hayot faoliyati xavfsizligi favqulodda vaziyatlarda aholining harakatlari




Download 109.5 Kb.
bet3/4
Sana17.06.2023
Hajmi109.5 Kb.
#73930
1   2   3   4
Bog'liq
3. bob XFX
хосил жинни, Á.Nawayınıń «Mahbubul-qulub», Kaykavustıń «Qabusnama», A.Avloniydiń «Turkiy gulistan yohud axloq» shıǵarmaları., 1 mustaqil ish fizika, transformator, XODJAYEVA VILOYATNING 1, 01afc4de78bdcf9e34c06673ce8366db Unli tovushlarni o’rgatish jarayonida o’quvchilarda imloviy savodxonlikni shakllantirish . , Rossiya iqtisodiyoti, Kashta tikish mashinasi, 1, 123456 — копия (12), Jismoniy tarbiya va sport bilan ishlashda shug\'ullanuvchilarni og\'iz, 500 Макроиктисодий тахлил, “ SIMMETRIK SHAKLLAR. SIMMETRIYA O`QLARINI TOPISH ., 32 сонли Оммалаштирш буйруғи ва иловалари
Suv toshqinidan so‘ng qanday harakat qilish kerak?
Binoga kirishdan avval, uning holatini tekshirib ko‘ring. Xonalarni shamollating (gaz to‘planib qolgan bo‘lishi mumkin). Xonalarni to‘la shamollatib bo‘lmaguningizcha va gaz ta’minoti tizimini tekshirib ko‘rmaguncha elektr yoritgichlarni yoqmang, ochiq olovdan foydalanmang, gugurt ishlatmang. Elektr simlari, gaz quvurlari, suv va maishiy chiqindi tarmog‘ining sozligini tekshiring. Mutaxassislar bilan birgalikda ushbu tizimlarning sozligiga ishonch hosil qilmasdan ulardan foydalanmang. Xonalarni quritish uchun barcha eshik va derazalarni ochib tashlang, pol va devorlarni chiqindilardan tozalang, erto‘lalardagi suvni tortib chikaring. Nam tekkan oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qilmang. Quduqlarni tozalab, ulardagi suvni chiqarib tashlang.
Sel oqimlarini uzoq davom etgan kuchli jala, qor yoki muzliklarning jadal erishi, zilzila va vulqon otilishlari keltirib chiqaradi. U to‘satdan yuzaga keladi, katta tezlik (10 m/soniya va undan ortiq) bilan harakatlanadi, odatda o‘n daqiqadan bir necha soatgacha bo‘lgan oraliq bilan bir necha to‘lqinlar shaklida o‘tadi. Sel to‘lqini oldingi qismining balandligi 15 m va undan ortiq bo‘lishi mumkin. Harakatlanayotgan sel oqimining gulduragan ovozi uzoq masofadan eshitilib turadi. Odamlar (sayyohlar, tog‘ razvedkachilari, chegarachilar, mahalliy aholi), turar joy binolari va yo‘l inshootlari tabiiy ofatning qurboniga aylanishlari mumkin.
Selga qanday tayyorlanish kerak?
Odatda sel oqimlari kelishi mumkin bo‘lgan joylar ma’lum bo‘ladi. Toqqa chiqishdan avval harakatingiz yo‘nalishida mavjud bo‘lgan shunday joylarni o‘rganib chiqing, ularni, ayniqsa kuchli yog‘inlardan so‘ng chetlab o‘ting. Sel oqimiga to‘qnash kelib qolinganda qutulib qolishning iloji juda kamligini doimo yodda tuting.
Evakuatsiya oldindan o‘tkaziladigan bo‘lsa, turar joyni tashlab chiqib ketishdan avval elektr, gaz, suv manbalarini berkiting. Eshik, deraza va shamollatish tizimlarini yaxshilab yoping.
Avvaldan o‘tkaziladigan selning oldini oluvchi chora-tadbirlar: seldan xavfli hududlarda selga qarshi damba va to‘g‘onlar, suv yo‘lini o‘zgartirib yuboruvchi kanallar quriladi, tog‘ ko‘llari sathi pasaytiriladi, yonbag‘irlardagi tuproq qatlami daraxt o‘tkazish yo‘li bilan mustahkamlanadi, kuzatuv ishlari olib boriladi, xabar berish tizimi yaratiladi va evakuatsiya rejalashtiriladi.
Sel vaqtida qanday harakat qilish kerak?
Kelayotgan sel oqimining shovqinini eshittach, zudlik bilan kamida 50-100 m balandlikka chiqib olish kerak. Bunda shiddat bilan kelayotgan oqimdan katta masofaga og‘ir, hayot uchun xavfli bo‘lgan toshlar otilib chiqishi mumkinligini yodda tutish lozim.
Sel oqimi o‘tib ketgandan so‘ng jabrlanganlarga, sel oqimi o‘tgan joylardagi vayrona uyumlari va loyqalarni tozalayotgan qutqaruvchilarga ko‘maklashing. SHikastlangan bo‘lsangiz, o‘zingizga birinchi yordam ko‘rsatishga harakat qiling. Tanangizning shikast topgan joylarini, iloji boricha yuqoriroq ko‘targan holda tuting, shikast joylariga muz (namlangan mato) qo‘ying, qattiq bog‘lang. Tibbiyot xodimlariga murojaat qiling.
Qor ko‘chkisiga uzoq muddat qor yog‘ishi, qorning shiddatli erishi, zilzila, portlash va tog‘ yonbag‘irlarining tebranishini keltirib chiqaruvchi inson faoliyatining boshqa turlari, havo muhitining tebranishi sabab bo‘lishi mumkin. Qor ko‘chkisi binolar, muhandislik inshootlarini vayron qilishi, zichlangan qor bilan yo‘l va tog‘ so‘qmoqlarini yopib qo‘yishi mumkin. Ko‘chkiga to‘qnash kelgan tog‘ qishloqlari aholisi, sayyohlar, alpinistlar, geologlar, chegarachilar va aholining boshqa toifasi jarohat olishi yoki qalin qor qatlami ostida qolishi mumkin.
Qor ko‘chkisi tushishi mumkin bo‘lgan hududda harakat qilishning asosiy qoidalariga rioya qilinishi lozim:

  • qor yog‘ayotgan va ob-havo buzilgan vaqtda toqqa chiqmang;

  • tog‘da bo‘lgan vaqtingizda ob-havo o‘zgarishlarini kuzatib boring;

  • toqqa chiqa turib, qor ko‘chkisi tushishi ehtimol bo‘lgan joylarni bilib oling;

  • qor ko‘chkisi tushishi mumkin bo‘lgan joylarni chetlab o‘ting.

Qor ko‘chkisi, odatda, yonbag‘irlar nishabligi 300 dan oshgan, agar yonbag‘ir yaydoq bo‘lsa, nishablik 200 dan oshgan joylarda tushadi. Nishablik 450 dan oshgan joylarda qor ko‘chkisi har qor yoqqan vaqtda yuzaga kelishi mumkin.
Oldini olish tadbirlari.
Qor ko‘chkisi tahdidi yuzaga kelgan sharoitda qor to‘planishi ustidan nazorat o‘rnatiladi, muhofaza inshootlari quriladi, sun’iy ravishda qor ko‘chkisi yuzaga keltiriladi, qutqaruv vositalari tayyorlanadi va qutqaruv ishlari rejalashtiriladi.
Ob-havo qanday bo‘lmasin, nishabligi 300 dan ortiq tog‘ yonbag‘irlarini kesib o‘tish kerak emas, qor yoqqanidan so‘ng esa nishabligi 200 dan ortiq yonbag‘irlardan 2-3 kundan keyingina o‘tish mumkin.
Qor ko‘chkisi tushishi uchun bahor va yozda ertalabki soat 10 dan quyosh botgunga qadar bo‘lgan davr eng xavfli hisoblanadi.
Qor ko‘chkisi vaqtida qanday harakatlanish kerak?
Agar qor ko‘chkisi katta balandlikdan tushayotgan bo‘lsa, zudlik bilan ko‘chki yo‘lidan chetga, xavfsiz joyga chiqib olish yoki qoya ostida berkinish kerak (yosh daraxtlar orqasiga yashirinish mumkin emas). Qor ko‘chkisidan qochib qutulishning iloji bo‘lmagan holda, ortiqcha buyumlarni tashlab, ko‘chki yo‘nalishi bo‘yicha gorizontal holatni egallang, oyoqlaringizni qorningiz tomon bukib oling.
Qor ko‘chkisiga to‘qnash kelganda qanday harakatlanish kerak?
Burun va og‘zingizni qo‘lqopingiz, sharf yoki yoqangiz yordamida berkiting, ko‘chki bilan tusharkansiz, qo‘llaringiz bilan suzuvchi harakatlar qilib, qor massasining chetiga surilishga harakat qiling. Qor massasi harakatdan to‘xtagandan so‘ng, yuzingiz va ko‘krak qafasingiz atrofida ochiq joy hosil qiling. Qor qatlamini kavlab chiqishga harakat qiling (yuqori tomon qaerdaligini so‘lagingizni oqizib bilib olsangiz bo‘ladi). Qor ichida qolsangiz, baqirmang - qor tovushni to‘la yutadi, qichqirish va keraksiz harakat kuchingizni yo‘qotib qo‘yishga olib keladi. O‘zingizni yo‘qotmang, uxlab qolmang, sizni qidirishayotganligini aslo yoddan chiqarmang (odamlarni qor ostidan beshinchi va hatto, o‘n uchinchi kuni qutqarib olishgan hollar ham ma’lum).
Qor ko‘chkisidan so‘ng qanday harakat qilish kerak?
Agar siz qor ko‘chkisi tushgan maydondan tashqarida bo‘lsangiz, favqulodda vaziyat haqida yaqin oradagi aholi manzilgohi ma’muriyatiga qanday qilib bo‘lsa ham xabar bering va jabrlanganlarni qidirish va qutqarishga kirishing.
Qor ostidan mustaqil yoki qutqaruvchilar yordamida chiqib olgach, tanangizni tekshirib ko‘ring. Zaruriyat bo‘lsa, o‘zingizga tibbiy yordam ko‘rsating. Yaqin oradagi aholi manzilgohiga etib olgach, yuz bergan voqea haqida mahalliy ma’muriyatga xabar bering. O‘zingizni sog‘lom deb hisoblasangiz-da, tibbiyot maskani yoki tibbiyot xodimlariga murojaat qiling. Bundan keyin tibbiyot xodimi yoki qutqaruv otryadi rahbari ko‘rsatmasiga binoan harakat qiling.
Qarindosh-urug‘ingiz va yaqinlaringizga ahvolingiz va turgan joyingiz haqida xabar bering.
Dovul, bo‘ron va quyunlar yuzaga kelayotganligidan shamol tezligining ortishi, atmosfera bosimining keskin tushib ketishi, jala va suvning shamol yordamida haydab kelinishi, ko‘p miqdorda qor yog‘ishi darak beradi.
Agar siz dovul, bo‘ron va quyunlar bo‘lib turadigan hududda yashasangiz, u holda:
boshlanayotgan tabiiy ofat to‘g‘risidagi xabar berish signali;
aholini muhofaza qilish va bino (inshoot)larning shamol ta’siriga
barqarorligini oshirish usullari;
dovul, bo‘ron, quyun vaqtida aholining harakat qoidalari;
dovul, bo‘ron, quyun oqibatlarini bartaraf etish va vositalari, shuningdek jabrlanganlarga yordam ko‘rsatish usullari;
yaqin oradagi erto‘la, panajoy yoki eng mustahkam va barqaror binolarda oila a’zolari, qarindoshlar va qo‘shnilarni yashirish joylari;
yuqori xavfga ega bo‘lgan hududlardan uyushgan holda evakuatsiya
o‘tkazilganda uning yo‘nalishi va joylashish hududlari;
favqulodda vaziyatlar boshqarma va bo‘limlarining manzillari va telefon raqamlarini bilib olishingiz kerak.
Dovul, bo‘ron va quyun vaqtida qanday harakat qilish kerak?
Agar dovul (bo‘ron) boshlangan vaqtda bino ichida bo‘lsangiz, derazadan uzoqlashing va ichki xonalar devorlari oldidagi xavfsiz joylarda, yo‘lakda, devoriy shkaflar oldida, vannaxonada, hojatxonada, mustahkam shkaflar ichi, stol ostidan panoh toping. Pechkalardagi olovni, elektr tarmog‘i, gaz manbalarini o‘chiring.
Tunda fonar, lampa, shamlardan foydalaning, favqulodda vaziyatlar boshqarmasi (bo‘limi) axborotlarini tinglash uchun radiopriyomniklarni ishlatib qo‘ying, imkon qadar panajoylarda, erto‘lalarda bo‘lishga harakat qiling. Agar dovul, bo‘ron va quyun vaqtida ko‘chada bo‘lsangiz, u holda binolar, ko‘priklar, estakadalar, elektr uzatish tizimlari, daraxtlar, daryo, ko‘l va ishlab chiqarish ob’ektlaridan uzoqroq bo‘lishga harakat qiling. Tepadan tushayotgan bino qismlarining parchalari, oyna siniqlaridan muhofazalanish uchun fanera, karton va plastmassa yashiklar, taxta va boshqa qo‘l ostidagi vositalardan foydalaning. Zudlik bilan erto‘la, radiatsiyadan yashirinish joylarida berkinishga harakat qiling. Shikastlangan binolarga kirmang, shamol ta’sirida ular qulab tushishi mumkin.
Quyun yaqinlashib kelayotganligi to‘g‘risidagi signalni olgach, zudlik bilan panajoy, erto‘laga tushish yoki krovat va boshqa mustahkam mebel ostidan panoh topish zarur. Quyun sizga ochiq joyda etib olsa, ariqlar osti, chuqurlik, jarliklarda erga mahkam yopishib olish, boshingizni kiyimingiz yoki daraxt shoxlari bilan berkitishingiz lozim. Avtomobil ichida qolmang.



Download 109.5 Kb.
1   2   3   4




Download 109.5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



hayot faoliyati xavfsizligi favqulodda vaziyatlarda aholining harakatlari

Download 109.5 Kb.