Mehnat muhofazasi sohasidagi davlat siyosati va boshqaruvi




Download 468,94 Kb.
bet24/44
Sana24.11.2023
Hajmi468,94 Kb.
#104380
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   44
Bog'liq
xayot faliyati

Mehnat muhofazasi sohasidagi davlat siyosati va boshqaruvi
Mehnat muhofazasidagi davlat siyosati:
korxonalarning ishlab chiqarish faoliyati natijalariga nisbatan xodimning hayoti va sog`lig`i ustuvorligi;
mehnat muhofazasi sohasidagi faoliyatni iqtisodiy va ijtimoiy siyosatning boshqa yo`nalishlari bilan muvofiqlashtirib borish;
mulk va xo`jalik yuritish shakllaridan qat`iy nazar, barcha korxonalar uchun mehnat muhofazasi sohasida yagona tartib, qoidalar belgilab qo`yish;
mehnatning ekologiya jihatidan xavfsiz sharoitlari yaratilishini va ish joylarida atrof-muhit holati muntazam nazorat etilishini ta`minlash;
korxonalarda mehnat muhofazasi talablari hamma joyda bajarilishini nazorat qilish;
mehnat muhofazasini mablag` bilan ta`minlashda davlatning ishtirok etishi;
oliy va o`rta maxsus o`quv yurtlarida mehnat muhofazasi bo`yicha mutaxassislar tayyorlash;
tenika xavfsizligi, texnologiyalar va xodimlarni himoyalash vositalari ishlab chiqilishi va joriy etilishini rag`batlantirish;
fan-texnika yutuqlaridan hamda mehnat muhofazasi bo`yicha vatanimiz va chet el ilg`or tajribasidan keng foydalanish;
xodimlarni maxsus kiyim va poyafzal, shaxsiy himoya vositalari, parxez ovqatlar bilan bepul ta`minlash;
korxonalarda sog`lom va xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratishga ko`maklshuvchi soliq siyosatini yuritish;
ishlab chiqarishdagi har bir baxtsiz xodisani va har bir kasb kasalligini tekshirib chiqish hamda xisobga olib borishning va shu asosda ishlab chiqarishdagi jaroxatlanishlar hamda kasb kasalliklariga chalinishlar darajasi haqida aholini xabardor qilishning majburiyligi;
ishlab chiqarishdagi baxtsiz xodisalardan jabrlangan yoki kasb kasalligiga yo`liqqan xodimlarning manfaatlarini ijtimoiy himoyalash;
kasaba uyushmalari va boshqa jamoat birlashmalari, korxonalar va alohida shaxslarning mehnat muhofazasini ta`minlashga qaratilgan faoliyatini har tomonlama qo`llab quvvatlash;
mehnat muhofazasiga oid muammolarni hal etish chog`ida xalqaro hamkorlikni yo`lga qo`yish printsiplariga asoslanadi.
Eslatib o`tish lozimki, O`zbekiston Respublikasining “Fuqarolar sog`lig`ini saqlash to`g`risida” 1996 yil 26 avgustdagi qonunida ham mazmun va mohiyati jihatidan shu printsiplarga muvofiq keladigan tegishli normalar mavjuddir.
O`zbekiston Respublikasi korxonalari va fuqarolari xalqaro shartnomalar va bitimlar asosida ishlar bajarayotganlarida, mehnat muhofazasi bo`yicha ulardan ko`zda tutilgan talablar ushbu qonunga, O`zbekiston Respublikasining mehnat to`g`risidagi qonunlariga muvofiq qo`llaniladi. Boshqacha shartlashilgan holatlar bundan mustasnodir.
O`zbekiston Respublikasi korxonalarida ishlayotgan chet el fuqarolari uchun mehnat muhofazasi masalalariga doir munosabatlarni tartibga solishning o`ziga xos xususiyatlari manfaatdor taraflarning o`zaro bitimlari bilan belgilab qo`yiladi.
Mehnatni muhofaza qilishni davlat tomonidan boshqarish qonunning 5, 8-moddalarida mustahkamlangan.
Mazkur qonunga binoan mehnat muhofazasini davlat tomonidan boshqarish vazifasi O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan amalga oshiriladi. Bu vazifa ushbu qonunning printsiplarini amalga oshirish, mehnatni, atrof-muhitni muhofaza qilishning ilmiy asoslangan standartlari, qoida va normalarini ishlab chiqish va qabul qilish, ishlab chiqarishda mehnat xavsizligini ta`minlash uchun zarur bo`lgan talablar darajasini belgilashi, shuningdek mehnat sharoitlarini yaxshilash, ishlab chiqarishdagi jaroxatlanishlar, kasb kasalliklarining oldini olishga oid Respublikaning aniq maqsadga qaratilgan dasturlarini ishlab chiqish va moliyaviy jihatdan mablag` bilan ta`minlashi, ularning bajarilishini nazorat qilishdan iborat.
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2001 yil 13 fevraldagi “Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligini tashkil etish to`g`risida”gi Farmonida mazkur vazirlikka mehnat munosabatlarini tartibga solish, mehnat sharoitlarini, uni tashkil etish, muhofaza qilish va normalash tizimini takomillashtirish bo`yicha bozor sharoitlariga mos keladigan chora-tadbirlarni ishlab chiqish vazifasi yuklatilgan.
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining mazkur Farmonini bajarish maqsadida Vazirlar mahkamasi tomonidan “O`zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi faoliyatini tashkil etish to`g`risida” 2001 yil 13 fevralda 73-sonli qarori qabul qilingan. Mazkur qarorda Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining tashkiliy masalalari hal etib berilgan. Ma`lumki, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 6 apreldagi 162-sonli qarori bilan O`zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi to`g`risida Nizom tasdiqlangan. mazkur Nizom Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining maqomi, vazifalari, funktsiyalari, vakolatlari va faoliyatining tashkiliy asoslari belgilab berilgan.
O`zbekiston Respublikasi Mehnat va haolini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi (keyingi o`rinlarda matnda-”Vazirlik” deb yuritiladi) mehnat, aholini ish bilan ta`minlash, ijtimoiy muhofaza qilish va aholining ijtimoiy ta`minoti sohasida davlat boshqaruvning markaziy organi hisoblanadi hamda o`z faoliyatida O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga bo`ysinadi. Vazirlik o`z faoliyatida O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, O`zbekiston Respublikasi qonunlariga, Oliy Majlisning qarorlari va boshqa hujjatlariga, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, mehnat, aholini ish bilan ta`minlash, ijtimoiy muhofaza qilish va aholining ijtimoiy ta`minoti bo`yicha O`zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga, shuningdek, mazkur Nizomga amal qiladi.
Vazirlikning o`z vakolatlari doirasida qabul qilinadigan qarorlari, vazirliklar, idoralar joylardagi hokimiyat va boshqaruv organlari, xo`jalik birlashmalari, korxonalar va muassasalar, shuningdek fuqarolar tomonidan bajarilishini majburiy hisoblanadi.
O`zbekiston Respublikasi Mehnat va holini muhofaza qilish vazirligi, qoraqalpog`iston Respublikasi Mehnat aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, viloyatlar, va Toshkent shahar hokimliklarining Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish Bosh boshqarmalari, mehnat, aholini ish bilan ta`minlash va ijtimoiy muhofaza qilish tuman (shahar bo`limlari, ijtimoiy ta`minot tuman (shahar) bo`limlari, shuningdek vazirlikka va uning hududiy bo`linalariga qarashli boshqa tashkilotlar mehnat va respublika aholisini ijtimoiy muhofaza qilish organlarining yagona tizimini tashkil etadi. Vazirlik o`ziga tegishli masalalarni hal etishda shu barcha organlar faoliyatini yo`naltiradi, muvofilashtiradi va nazorat qiladi. Vazirlik yuridik shaxs hisoblanadi. Mazkur vazirlik va uning hududiy Bosh boshqarmalari O`zbekiston Respublikasining byudjetdan tashqari pensiya jamg`armasining va ish bilan ta`minlashga ko`maklashish davlat jamg`armasining mablag`larini bevosita bashqaradi.
Vazirlik quyidagi tashkilotlar va muassasalar bevosita bo`ysinadi:
tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi;
nogironlarni ekspertizadan o`tkazish va sog`lomlashtirish masalalari bo`yicha respublika inspektsiyasi;
nogironlarni tibbiy ijtimoiyy va kasb bo`yicha sog`lomlashtirish milliy markazi;
tayanch-harakat qilish tizimi buzilgan nogironlarni sog`lomlashtirish respublika markazi;
mehnatni normallashtirish va muhofaza qilish markazi;
O`zbekiston mehnat, ish bilan ta`minlash va aholini ijtimoiy muhofaza qilish muammolarini o`rganish respublika markazi;
axborot-telekom’yuter markazi;
urush va mehnat faxriylari uchun pensionat va sanatoriylar;
texnikum (2001 yildan boshlab kasb-xunar kollejiga aylantiriladi);
nogironlar uchun respublika kasb-hunar texnika bilim yurti (2004 yildan kasb-hunar kojjegina aylantiriladi).
Vazirlikning mehnatga oid munosabatlarini tartibga solish,ning shart-sharoitlarini va uni muhofaza qilishni takomillashtirish sohasidagi vazifalari quyidagilardan iborat:
sog`liqni saqlash vazirligi bilan birgalikda mehnat shart-sharoitlarini baholash uchun normativ baza ishlab chiqilishini tashkil etadi, ish o`rinlari mehnat sharoitlari bo`yicha attesattsiyadan o`tkazilishiga metodik yordam ko`rsatadi;
mehnat, aholini ish bilan ta`minlash va ijtimoiy muhofaza qilish bo`yicha qonun hujjatlari va normativ hujjatlarga rioya qilinishi ustidan belgilangan tartibda davlat nazorati va tekshiruvini amalga oshiradi;
vazirlik va idoralarning imtiyozli pensiya ta`minoti, qo`shimcha ta`til, qisqartirilgan ish kuni huquqini beruvchi ishlab chiqarishlar, ishlar va kasblar lavozimlar va ko`rsatkichlar ro`yhatiga o`zgartirishlar kiritish to`g`risidagi takliflari yuzasidan xulosalar beradi;
noqulay mehnat sharoitlarida ishlaganlik uchun beriladigan imtiyozlar va kompensatsiyalarning amaldagi ro`yhatiga o`zgartirishlar kiritish uchun Vazirlar Mahkamasiga takliflar tayyorlaydi;
manfaatdor idoralari va O`zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi ishtirokida mehnat huquqlari, aholini ish bilan ta`minlash va ijtimoiy muhofaza qilish sohasida qonun hujjatlari va normativ metodik hujjatlar loyihalarini ishlab chiqadi;
mehnat, uning shart-sharoitlari va unga haq to`lash, ish bilan ta`minlash, keksalar, pensionerlar, nogironlar va boquvchini yo`qotgan, davlatning qo`llab-quvvatlashiga ehtiyojmand oilalarni ijtimoiy muhofaza qilish masalalari bo`yicha idmiy tadqiqotlarni muvofiqlashtiradi.
O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 12 iyulda “Mehnatni muhofaza qilishga doir normativ hujjatlarni qayta ko`rib chiqish va ishlab chiqish to`g`risida” 267-sonli qarori qabul qilingan.
Ishlab chiqarishda mehnatning muhofaza qilinishini ta`minlash uchun “Mehnatni muhofaza qilish to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi qonuni talablariga hamda bozor qayta o`zgartirishlari shart-sharoitlariga javob beradigan normativ bazani yaratish, shu asosda mulkchilikning barcha shakllari va ishlab chiqarish usullaridagi korxonalarda ishlovchi xodimlarni ijtimoiy muhofaza qilishni kuchaytirish maqsadida quyidagi hujjatlar qabul qilingan:
  1. mehnatni muhofaza qilish qoidalari va normalarni qayta ko`rib chiqish, ishlab chiqish va joriy etish dasturi (1-ilova);


  2. mehnatni muhofaza qilish qoidalarini ishlab chiqish, kelishish va tasdiqlash tartibi (2-ilova).




Mehnatni muhofaza qilishga doir belgilangan tartibda ishlab chiqilgan va kelishib olingan qoida va normalar tegishli ravishda O`zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligiga yoki Sanoatda va konchilikda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish agentligiga nazoratdagi ob`ektlar bo`yicha tasdiqlash uchun kiritiladi. qonun hujjatlariga muvofiq, ayrim organlar hamda Sog`liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan qoida va normalar bundan mustasnodir.
Mehnatni muhofaza qilishga doir qoida va normalarni qayta ko`rib chiqish, ishlab chiqish va joriy etish dasturi quyidagi bo`limlardan iborat:

  1. mehnatni muhofaza qilishga doir tarmoqlararo normativlar;


  2. tarmoqlar va ishlab chiqishlar uchun mehnatni muhofaza qilish bo`yicha qoidalar;


  3. sanitariya qoidalari va normativlari;


  4. qurilish normalari va qoidalari;


  5. yakka tartiba himoyalanish vositalarini bepul berish normalari;


  6. Dasturning bajarilishini tashkil etish va monitoring.




Mehnatni muhofaza qilish qoidalarini ishlab chiqish, kelishish va tasdiqlash tartibi deb ataluvchi hujjatda mehnatni muhofaza qilish qoidalarini ishlab chiqish, kelishish, yangilarni tasdiqlash, shuningdek amal qilayotganlarini qayta ko`rib chiqish va bekor qilishning yagona tizimi belgilab berilgan. Ushbu hujjat quyidagi bo`limlardan iborat: ushbu hujjat mehnatni muhofaza qilish qoidalarini ishlab chiqish, kelishish va tasdiqlash tartibi vazirliklar, idoralar, korporatsiyalar, kontsernlar, uyushmalar, tashkilotlar va mulkchilikning qanday shakllaridagi va mulkchilikning har qanday shakllaridagi va ishlab chiqarish usullaridagi korxonalarga, shuningdek mehnatni muhofaza qilish qoidalarini ishlab chiquvchi va ularni qayta ko`rib chiquvchi shaxslarga tadbiq etiladi. qoidalar O`zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari, standartlar, qurilish, sanitariya normalari va qoidalari, gigiena normativlari talablari, ergonomik talablar va boshqa normativ hujjatlar xisobga olingan holda ishlab chiqilishi kerak.
qoidalarni tasdiqlagan vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar, ularning davlat standartlari, qurilish, sanitariya normalari va qoidalari, gigiena normativlari talablariga muvofiqligini muntazam tekshirishlari hamda zarurat bo`lganda tegishli o`zgatirishlar kiritishlari kerak.
qoidalar ularning amal qilish muddati tamom bo`lgunga qadar qayta ko`rib chiqilishi mumkin. qoidalarni ko`rib chiqishga:
qonun hujjatlari, davlat standartlari hamda davlat organlari tomonidan tasdiqlangan boshqa normativ hujjatlarning o`zgarishi;
yangi texnika va texnologiya joriy etilishi asos bo`lib hisoblanadi.
Ushbu hujjat quyidagi bo`limlardan iboratdir:

  1. umumiy qoidalar;


  2. mehnatni muhofaza qilish to`g`risidagi qoidalar mazmuniga qo`yiladigan talablar;


  3. mehnatni muhofaza qilish qoidalari bo`limlari mazmuniga qo`yiladigan talablar;


  4. mehnatni muhofaza qilish qoidalarini rasmiylashtirishga qo`yiladigan talablar;


  5. O`zbekiston Respublikasida mehnatni muhofaza qilish qoidalarini kelishish va tasdiqlash tartibi.




Ta`kidlash joizki, ishlab chiqilgan qoidalar tushuntirish xati bilan birgalikda kelishish va tasdiqlash uchun yuboriladi. Tayyorlangan qoidalar ishlab chiquvchi tashkilot tomonidan ushbu hujjatda ko`rsatilgan tashkilotlar, davlat organlari va tegishli vazirliklarga kelishish uchun yuboriladi.
Sanoatda va konchilikda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish agentligi tomonidan tasdiqlangan qoidalar, shuningdek mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi bilan ham kelishilishi lozim.
Belgilangan tartibda kelishilgan qoidalar mas`ul ijrochilar tomonidan tegishliligi bo`yicha tasdiqlash uchun Mehnat va holini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Sog`liqni saqlash vazirligi, Sanoatda va konchilikda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish agentligi, davlat arxitektura va qurilishi qumitasiga yuboriladi.
Vazirliklar va idoralar belgilangan tartibda tasdiqlangan qoidalarni davlat ro`yhatidan o`tkazish uchun O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga yuboradilar.


Download 468,94 Kb.
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   44




Download 468,94 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mehnat muhofazasi sohasidagi davlat siyosati va boshqaruvi

Download 468,94 Kb.