnika, tibbiy va boshqa xil vositalar zaxiralarini yaratadilar hamda ularning to’planishi, saqlanishi, yangilab borilishi va qo’llanishga shay holatda saqlab turilishi ustidan nazoratni amalga oshiradilar;
    tarmoq fuqaro muhofazasi ahvoli to’g’risida belgilangan tartibda axborot taqdim etadilar;
    fuqaro muhofazasi sohasida mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan o’zaro hamkorlik qiladilar;
    xabar berish tizimini, umumiy va yakka muhofazalanish vositalarini vujudga keltiradilar hamda ularni doimiy shay holatda saqlaydilar;
    fuqaro muhofazasining holatini nazorat qilib boradilar;
    qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradilar.
    10-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining fuqaro muhofazasi sohasidagi vakolatlari
    Mahalliy davlat hokimiyati organlari:
    fuqaro muhofazasi rejalarini ishlab chiqadilar va ularning tegishli hududda amalga oshirilishiga rahbarlik qiladilar;
    tegishli hududdagi tashkilotlar, fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari tomonidan fuqaro muhofazasi tadbirlarining bajarilishini tashkil etadilar va nazorat qilib boradilar;
    fuqaro muhofazasi kuchlari va vositalari tayyorlanishini hamda shay holatda saqlab turilishini ta’minlaydilar;
    tashkilotlar rahbarlari va aholining zamonaviy qirg’in vositalari qo’llanilgan paytdagi himoyalanish usullariga o’rgatilishini tashkil etadilar;
    zamonaviy qirg’in vositalari qo’llanilgan sharoitda aholi hayot faoliyatining ta’minlanishini kafolatlovchi fuqaro muhofazasiga oid mol-mulk, moddiy-texnika, oziq-ovqat, tibbiy va boshqa xil zaxiralar hajmlarini belgilaydilar hamda ularning to’planishi, saqlanishi, yangilab borilishi va shay holatda saqlab turilishi uchun javob beradilar;
    urush davrida, idoraviy bo’ysunuvidan qatьi nazar, tashkilotlarning barqaror ishlashini ta’minlash tadbirlarini tashkil etadilar va amalga oshiradilar;
    fuqaro muhofazasi sohasida axborotlar yig’ish va almashinishni, shuningdek zamonaviy qirg’in vositalarining qo’llanilish tahdidi yoki qo’llanilganligi to’g’risida aholini o’z vaqtida xabardor qilinishini ta’minlaydilar;
    aholini evakuatsiya qilish va bo’lib-bo’lib joylashtirishga, uning xavfsiz zonalarga o’rnashib olishiga tayyorgarlik ko’rish hamda shu ishlarni tashkil etish, davolash muassasalari va boshqa tashkilotlar ishini yo’lga qo’yish tadbirlarini amalga oshiradilar;
    qutqaruv va boshqa kechiktirib bo’lmaydigan ishlarni tashkil etadilar va amalga oshiradilar, o’z tasarruflaridagi hududda jamoat tartibi saqlanishini ta’minlaydilar;
    qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradilar.

    Download 6,07 Mb.
    1   ...   268   269   270   271   272   273   274   275   ...   309




    Download 6,07 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -modda. Vazirliklar va idoralarning fuqaro muhofazasi sohasidagi vakolatlari

    Download 6,07 Mb.