O’zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. Mirziyoyev
Vazirlar Mahkamasining
2006 yil 30 oktyabrdagi
223-son qaroriga
1-ilova
Avtomobil benzini sotib olish xarajatlarining bir qismi uchun shaxslarning ayrim toifalariga oylik pul kompensatsiyasi to’lash tartibi to’g’risida
NIZOM
I. umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom avtomobil benzini sotib olishga xarajatlarning bir qismi uchun oylik pul kompensatsiyasi olish (keyingi o’rinlarda "oylik pul kompensatsiyasi" deb yuritiladi) huquqiga ega bo’lgan shaxslar toifasini belgilaydi va ularga bunday kompensatsiya to’lash tartibini tartibga soladi.
2. Oylik pul kompensatsiyalari to’lash avtomobil benzini sotib olish bo’yicha ilgari berilgan imtiyozlar o’rniga 2006 yil 1 noyabrdan boshlab joriy etiladi.
3. Quyidagilar oylik pul kompensatsiyasi olish huquqiga egadir:
urush qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan shaxslar mazkur Nizomga 1-ilovaga muvofiq;
urush faxriylari va ularga tenglashtirilgan shaxslar mazkur Nizomga 2-ilovaga muvofiq;
myehnatda mayib bo’lish va kasb kasalligi tufayli I va II guruh nogironlar;
I va II guruh bolalikdan nogironlar.
|