|
-modda. Fuqarolarning favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasidagi majburiyatlari
|
bet | 266/309 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 6,07 Mb. | | #232173 |
Bog'liq hfh16-modda. Fuqarolarning favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasidagi majburiyatlari
Fuqarolar:
xavfsizlik choralariga rioya etishlari, ishlab chiqarish va texnologiya intizomi, ekologik xavfsizlik talablari favqulodda vaziyatlar ro’y berishiga olib kelishi mumkin bo’lgan tarzda buzilishiga yo’l qo’ymasliklari;
muhofazalanishning asosiy usullarini, jabrlanganlarga birlamchi tibbiy yordam ko’rsatish yo’llarini o’rganishlari hamda o’z bilim va amaliy ko’nikmalarini takomillashtirishlari;
favqulodda vaziyatlar ro’y berishiga olib kelishi mumkin bo’lgan avariyalar, ofatlar va halokatlar tahdididan darak beruvchi alomatlar borligi to’g’risida tegishli organlarga xabar berishlari;
favqulodda vaziyatlar tahdid solgan va boshlangan sharoitlarda ogohlantirish belgilarini, yurish-turish qoidalari va harakat qilish tartibini, umumiy va yakka muhofazalanish vositalaridan foydalanish usullarini bilishlari;
zarurat bo’lganda avariya-qutqaruv ishlari va kechiktirib bo’lmaydigan boshqa ishlarni o’tkazishda yordamlashishlari shart.
17-modda. CHet el fuqarolari va fuqaroligi bo’lmagan shaxslarning favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasidagi huquq va majburiyatlari
O’zbekiston Respublikasi hududida chet el davlatlarining fuqarolari va fuqaroligi bo’lmagan shaxslar favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida O’zbekiston Respublikasi fuqarolari bilan teng huquqlarga ega bo’ladilar va majburiyatlarni bajaradilar.
18-modda. Aholini va mutaxassislarni favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga tayyorlash
Umumta’lim maktablari, akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari hamda oliy o’quv yurtlarida, ishlab chiqarish va turar joylarda aholini favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga o’rgatish umumiy va majburiydir.
Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat tizimi rahbarlari va mutaxassislarini tayyorlash va qayta tayyorlash o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari va oliy o’quv yurtlarida, malaka oshirish muassasalarida, kurslarda, maxsus o’quv-uslubiyat markazlarida va ish joyida amalga oshiriladi.
Aholini va mutaxassislarni favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga tayyorlash tartibi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
|
| |