II. Avtomobil benzini sotib olish xarajatlarining bir qismi uchun oylik pul kompensatsiyasi to’lovini tayinlash




Download 84 Kb.
bet3/6
Sana15.03.2017
Hajmi84 Kb.
#145
1   2   3   4   5   6
II. Avtomobil benzini sotib olish xarajatlarining bir qismi uchun oylik pul kompensatsiyasi to’lovini tayinlash

4. Oylik pul kompensatsiyasi to’lovi uni olish huquqiga ega bo’lgan, O’zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashaydigan, yengil avtomobil, motoaravacha yoki mottosiklga ega bo’lgan (keyingi o’rinlarda "avtomototransport vositasi" deb yuritiladi) va ulardan foydalanadigan shaxslarga tayinlanadi.

5. Avtomototransport vositalaridan foydalanish huquqi ishonchnoma bo’yicha boshqa shaxsga berilganda oylik pul kompensatsiyasi olish huquqi yo’qoladi.

6. Mazkur Nizomning 5-bandining amal qilishi, basharti sog’lig’ining holati bo’yicha avtomototransport haydash to’g’ri kelmaydigan Ikkinchi jahon urushi nogironlari bilan doimiy ravishda birga yashaydigan, u bilan birga bir turar joy maydonida ro’yxatdan o’tgan oila a’zolari avtomototransportni ishonchnoma bo’yicha haydagan taqdirda ularga nisbatan tatbiq etilmaydi. Bunda oylik pul kompensatsiyasi to’lash faqat ishonchnomaning amal qilish muddatiga tayinlanadi.

7. Oylik pul kompensatsiyasi to’lovini tayinlash uchun bunga huquqi bo’lgan shaxs pensiyalar va nafaqalarni tayinlaydigan organlarga (O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, Davlat bojxona qo’mitasi organlari) quyidagi hujjatlarni taqdim etishi zarur:

ariza;


ariza byeruvchining pasporti nusxasi;

imtiyozga bo’lgan huquqlar to’g’risidagi guvohnomalar nusxalari (urush qatnashchilari va nogironlari hamda ularga tenglashtirilgan shaxslar uchun);

Tibbiy-myehnat ekspyert komissiyalarining ma’lumotnomalari nusxalari (myehnatda mayib bo’lish, kasb kasalligi tufayli nogironlar va bolalikdan nogironlar uchun);

ariza byeruvchiga tegishli bo’lgan avtomototransport vositasi texnik pasportining O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Yo’l harakati xavfsizligi davlat xizmati organlarida davriy texnik ko’rikdan o’tganligi to’g’risida belgi qo’yilgan texnik pasporti nusxasi;

avtomototransport vositasi egasining haydovchilik guvohnomasi nusxasi yoki Ikkinchi jahon urushi nogironi bilan doimiy birga yashaydigan va u bilan bir turar joy maydonida ro’yxatdan o’tgan oila a’zosining haydovchilik guvohnomasi, pasporti nusxalari va u tomonidan avtomototransport vositasidan foydalanish huquqiga ishonchnoma.

8. Oylik pul kompensatsiyasini to’lash barcha zarur hujjatlar mavjud bo’lgan taqdirda murojaat qilingan kundan boshlab tayinlanadi.

9. Barcha zarur hujjatlar bilan birgalikda ariza berilgandan keyin oylik pul kompensatsiyasi to’lovini tayinlash to’g’risidagi masala 5 ish kuni mobaynida ko’rib chiqiladi.

Bunda oylik pul kompensatsiyasi to’g’risidagi ijobiy qaror oylik pul kompensatsiyasini tayinlaydigan organning (O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, Davlat bojxona qo’mitasi organlari) farmoyishi bilan qabul qilinadi.

10. Oylik pul kompensatsiyasi to’lovini tayinlash rad etilgan taqdirda oylik pul kompensatsiyasini tayinlaydigan organlar tegishli qaror qabul qilingandan keyin 3 ish kunida tegishli qarorni ariza byeruvchining qo’liga beradi yoki unga rad etish to’g’risida pochta bildirishnomasini jo’natadi (rad etish sabablari ko’rsatilgan holda) va ayni bir vaqtda barcha hujjatlarni qaytaradi.

11. Oylik pul kompensatsiyasini tayinlaydigan organlar tomonidan oylik pul kompensatsiyasi to’lovni tayinlash rad etilishi to’g’risidagi qaror:

ariza byeruvchining maqomi oylik pul kompensatsiyasini olish huquqiga ega bo’lgan shaxslar toifasi maqomiga muvofiq bo’lmaganda;

foydalanilayotgan avtomototransport vositasi tipi yengil avtomobil, motoaravacha va mottosiklga muvofiq bo’lmaganda;

avtomototransport davriy davlat texnik ko’rigidan o’tkazilmaganda;

mazkur Nizomning 7-bandida nazarda tutilgan hujjatlar to’liq taqdim etilmaganda qabul qilinishi mumkin.

12. Oylik pul kompensatsiyasi to’lovini tayinlash rad etilishi uchun asos bo’lib xizmat qilgan sabablar ariza byeruvchi tomonidan bartaraf etilgan taqdirda ariza byeruvchi takroran murojaat qilish huquqiga egadir.

Hujjatlarni takroran ko’rib chiqishda oylik pul kompensatsiyasini tayinlaydigan organ tomonidan ariza byeruvchiga yozma shaklda ilgari bayon qilingan e’tirozlar taqdim etilishiga yo’l qo’yilmaydi, ularning barataraf etilishini tasdiqlaydigan hujjatlar bilan bog’liq e’tirozlarni taqdim etish bundan mustasno.

13. Oylik pul kompensatsiyasi to’lovi summasining miqdori jismoniy shaxslardan yonilg’i istye’moli uchun olinadigan soliq hisobga olinmagan holda chakana savdodagi avtomobil benzini (chakana savdoda eng ko’p tarqalgan) muayyan markasining qirq litri qiymatining ellik foizidan kyelib chiqib O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan belgilanadi.


Download 84 Kb.
1   2   3   4   5   6




Download 84 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



II. Avtomobil benzini sotib olish xarajatlarining bir qismi uchun oylik pul kompensatsiyasi to’lovini tayinlash

Download 84 Kb.