|
Hayot faoliyati xavfsizligi fanining asosiy mazmuni, maqsadi va vazifalari
|
bet | 20/44 | Sana | 24.11.2023 | Hajmi | 468,94 Kb. | | #104380 |
Bog'liq xayot faliyatiUltratovush va uning ta’siri
Ultratovushlar tovush bilan bir fizik tabiatga ega bo‘lgan, lekin eshitilish chastotasining yuqori pog‘onasidan ortiq (20000 gers va undan yuqori) egiluvchan muhitning mexanik tebranishlaridir. Egiluvchan muhitlarda - suv, metall va boshqalarda ultratovush yaxshi tarqaladi, bu muhitlarning temperaturasi ham sezilarli ta’sir ko‘rsatadi.
Ultratovushning fizik va gigienik xarakteristikasi tovushga o‘xshash, ya’ni vaqt birligida yuza orqali perpendikulyar yo‘nalishda o‘tadigan to‘lqin harakati energiyasining tebranish chastotasi va ularning intensivligi bo‘yicha ishlab chiqariladi va 1 sekundda 1 sm2 ga to‘g‘ri keladigan vaqtlar bilan o‘lchanadi. Ultratovush havodan to‘qimalarga yomon o‘tkaziladigan, lekin suvdan, boshqa suyuqliklardan, qattiq materiallardan ancha yaxshi o‘zatiladi.
Hozirgi paytda ultratovush diagnostika va ko‘pchilik kasalliklarni davolash uchun keng qo‘llanilmoqda. Ishlab chiqarishda quymalarni, eritib ulangan choklarni, plastmassalarni difektoskopiya qilish va moddalarni fizik-kimyoviy tekshirish zichligini, egiluvchanligini, strukturasini va boshqalarni aniqlashda yuqori chastotali ultratovush foydalaniladi. Past chastotali ultratovush suyuqliklarda qattiq moddalarni yuvish, yog‘sizlantirish, emulsiyaga aylantirish, metallarni kesish, payvanlash, maydalash, murt materiallarni parmalash va shunga o‘xshash ishlar qo‘llanadi.
Ishlovchilarning salomatligini o‘zgarishida ultratovushning havo orqali o‘tkazilish ultratovush va shovqinning bir vaqtda ta’sir etish oqibatidir. Mahsulotlarni ultratovush bilan tozalashda havo muhiti ko‘pincha zararli moddalar, benzin, atseton va boshqalarning bug‘lari bilan ifloslanadi. Salomatlikning bo‘lishi asosan bosh og‘rig‘i, uyqu buzilish, serzardalik, charchash va eshitishining pasayishi kabi belgilar bilan yuzaga chiqadi.
Ultratovushli qurilmalar bilan ishlaganda profilaktika choralari qattiq va suyuq muhit orqali aloqada bo‘ladigan ultratovushning oldini olishga va ish zonasi havosidan ultratovush va shovqin tarqalishiga qarshi ko‘rashga qaratilgan bo‘ladi.
Ultratovush bilan aloqada bo‘lganda tovushlanishga qarshi ko‘rashishda detallarni quyish va olish vaqtlarida qurilmani ishdan to‘xtatish-avtoblokirovka detallarni quyish va chiqarib olishda maxsus moslamalar, ultratovushni uzlashtiradigan dastasini qoplamani qisqichlar, individual himoya vositalari- rezina, ip qo‘lqoplar qo‘llaniladi.
Ultratovush yuqori darajasining ishlovchilar organizmiga zararli ta’siri bilan kurashda quyidagilar qo‘llanilishi kerak;
Ish chastotasini oshirish va texnologik jarayonining o‘zida ishlatiladigan (tekinxo‘r, deb ataladigan) nurlanishni bartaraf etish yo‘li bilan manbadagi tovush energiyasini nurlanishni kamaytirish.
Ultratovush ta’sirining joylanishida qarab konstruktiv va planlashtirish bo‘yicha qarorlar qabul qilish: tovushni izolyasiya qiladigan qinlar (kojuxlar), yarim qinlar, ekranlar, uskunalarni alohida ultratovush manbaining generatorini uzadigan avtoblokirovka tizimi qurilishi, masofadan boshqarish, xonalar va kabinalarni tovush o‘zlashtiriladigan materiallar bilan qoplash.
Tashkiliy profilaktik choralar: ultratovush ta’sirining xarakteri va saqlanish choralar haqida ishlaydigan kishilarga yo‘l-yo‘riqlar ko‘rsatish, mehnat va dam olishining va ratsional rejimlari.
Individual himoya vositalari-shovqinga qarshi buyumlar.
Standart ultratovushli uskunalar tayyorlaydigan hamma korxonalar zimmasiga hujjatlarda ultratovush xarakteristikasiga ko‘rsatilishini va ultratovush bilan kurashda talab etiladigan gigienik normativlarni ta’minlaydigan hamma vositalardan foydalanishni yuklaydi.
|
| |