|
Talabalar bilimini baholash mezoni
|
bet | 258/309 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 6,07 Mb. | | #232173 |
Bog'liq hfhTalabalar bilimini baholash mezoni
Ball
|
Baho
|
Talabaning bilim darajasi
|
86-100
|
A´lo
|
Xulosa va qaror qabul qilish
Ijodiy fikrlay olish
Mustaqil mushohada yuritish
Amalda qo´llay olish
Mohiyatini tushunish
Bilish, aytib berish
Tasavvurga ega bo´lish
|
71-85
|
Yaxshi
|
Mustaqil mushohada yuritish
Amalda qo´llay olish
Mohiyatini tushunish
Bilish, aytib berish
Tasavvurga ega bo´lish
|
55-70
|
qoniqarli
|
Mohiyatini tushunish
Bilish, aytib berish
Tasavvurga ega bo´lish
|
0-54
|
qoniqarsiz
|
Aniq tasavvurga ega emaslik
Bilmaslik
|
Fan bo‘yicha saralash bali 55 ballni tashkil etadi. Talabaning saralash balidan past bo‘lgan o‘zlashtirishi reyting daftarchasida qayd etilmaydi.
Talabaning semestr davomida fan bo‘yicha to‘plagan umumiy bali xarbir nazorat turidan belgilangan qoidalarga muvofiq to‘plagan ballari yig‘indisiga teng.
ON va YAN turlari kalendar tematik rejaga muvofiq dekanattomonidan tuzilgan reyting nazorat jadvallari asosida o‘tkaziladi. YAN semestrning oxirgi 2 xaftasi mobaynida o‘tkaziladi.
JN va ON nazoratlarda saralash balidan kam ball to‘plagan va uzrlisabablarga ko‘ra nazoratlarda qatnasha olmagan talabaga qayta topshirish uchun, navbatdagi shu nazorat turigacha, so‘nggi joriy va oraliq nazoratlar uchun esa yakuniy nazoratgacha bo‘lgan muddat beriladi.
Talabaning semestrda joriy va oraliq nazorat turlari bo´yicha to´plangan ballari ushbu nazorat turlari umumiy balining 55 foizidan kam bo´lsa yoki semestr yakunida joriy, oraliq va yakuniy nazorat turlari bo´yicha to´plangan ballari yig´indisi 55 baldan kam bo´lsa, u akademik qarzdor hisoblanadi.
Akademik qarzdor talabalarga semestr tugaganidan keyin qayta o´zlashtirish uchun bir oy muddat beriladi. SHu muddat davomida fanni o´zlashtira olmagan talaba, fakultet dekani tavsiyasiga ko´ra belgilangan tartibda rektorning buyrug´i bilan talabalar safidan chetlashtiriladi.
Talaba nazorat natijalaridan norozi bo´lsa, fan bo´yicha nazorat turi natijalari e´lon qilingan vaqtdan boshlab bir kun mobaynida fakultet dekaniga ariza bilan murojaat etishi mumkin. Bunday holda fakultet dekanining taqdimnomasiga ko´ra rektor buyrug´i bilan 3 (uch) a´zodan kam bo´lmagan tarkibda apellyatsiya komissiyasi tashkil etiladi.
Apellyatsiya komissiyasi talabalarning arizalarini ko´rib chiqib, shu kunning o´zida xulosasini bildiradi.
Baholashning o´rnatilgan talablar asosida belgilangan muddatlarda o´tkazilishi hamda rasmiylashtirilishi fakultet dekani, kafedra mudiri, o´quv bo´limi hamda ichki nazorat va monitoring bo´limi tomonidan nazorat qilinadi.
Baholashning o´rnatilgan talablar asosida belgilangan muddatlarda o´tkazilishi hamda rasmiylashtirilishi fakultet dekani, kafedra mudiri, o´quv bo´limi hamda ichki nazorat va monitoring bo´limi tomonidan nazorat qilinadi.
|
| |