|
-modda. Vazirliklar va idoralarning favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasidagi majburiyatlari
|
bet | 263/309 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 6,07 Mb. | | #232173 |
Bog'liq hfh9-modda. Vazirliklar va idoralarning favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasidagi majburiyatlari
Vazirliklar va idoralar favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida:
o’z tasarrufidagi korxona, muassasa va tashkilotlarning favqulodda vaziyatlar sharoitida harakat qilishga shay bo’lib turishini ta’minlashlari;
tarmoqning va o’z tasarrufidagi ob’ektlarning favqulodda vaziyatlar sharoitida barqaror ishlash imkoniyatini oshirish tadbirlarini ishlab chiqishlari va amalga oshirishlari;
favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish bo’yicha harakatlar rejasini, nizomlar, qoidalar va yo’riqnomalarni kelishib olish uchun O’zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligiga taqdim etishlari;
o’z tasarrufidagi ob’ektlar xodimlarini qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalari tarkibida favqulodda vaziyatlarda muhofazalanish usullariga va harakat qilishga o’rgatishlari;
favqulodda vaziyatlar to’g’risida xabar berish mahalliy tizimlarini yaratishlari va ularni doimo shay holatda saqlab turishlari;
aholining va hududlarning muhofazalanish holati to’g’risida belgilangan tartibda axborot berishlari, shuningdek tarmoq xodimlarini favqulodda vaziyat tahdidi borligi to’g’risida xabardor qilishlari;
moddiy va moliyaviy resurslar rezervlarini yaratishlari;
favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish rejalariga muvofiq o’z tasarrufidagi ishlab chiqarish va ijtimoiy ob’ektlarda hamda ularga tutash hududlarda avariya, qutqaruv ishlari va kechiktirib bo’lmaydigan boshqa ishlar tashkil etilishi, moliyalanishi va o’tkazilishini ta’minlashlari;
o’ta muhim ob’ektlar va ularning xodimlarini favqulodda vaziyatlar sharoitida o’z faoliyatlarini davom ettirishlari ta’minlanadigan punktlarga evakuatsiya qilish tadbirlarini amalga oshirishlari;
favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish maxsus kuchlari va vositalari tashkil etilishini, tayyorgarlikdan o’tkazilishini va shay bo’lib turishini ta’minlashlari;
o’z tasarrufidagi ob’ektlar loyihalanishi, qurilishi va rekonstruktsiya qilinishi chog’ida aholini va hududlarni muhofaza qilish masalalariga oid talablar bajarilishini nazorat qilib borishlari;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshirishlari shart.
Vazirliklar va idoralar O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan ro’yxati belgilab qo’yiladigan, potentsial xavf manbai bo’lgan ob’ektlarda aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish bo’yicha mutaxassislar shtat lavozimlarini joriy etadilar. Boshqa ob’ektlarda esa mas’ul shaxslar tayinlanadi.
|
| |