III. Oylik pul kompensatsiyasi to’lovini amalga oshirish




Download 84 Kb.
bet4/6
Sana15.03.2017
Hajmi84 Kb.
#145
1   2   3   4   5   6
III. Oylik pul kompensatsiyasi to’lovini amalga oshirish

14. Oylik pul kompensatsiyasi to’lovi ko’rsatib o’tilgan shaxslarning yashash joyi bo’yicha pensiyalar va nafaqalarni tayinlaydigan organlar tomonidan pensiyalar va nafaqalarni to’lash uchun belgilangan muddatlarda, alohida qaydnomalar bo’yicha aloqa bo’limi yoki banklarning bo’limlari orqali amalga oshiriladi.

15. Avtomototransportning davriy davlat texnik ko’rikdan o’tganligi to’g’risida texnik pasportda tegishli belgi mavjud bo’lmagan taqdirda oylik pul kompensatsiyasi to’lash oylik pul kompensatsiya to’lovini tayinlaydigan organlar tomonidan to’xtatib qo’yiladi.

Oylik pul kompensatsiyasi to’lash avtomototransport egasi tomonidan ariza berilgan va davriy davlat texnik ko’rikdan o’tganlik to’g’risida texnik pasportda belgi qo’yilgan paytdan boshlab tiklanadi.

Oylik pul kompensatsiyasi to’lovi tayinlangan avtomototransport vositasi egalari oylik pul kompensatsiyasi to’lovini tayinlaydigan organlarni davriy davlat texnik ko’rigidan o’tilgandan keyin 10 kun mobaynida xabardor qilishi shart.

Agar davriy texnik ko’rikdan o’tganlik to’g’risidagi hujjat ikki haftadan ortiq kyechikib taqdim etilgan taqdirda tegishli davr uchun oylik pul kompensatsiyasi to’lanmaydi.

16. Avtomototransport vositasi egasi oylik pul kompensatsiya to’lovini tayinlaydigan organga:

yashash joyi o’zgarganligi;

avtomototransport vositasi sotilganligi;

yo’l harakati xavfsizligi qoidalari buzilganligi uchun haydovchilik guvohnomasidan mahrum etilganligi holatlari to’g’risida xabar berishi shart.

Oylik pul kompensatsiyasi olish huquqiga ega bo’lgan avtomototransport vositasi egasi vafot etgan taqdirda tegishli bildirishnoma uning qarindoshlari tomonidan taqdim etilishi kyerak.

Yuqorida sanab o’tilgan holatlarda kompensatsiya to’lash to’xtatiladi.

Ko’rsatib o’tilgan axborotni yashirgan va oylik pul kompensatsiyasini noqonuniy olgan avtomototransport vositasi egasidan tegishli summa qonun hujjatlarida belgilangan tartibda undirib olinadi.

17. Agar oylik pul kompensatsiyasini asoslanmagan to’lash oylik pul kompensatsiyasini tayinlaydigan yoki to’laydigan organning xodimi aybi bilan yuz byergan taqdirda ushbu pul mablag’lari aybdor shaxsning hisobiga qoplanadi.

18. Oylik pul kompensatsiyasini to’laydigan vazirliklar va idoralarning hududiy bo’linmalari, har oyda, 10-kundan kyechikmay "O’zneftmahsulot" aksiyadorlik kompaniyasining unitar korxonalariga (neft bazalariga) neft bazalari tomonidan xizmat ko’rsatiladigan hududlar bo’yicha, oylik pul kompensatsiyasini olish huquqiga ega bo’lgan shaxslar sonini ko’rsatgan holda keyingi oyga oylik pul kompensatsiyalari summasini to’lash uchun moliyaviy mablag’lar hajmida (kompensatsiyalar yetkazib byerilishi uchun aloqa bo’limlari yoki banklarning bo’limlari xarajatlari hisobga olingan holda) hisob-kitoblar bilan asoslangan ehtiyojga bo’lgan buyurtmanomani taqdim etadilar.

19. "O’zneftmahsulot" aksiyadorlik kompaniyasining unitar korxonalari (neft bazalari) har oyda 27-kundan kyechikmay oylik pul kompensatsiyasi to’laydigan vazirliklar va idoralarning hududiy bo’linmalarining bank hisob raqamlariga oylik pul kompensatsiyasi to’lash uchun moliyaviy mablag’larning zarur miqdorini o’tkazadilar.

20. Oylik pul kompensatsiyasi olish huquqiga ega bo’lgan shaxslar reestri oylik pul kompensatsiyasi to’laydigan vazirliklar va idoralarning hududiy bo’linmalari tomonidan amalga oshiriladi va ikki hafta mobaynida har bir kalyendar yil choragining 1-kuni holati bo’yicha "O’zneftmahsulot" aksiyadorlik kompaniyasining unitar korxonalariga (neft bazalariga) taqdim etiladi.

21. Oylik pul kompensatsiyasi to’laydigan vazirliklar va idoralarning hududiy bo’linmalari oylik pul kompensatsiyasi olish huquqiga ega bo’lgan shaxslar reestrlarini topshirish bilan bir vaqtda "O’zneftmahsulot" aksiyadorlik kompaniyasining unitar korxonalariga (neft bazalariga) oldingi yil choragi uchun amalda to’langan to’lovlar to’g’risida hisobotlar taqdim etadi.

22. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor bo’lgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi.

Nizomga


1-ilova


Download 84 Kb.
1   2   3   4   5   6




Download 84 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



III. Oylik pul kompensatsiyasi to’lovini amalga oshirish

Download 84 Kb.