|
Kimyoviy moddalar va ularning inson organizmiga ta’siri
|
bet | 17/44 | Sana | 24.11.2023 | Hajmi | 468,94 Kb. | | #104380 |
Bog'liq xayot faliyatiKimyoviy moddalar va ularning inson organizmiga ta’siri
Kimyo sanoati mamlakatimiz xalq xo‘jaligida muhim o‘rinni egallaydi. Kimyo sanoatining rivojlanishi natijasida kimyoviy mahsulotlarni xajmi ham, turlari ham ko‘paydi. Bularga polimerlar, buyoqlar, eritgichlar, madaniy o‘g‘itlar, zaharli moddalar, yonilg‘ilar va boshqalar misol bo‘la oladi.
Yuqorida nomlari ko‘rsatilgan kimyo sanoati mahsulotlarini ko‘pchiligi inson tanasi uchun xavflidir. Bular ishlab chiqarish joylarida paydo bo‘lganda ishchilarga ham ichki va ham tashqi ta’sir ko‘rsatadilar. Bunday kimyoviy moddalarni xavfli kimyoviy moddalar deyiladi.
Ishlab chiqarish jarayonida xavfli kimyoviy moddalardan zaharlanish va kasallanish kasbiy zaharlanish yoki kasbiy kasallanish deyiladi.
Xavfli kimyoviy moddalar sanoat korxonalarida xom ashyo sifatida, masalan, buyoqlar ishlab chiqarishda anilin, yordamchi material sifatida, rezina buyumlari ishlab chiqarishda - benzin, gazlamalarni bo‘yashda - xlor qo‘llaniladi.
Xavfli kimyoviy moddalar asosan qattiq, suyuq va gaz holda bo‘ladi. Ayrim hollarda esa bular chang va bug‘ holda ham uchrashi mumkin.
Xavfli kimyoviy moddalar tanaga nafas yo‘llari, teri va ovqat xazm qilish yo‘llari orqali kiradi .
Zaharli moddalar odam organizmiga, tanasiga va ayrim to‘qimalariga ko‘rsatadigan ta’siriga ko‘ra shartli ravishda 9 guruhga bo‘linadi:
1. Asab zaxarlariga benzin, kerosin, yog‘ spirtlari, karbon vodorodlar, metanol, anilin, vodorod sulfidi, dioksan, ammiak, nikotin, kofein, tetraetil qo‘rg‘oshin, fosforli organik birikmalar va boshqalar misol bo‘ladi. Ular asosan markaziy asab sistemasini shikastlaydi.
2. Jigar zaxarlariga tarkibida xlor, brom, ftor, yod bo‘lgan birikmalar misol bo‘ladi. Ular jigar to‘qimasi faoliyatining buzilishiga, jigarning qattiq yalig‘lanishiga olib keladi.
3. Qon zaxarlariga karbon angidridi, amino-nitro brikmalarning aromatik qatori va hosilalari, fenil gidrazin, mishyak, benzol, toluol, ksilol va boshqalar misol bo‘ladi.
Ular qon tarkibining buzilishiga, karboksil va metgemoglabin hosil bo‘lishiga, to‘qimada kislorodning kamayib ketishiga sabab bo‘lib, hatto o‘limga ham olib keladi.
4. Ferment zaharlariga kiruvchi simob, mishyak, sian birikmalari, fosforli organik brikmalar (tiofos-metafos) tanani biologik katalizatorlari hisoblanadigan fermentlarning guruhlari bilan bog‘lanib, ular faoliyatining buzilishiga, zaharlanishiga olib keladi.
5. Qitiqlovchi, kuydiruvchi zaharlar yuqori va quyi nafas olish yo‘llarini shikastlaydi, kasallanishga olib keladi. Bunday zaharlarga xlor, ammiak, azot oksidi, fenol, kislotalar, ishqorlar misol bo‘ladi.
6. Allergen zaharlari nikel, berilliy birikmalari, nitroxlorbenzol, piridin brikmalari, ursol va boshqalar tananing reaksion qobiliyatini o‘zgartiradi, terining yalig‘lanishiga, nafas olish yo‘llarining torayishiga va boshqa kasalliklarga olib keladi.
7. Konserogen zaharlari hisoblangan toshko‘mir smolasi,amino va izobrikmalar, xlorbenzidin, qurum, qorakuya va boshqalar tanada shish, rak kasalligini keltirib chiqaradi.
8. Mutagen zaharlarga etilenimin, etilen oksidi, xlorli karbonvodorodlar, qo‘rg‘oshin va simob birikmalari misol bo‘lib, ular odam va xayvonlar jinsiy organlariga qattiq ta’sir etadi.
9. Emriotrop zaharlar (tolid amid va boshqalar) odam va hayvonlarning tug‘ilishiga salbiy ta’sir etadi. Naslini yo‘q qiladi.
Xavfli kimyoviy moddalarning qanday ta’sir etishi tananing individual xususiyatiga ham qisman bog‘liqdir. Masalan, xomilador ayollar ba’zi kimyoviy moddalarning (qo‘rg‘oshin, simob, benzol va boshqalar) ta’siriga osongina beriladilar. Bolalar va o‘smirlarning o‘sishda davom etgan organizmlari odatda har xil zaharli ta’sirlarga, shu jumladan zaharlanishga ham tez moyillik ko‘rsatadi.
Qator hollarda sanitariya-texnika va gigienaga oid turli kamchiliklar yuz berib turadi, bu narsa zaharlanish va kasb kasalliklarning yuz berishiga sababchi bo‘lib xizmat qiladi. Bularning oldini olish uchun sanoat binolarini qurish, ularni jihozlash, xom-ashyo sifati, texnologik jarayonlar, sanitariya-texnika qurilmalari, sanitariya-maishiy uy-binolar, ishlovchilarni yakka holda ximoya qilish, ularga tibbiy xizmat ko‘rsatish va profilaktik tadbirlarni planli ravishda amalga oshirish kerak.
Xavfli moddalarning o‘rniga zararsiz moddalarni qo‘llanishiga alohida e’tibor berish zaharlanishlarning oldini olishda eng yaxshi usul hisoblanadi. Sanoatda ishlatish uchun yangidan kiritiladigan moddalarning zaharlilik xususiyatlarini oldindan o‘rganish va ularni standartlarga ajratish zaharlanishning oldini olishda katta ahamiyatga egadir. Bu narsa juda zaharli bo‘lgan moddalarni xavfsiz ravishda qo‘llanish uchun zarur bo‘lgan sharoitlarni ishlab chiqish imkonini beradi.
Xavfli kimyoviy moddalarni qo‘llash va ishlatish bilan bog‘liq bo‘lgan korxonalardagi juda zaharli moddalar ajraladigan xonalar ishchilar ishlaydigan boshqa xonalardan alohida bo‘lishi kerak. Bunday xonalarning devorlari, pollari xavfli kimyoviy moddalarni o‘ziga singdirib olmaydigan va osongina tozalanadigan materiallar bilan qoplanishi kerak.
Agar texnologik va sanitariya texnika tadbirlari yordami bilan zaharli moddalar ajralib chiqishining oldini to‘liq olish mumkin bo‘lmasa, u vaqtda ishlash zonasidagi zaharli moddalar miqdorini, salomatlik uchun zarar keltirmaydigan konsentratsiyadan oshirmaslik kerak.
Ishchilar ishlaydigan xonalar havosi tarkibidagi zararli moddalarning miqdorini, havoni tegishli analiz qilish yo‘li bilan sistematik tekshirib turish kerak.
Shuningdek, zaharli moddalar solingan idishlar ham zaharlanishning manbai bo‘lishi mumkin. Shuning uchun bunday idishlar zaharli moddalarga chidamli materiallardan tayyorlanishi va og‘zi germetik yopilishi lozim.
Zaharlanishdan himoya qilish maqsadida shaxsiy profilaktik tadbirlar o‘tkaziladi: maxsus kiyimlar va turli shaxsiy ximoya vositalari bilan ta’minlash, ishchilarni xavfsizlik texnikasi va sanoat sanitariyasi bilan tanishtirish, oldindan va vaqti-vaqti bilan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish, maxsus ovqatlar berish va boshqalar.
Ishchilarga yo‘riqnomalar berish (instruktaj o‘tkazish) ishlab chiqarishdagi umumiy zararli narsalar bilan tanishtirishni, ishning xavfsiz usullarini o‘rgatishni, sanitariya-texnika qurilmalari va shaxsiy himoya vositalaridan to‘g‘ri foydalanishni ko‘zda tutadi.
|
| |