O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
“Avtomobil benzini sotib olish bo’yicha ilgari berilgan imtiyozlar o’rniga shaxslarning ayrim toifalariga oylik pul kompensatsiyalari to’lovlari joriy etish to’g’risida”
2006 yil 30 oktyabrdagi № 223-son Qarori
"O’zbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish to’g’risida"gi O’zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq shaxslarning ayrim toifalarini ijtimoiy himoya qilishni ta’minlash maqsadida hamda Vazirlar Mahkamasining "Avtomobil benziniga chakana narxlarning o’zgarishi to’g’risida" 2006 yil 30 iyundagi 127-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. 2006 yil 1 noyabrdan boshlab avtomobil benzini sotib olish bo’yicha ilgari berilgan imtiyozlar o’rniga shaxslarning ayrim toifalariga oylik pul kompensatsiyalari to’lovlari joriy etilsin.
2. Avtomobil benzini sotib olish xarajatlarining bir qismi uchun shaxslarning ayrim toifalariga oylik pul kompensatsiyasi to’lash tartibi to’g’risidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Avtomobil benzini sotib olish xarajatlarining bir qismi uchun shaxslarning ayrim toifalariga oylik pul kompensatsiyasi summasi 10500 (o’n ming besh yuz) so’m miqdorida belgilansin.
4. O’zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o’zgartirishlar kiritilsin va ba’zilari o’z kuchini yo’qotgan deb hisoblansin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O’zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o’rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
|