Oylik pul kompensatsiyasi olish huquqiga ega bo’lgan urush nogironlari va ularga tenglashtirilgan shaxslar toifalari
Ikkinchi jahon urushi, boshqa urushlar davrida, shuningdyek O’zbekiston Respublikasini himoya qilishda harakatdagi armiya tarkibiga kirgan harbiy qismlar, shtablar va muassasalarda xizmatni o’tashda yarador, mayib bo’lish, kontuziyaga uchrash yoki kasal bo’lish oqibatida nogiron bo’lib qolgan harbiy xizmatchilar oylik pul kompensatsiyasini olish huquqiga ega bo’lgan urush nogironlari hisoblanadi.
Quyidagi shaxslar urush nogironlariga tyenglashtiriladi:
a) sobiq SSSR va O’zbekiston Respublikasi chyegaralarini himoya qilishda yarador, mayib bo’lish, kontuziyaga uchrash yoki kasal bo’lish oqibatida nogiron bo’lib qolgan harbiy xizmatchilar;
b) 1941 yil 22 iyundan 1954 yil 31 dekabrgacha bo’lgan davrda sobiq SSSR hududida harakat qilgan qiruvchi batalonlar, vzvodlar va xalqni himoya qilish otryadlarida bo’lgan davrda yarador, mayib bo’lish, kontuziyaga uchrash yoki kasal bo’lish sababli nogiron bo’lib qolgan shaxslar;
v) front yaqinida joylashgan tyemir yo’l uchastkalari, mudofaa chizig’i inshootlari, harbiy-dengiz bazalari, aerodromlar va boshqa harbiy ob’yektlardagi ishlarda qatnashgan hamda Ikkinchi jahon urushi yillarida harbiy harakatlar mintaqalarida yarador, mayib bo’lish, kontuziyaga uchrash yoki kasal bo’lish sababli nogiron bo’lib qolgan xodimlar;
g) Ikkinchi jahon urushi yillarida partizan otryadlari va qo’shilmalarida yoxud yashirin ishlarda bo’lish davrida yarador, mayib bo’lish, kontuziyaga uchrash yoki kasal bo’lish oqibatida nogiron bo’lib qolgan shaxslar;
d) Ikkinchi jahon urushi yillarida harakatdagi armiya tarkibida ishlagan davrda yarador, mayib bo’lish, kontuziyaga uchrash yoki kasal bo’lish oqibatida nogiron bo’lib qolgan erkin yollanganlar tarkibiga kirgan shaxslar;
ye) ichki ishlar organlari va milliy xavfsizlik xizmatining boshliqlar va oddiy askarlar tarkibiga kiradigan, jangovar harakatlar olib borilgan mamlakatlarda tinchlik o’rnatish kuchlarida qatnashish hamda baynalmilal burchni bajarish bilan bog’liq yarador, mayib bo’lish, kontuziyaga uchrash yoki kasal bo’lish oqibatida nogiron bo’lib qolgan harbiy xizmatchilari;
j) ichki ishlar organlari va milliy xavfsizlik xizmatining boshliqlar va oddiy askarlar tarkibiga kiradigan, harbiy xizmat majburiyatini bajarish (xizmat vazifasini o’tash) bilan bog’liq yarador, mayib bo’lish, kontuziyaga uchrash yoki kasal bo’lish oqibatida nogiron bo’lib qolgan harbiy xizmatchilari;
z) o’quv yoki sinov yig’inlariga chaqirilgan hamda ushbu yig’inlarni o’tash davrida xizmat majburiyatlarini bajarish bilan bog’liq yarador, mayib bo’lish, kontuziyaga uchrash yoki kasal bo’lish oqibatida nogiron bo’lib qolgan harbiy xizmatga majburlar.
|