Changga qarshi ko‘rashish choralari




Download 468,94 Kb.
bet16/44
Sana24.11.2023
Hajmi468,94 Kb.
#104380
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   44
Bog'liq
xayot faliyati

Changga qarshi ko‘rashish choralari
Changga qarshi kurashda a’sosiy e’tiborni uni ajralib chiqishga yo‘l qo‘ymaslikka qaratish kerak. SHu nuqtai nazardan texnologik jarayonga katta e’tibor berish va ajralib chiqadigan chang minimal darajada bo‘lishini ta’minlash zarur. Shu maqsadda quruq, changlanadigan xom ashyolarni, xo‘l yoki pasta holdagi hom ashyolar bilan almashtirib ishlov berish kerak. Agar texnologik jarayon xom ashyoni quruq bo‘lishini talab qilsa xom ashyoni tabletka holdagisi bilan almashtirish kerak. Changga qarshi kurashishda quruq usulda ishlash o‘rniga xo‘l usulda foydalanish yaxshi natija beradi. Bunday usul sanoatda juda keng qo‘llanilmoqda, bunga shaxta va konlarda parmalash ishlarini xo‘l usul bilan olib borish, buyumlarni silliqlash va charxlashda bosim ustidagi suv bilan o‘tkazish yoki suv qum aralashmasi bilan qoliplarni tozalash misol bo‘la oladi.
Chang ajralib chiqishini to‘liq yo‘qotishning iloji bo‘lmasa, ishlab chiqarish jarayonini to‘liq mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish zarur.
Chang ajralib chiqadigan manbalarda yoki joylarda changni bosish choralari ko‘riladi. Bu choralar ichida eng ko‘p qo‘llaniladigan changlarni suv bilan xo‘llashdir. Suv maxsus suv sachratgichlardan foydalangan holda maydalab purkaladi, natijada havodagi chang xo‘llanadi, og‘irlashadi va pastga tushadi. Bunday usul changlanadigan mahsulotlarni transportga yuklash, tashish va bir idishdan ikkinchi idishga ag‘darishda keng qo‘llaniladi. Agar texnologik jarayonga xalaqit bermasa bunday suv purkashni butun ishlab chiqarish binosi bo‘yicha ham qo‘llash ham mumkin.
Xo‘llash usuli yordamida changni yo‘qotish etarli darajada foydali bo‘lmasligi birinchi navbatda changning, ayniqsa mayda changning suv bilan yomon xo‘llanishiga bog‘liqdir. Bunday hollarda changsizlantirishning samaradorligining oshirish uchun kon va ko‘mir sanoatida suvga bir oz miqdorda changning xo‘llanish xususiyatini yaxshilaydigan moddalar qo‘shiladi. Bu xo‘llovchi moddalar suv bilan havo chegarasida suvning yuza tarangligini pasaytiradi. Bundan tashqari, bu moddalar u yoki bu darajada qattiq satxlardagi suvli eritmadan ajralish qobiliyatiga ega.
Ayrim hollarda changni bosish uchun suv bug‘laridan foydalaniladi. Bug‘ ham suv kabi changning namligini oshiradi va natijada chang og‘irlashib pastga tushadi. Bug‘ suv purkashdan farq qilib havoda osilib turgan changni yaxshi xo‘llaydi, ammo ishlov beriladigan mahsulotlarni deyarli xo‘llamaydi. Bu esa texnologik jarayon uchun muhim ahamiyatga ega, chunki ayrim hollarda texnologik jarayon ishlov beradigan mahsulotlarni quruq bo‘lishini talab qiladi. Lekin ishlab chiqarish binolarida bug‘larni ko‘p miqdorda bo‘lishi kishilar uchun zararlidir. Shuning uchun bu usul faqat yopiq idishlarda, atroflari yaxshilab berkitilgan joylarda qo‘llanib, bug‘ tashqariga so‘rib chiqarib tashlanadi.
Ba’zi bir sabablarga ko‘ra chang ajralib chiqishini to‘liq yo‘qotishni iloji bo‘lmasa changga qarshi kurashishda so‘rib oladigan ventilyatordan foydalaniladi. Bu ventilyatorlar chang ajralib chiqadigan joylarga o‘rnatiladi va yaxshi samara berishi uchun chang manbalarini atroflari yaxshilab o‘raladi.
Chang o‘tiradigan satxlar, devorlar, pollar, har xil to‘siqlar silliq narsalar bilan qoplanishi kerak, shunda changni yo‘qotish (yuvish, artish, so‘rib olish) oson bo‘ladi.
O‘ta changli muhitda qisqa muddatda (remont, naladka) ishlarini bajarayotganda ya’ni buzilgan jihozlarni tuzatish paytlarida ishchilar maxsus himoya vositalaridan foydalanishlari zarur. Bularga nafas yo‘llarini himoya qilish vositalari va changga qarshi ko‘zoynaklar kiradi. Terini himoya qilish uchun esa changni o‘tkazmaydigan gazmoldan tikilgan maxsus kiyim kiyiladi.
Changli muhitda ishlaydigan ishchilar vaqti-vaqti bilan tibbiy qo‘rikdan o‘tadilar. Yangi ishga kirayotganlar esa tibbiy ko‘rikdan o‘tgandan keyingina ishga qabul qilinadi.


Download 468,94 Kb.
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   44




Download 468,94 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Changga qarshi ko‘rashish choralari

Download 468,94 Kb.