|
Tashkiliy harakterga ega bo’lgan ishlab chiqarish jarohatlarining sabablariga quyidagilar kiradi
|
bet | 39/309 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 6,07 Mb. | | #232173 |
Bog'liq hfhTashkiliy harakterga ega bo’lgan ishlab chiqarish jarohatlarining sabablariga quyidagilar kiradi:
1) bevosita kunlik ishlarni yoki ishlayotgan odamlarni sog’ligi uchun yuqori darajada xavfli bo’lgan ishlarni bajarish oldidan xavfsizlik texnikasi bo’yicha yo’riqnomalarni o’tilmasligi;
2) xavfsizlik texnikasi bo’yicha yo’riqnomalarni o’tilishi, lekin ishni bajarish jarayonida unga rioya qilinishini yetarlicha nazorat qilmaslik;
3) ishni (har xil ishlab chiqarish topshiriqlarini) bajarish vaqtida zarur himoya (ko’zoynak, niqob, respirator, to’siq va boshqa) vositalardan foydalanmaslik;
4) ishchi zonada ishni bajarish uchun keraksiz bo’lgan buyum va narsalarni mavjudligi;
5) murakkab va mas’uliyatli ishlarda maxorati yetarlicha bo’lmagan ishchilar mehnatidan foydalanish;
6) jarohatlash ehtimoli mavjud joylarda o’rab turuvchi shitlar, to’siqlar va kojuxlarni yo’qligi;
7) odam sog’ligi uchun xavf yuqori bo’lgan ish joylarini yetarlicha yoritilmasligi;
8) xavf haqida «To’xta! Yuqori kuchlanish», yoki «Ehtiyot bo’ling! Rabotlar avtomatik rejimda ishlamoqda», «Yo’l yo’q, xavfli zona» va boshqa kabi ogohlantiruvchi belgilarning yo’qligi;
9) texnologik rejimdan chalg’ish, texnologik jarayonlarni ko’pol buzilishi va boshqalar;
10) u yoki bu sabablarga ko’ra ishchiga ish vaqti davomida tanaffus va dam olish vaqtini berilmasligi;
Texnik harakterga ega bo’lgan ishlab chiqarish jarohatlarining sabablariga quyidagilar misol bo’ladi:
1) ishchining aybisiz texnologik uskuna yoki stanokning biror bir qismini avariya sabab ishdan chiqishi;
2) murakkab operatsiyalarni bajarayotgan biror bir mexanizmni ogohlantirilmasdan elektr energiyasidan ajratish;
3) yuk ko’tarish mexanizmining yuk ko’tarish vaqtida kutilmaganda po’lat arqonini uzilishi;
4) har xil o’zgaruvchan tebranma yuk ostida elektr uzatish simini o’zilishi;
5) qisilgan gaz ballonini quyosh nuridan yoki boshqa issiqlik manbai ta’sirida qizib ketishi natijasida portlashi;
6) gazogeneratorli qurilmalarni ximiyaviy reaktsiyalar jarayonida iki kuchli qizishidan portlashi;
7) ishlab chiqarishni ichki sistemalarini ta’minlovchi gaz, issiq suv yoki bug’ quvurlarini o’zilishi;
8) yuqori bosim ostida ishlovchi idishlarni portlashi;
9) har xil meteorologik omillar (kuchli jala, kalin kor, dovul va boshqa) ta’sirida binolar tomi va qonstruktsiyalarini qo’lashi;
Yuqorida qayd etilganlardan ishlab chiqarishda jarohatlarni oldini olishning eng samaralisi tashkiliy harakterdagi tadbirlar deb xulosa chiqarish mumkin. Bu
chora-tadbirlarga asosan bajarilishi zarur bo’lgan, ish sharoitini yaxshilashga olib keladigan chora-tadbirlar kiritilib, ularni shartli ravishda quyidagi to’rt guruhga bo’lib qarab chiqish mumkin:
|
| |