|
-modda. Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasidagi qonun hujjatlari
|
bet | 261/309 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 6,07 Mb. | | #232173 |
Bog'liq hfh3-modda. Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasidagi qonun hujjatlari
Aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasidagi qonun hujjatlari ushbu Qonundan va boshqa qonun hujjatlaridan iborat.
Qoraqalpog’iston Respublikasida aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasidagi munosabatlar Qoraqalpog’iston Respublikasining qonun hujjatlari bilan ham tartibga solinadi.
Agar O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasidagi O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo’lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo’llaniladi.
4-modda. Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishning asosiy printsiplari
Aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilishning asosiy printsiplari quyidagilardan iborat:
insonparvarlik, inson hayoti va sog’lig’ining ustuvorligi;
oshkoralik;
axborotning o’z vaqtida berilishi va ishonchli bo’lishi;
favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish choralarining oldindan ko’rilishi.
5-modda. Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasidagi axborot
Aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasidagi axborot, agar qonunda boshqacha qoida nazarda tutilgan bo’lmasa, oshkora bo’ladi.
Davlat hokimiyat va boshqaruv organlari, fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari, shuningdek korxona, muassasa va tashkilotlar rahbarlari aholining va hududlarning favqulodda vaziyatlardan muhofazalanish holati hamda ularning xavfsizligini ta’minlash yuzasidan ko’rilgan choralar haqida, oldindan bashorat qilinayotgan va ro’y bergan favqulodda vaziyatlar to’g’risida, ulardan aholini muhofaza qilishning usul va yo’llari haqida ommaviy axborot vositalari hamda boshqa kanallar orqali aholini o’z vaqtida va ishonchli tarzda xabardor etishlari shart.
Mansabdor shaxslar tomonidan aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasidagi axborotning yashirilishi, o’z vaqtida taqdim etilmasligi yoki bila turib yolg’on axborot taqdim etilishi ularning qonun hujjatlariga muvofiq javobgarligiga sabab bo’ladi.
Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasidagi axborot bilan ta’minlash tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
|
| |