• 7-modda. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasidagi vakolatlari
  • 8-modda. Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish bo’yicha maxsus vakolatli davlat boshqaruv organi
  • II. FAVQULODDA VAZIYaTLARDAN MUHOFAZA QILISHNI TA’MINLASH TIZIMI




    Download 6,07 Mb.
    bet262/309
    Sana14.05.2024
    Hajmi6,07 Mb.
    #232173
    1   ...   258   259   260   261   262   263   264   265   ...   309
    Bog'liq
    hfh

    II. FAVQULODDA VAZIYaTLARDAN MUHOFAZA QILISHNI TA’MINLASH TIZIMI
    6-modda. Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat tizimi
    Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat tizimi Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashining, viloyatlar, tumanlar va shaharlar hokimliklarining, vazirlik va idoralarning, korxona, muassasa va tashkilotlarning boshqaruv organlari, kuchlari hamda vositalaridan iborat.
    Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat tizimi tarkibi va faoliyat ko’rsatishi tartibi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
    7-modda. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasidagi vakolatlari
    O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
    favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun moliyaviy va moddiy resurslar davlat rezervlari yaratilishini ta’minlaydi hamda ulardan foydalanish tartibini belgilaydi;
    favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etishga oid kuchlar va vositalarni moliya hamda resurs jihatidan ta’minlashni, ularni maxsus texnika va boshqa moddiy-texnika vositalari bilan jihozlashni amalga oshiradi;
    favqulodda vaziyatlar tasnifini tasdiqlaydi hamda ularni bartaraf etishda ijro hokimiyati organlari ishtiroki darajasini belgilaydi;
    vazirliklar, idoralar, ijro hokimiyati mahalliy organlarining aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasidagi faoliyati ustidan nazoratni amalga oshiradi;
    qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarini amalga oshiradi.
    8-modda. Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish bo’yicha maxsus vakolatli davlat boshqaruv organi
    Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish bo’yicha maxsus vakolatli davlat boshqaruv organi O’zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligidir.
    O’zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi:
    favqulodda vaziyatlarning oldini olish, bunday vaziyatlarda odamlarning hayotini asrab qolish va sog’lig’ini saqlash, moddiy va madaniy boyliklarni muhofaza qilish, shuningdek favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish va zararini kamaytirish yuzasidan choralar ishlab chiqadi hamda amalga oshiradi;
    aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida maxsus dasturlar ishlab chiqilishi va ilmiy tadqiqotlar amalga oshirilishini tashkil etadi;
    o’z vakolati doirasida vazirlik va idoralar, korxona, muassasa va tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar uchun bajarilishi majburiy bo’lgan qarorlar qabul qiladi;
    boshqaruv organlarining, aholini va hududlarni muhofaza qilish kuchlari va vositalarining favqulodda vaziyatlar sharoitida harakat qilishga tayyor bo’lishini tashkil etadi;
    favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish kuchlari va vositalari boshqaruvini amalga oshiradi, boshqaruv punktlari, xabar berish va aloqa tizimlarini tuzadi;
    favqulodda vaziyatlar sharoitida avariya-qutqaruv ishlari va kechiktirib bo’lmaydigan boshqa ishlar o’tkazilishini tashkil etadi;
    aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish tadbirlari bajarilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi;
    ishlab chiqarish va ijtimoiy ob’ektlar bo’yicha loyihalar va qarorlar yuzasidan davlat ekspertizasi o’tkazilishida ishtirok etadi;
    qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.

    Download 6,07 Mb.
    1   ...   258   259   260   261   262   263   264   265   ...   309




    Download 6,07 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    II. FAVQULODDA VAZIYaTLARDAN MUHOFAZA QILISHNI TA’MINLASH TIZIMI

    Download 6,07 Mb.