|
Baxtsiz hodisalarning oldini olish chora-tadbirlari
|
bet | 40/309 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 6,07 Mb. | | #232173 |
Bog'liq hfhBaxtsiz hodisalarning oldini olish chora-tadbirlari:
Bularga zaharli va yengil alangalanuvchi suyuqliklarni saqlash jarayonlarini mexanizatsiyalashtirish, himoya moslamalari, to’siqlar, avtomatik himoya vositalari, signal moslamalari, masofadan boshqarish asboblarini qo’shimcha o’rnatish va jarayonni mexanizatsiyalash usullari va boshqalar kiradi.
Kasb kasalliklarin oldini olish chora-tadbirlari:
Ishchilarni har xil kasbiy zararlar ta’siridan himoyalovchi moslama, jihozlar tayyorlash, ishlab chiqarishga joriy etish, shamollatish moslamalarini o’rnatish va o’z vaqtida ta’mirlash, havo tarkibini tekshirib
turish uchun asbob-uskunalar olish, o’rnatish, mukammallashtirilgan mashinalardan foydalanish va boshqalar kiradi.
Mehnat sharoitini umumiy yaxshilash chora-tadbirlari:
Bunga mehnatni muhofaza qilish masalalarini yorituvchi va ko’rgazmali qurollar bilan jihozlangan xonalar, burchaklar tashkil qilish, ish joylarini umumiy yoritish, shovqin va tebranishlarga qarshi umumiy chora-tadbirlar, maxsus yechinish, yuvinish, kir yuvish, kimyoviy tozalash, kiyimlarni maxsus tikish xonalarini tashkil etish kiradi.
Mehnat sharoitini tubdan yaxshilash chora-tadbirlariga:
Ishlab chiqarishda yangi texnologik jarayonlarni tatbiq etish, korxonalarni umumiy ta’mirlash, korxona jamoasi, rahbarlari, tarmoq vazirliklari hamkorligida mehnatni muhofaza qilish, mehnat sharoitlarini yaxshilash va sanitariya-gigiena chora-tadbirlarini ishlab chiqib tarmoq markaziy kasaba uyushmalari qo’mitalari bilan kelishilgan holda har yili ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi. Korxonada yuz beradigan baxtsiz hodisaga, uning birinchi rahbari va shu korxonaning bosh muhandisi bevosita javobgar hisoblanadi.
Ishlab chikarishda sodir bo’lgan baxtsiz hodisa tufayli korxona iqtisodiy zarar ko’radi. Ishchi o’z mehnat qobiliyatini bir kun va undan ortiq vaqtga yo’qotsa yoki asosiy kasbidan boshqa ishga o’tishga sabab bo’lsa N-1 formali akt tuziladi. N-1 formali akt tekshirish materiallari bilan birgalikda baxtsiz hodisa ro’y bergan boshkarmada 45 yil saqlanishi kerak.
Og’ir ahvoldagi, ikki yoki undan ortiq kishilarning guruhli o’limi bilan tugagan baxtsiz hodisalar maxsus tekshiriladi. Agar bunday baxtsiz hodisalar sodir bo’lsa, boshqarma rahbari darhol yuqori tashkilotlarga, mehnat bhyicha texnik inspektoriga, mahalliy prokraturaga habar berishi lozim.
Baxtsiz hodisalarni to’g’ri tekshirish, ularni sabablarini o’rganish va baholash jarohatlanishlar ko’rsatgichlarini aniqlash orqali tahlil qilinishi mumkin. Ishlab chiqarishda ro’y bergan jarohatlanishlarning holatini xarakterlovchi ko’rsatgichlariga quyidagilarni kiritish mumkin:
Ma’lumki, ishlab chiqarishdagi jarohatlanishlarni kamaytirish uchun ularni sabablarini to’g’ri aniqlash va atroflicha tahlil qilish zarur. Ishlab chiqarishda yuz bergan baxtsiz hodisalarning sabablarini o’rganish va baholashni quyidagi uslublar orqali amalga oshirish mumkin:
Monografik usul. Ushbu usul har bir baxtsiz hodisani alohida chuqur tahlil qilish, uning aniq sabablarini o’ganishga asoslangan. Bunda ishlab chiqarish jarayonida ishlatilgan mashina, mexanizmlar va boshqa texnik jihozlarning mexanik xolati, ishlatiladigan materiallarning tarkibi, havo va sun’iy sanitar-gigienik holati kabi faktorlar tekshirilib o’rganiladi.
Statik usulda esa jarohatlanishlarning sabablari keng masshtabda, ya’ni tuman, viloyat, vazirliklar, tarmoqlar va umuman Respublika miqyosida o’rganiladi. U tashkilotlar va korxonalarning baxtsiz hodisalar bo’yicha hisobotlarini statik qayta ishlash va tahlil qilishga asoslangan bo’lib, baxtsiz hodisalarni ishchilarni kasbi, yoshi, jinsi, ish staji kabi ko’rsatkichlar bo’yicha taqsimlanishi yoritadi.
Topografik usul baxtsiz hodisa ro’y bergan joyni o’rganish va tahlil qilishga asoslangan bo’lib, ushbu joyni ishlab chiqarish rejasi yoki topografik kartaga tushurish orqali amalga oshiriladi.
|
| |