«Hayot faoliyati xavfsizligi»




Download 11,2 Mb.
bet1/37
Sana17.05.2024
Hajmi11,2 Mb.
#239905
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37
Bog'liq
11 09 2022Xayot faoliyati xavfsizligi USLUBIY KO\'RSATMA


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


TERMIZ AGROTEXNOLOGIYA VA
INNOVATSION RIVOJLANISH INSTITUTI
T. XOLBEKOV

«Hayot faoliyati xavfsizligi»




fanidan «mehnat muhofazasi » qismi uchun




uslubiy ko’rsatma



Termiz tumani - 2022
Mazkur uslubiy ko’rsatma «Hayot faoliyati xavfsizligi» fanidan «Mehnat muhofazasi» qismi uchun ishlab chiqarish bilan bog’liq bo’lgan masala va muammolarni yechish usullariga qaratilgan bo’lib, ishlab chiqarishda mehnat muhofazasi masalarini amalga tatbiq etish borasidagi uslubiy tavsiyalar, baxtsiz hodisalarini oldini olish va uning oqibatlarini tahlil qilish masalalari to’plami hamda mehnat muhofazasiga doir qonunlardan tashkil topgan. Ko’rsatma «Umumiy texnika fanlari va hayot faoliyati xavfsizligi» kafedrasi (bayonnoma № « 5 » 12 yanvar 2012 y.), «Qishloq xo’jaligini mexanizasiyalash va mahsulotlarini qayta ishlash» fakultetining uslubiy kengash (bayonnoma № 3 « 31 »oktyabr 2012 y.) institututning markaziy attestatsiya va uslubiy kengash (bayonnoma № 3 «29 » noyabr 2012 y.)yig’ilishi tomonidan chop etishga ruxsat etildi.


Tuzuvchilar:


q.x.f.n. S.Ishimov - Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion
rivojlanishinstituti filiali “Qishloq xo’jaligi mahsulotlarini
saqlash,qayta ishlash va mexanizatsiya” kafedrasi mudiri
T. Xolbekov – Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion
rivojlanishinstituti filiali “Qishloq xo’jaligi mahsulotlarini
saqlash,qayta ishlash va mexanizatsiya” kafedrasi assisent
Taqrizchilar:


B.Nurmuxammedov Samarqand qishloq xo’jaligi instituti
dosenti,

Kirish

Mamlakatimizda olib borilayotgan ijtimoiy siyosatning asosiy yo’na­lishlaridan biri - ishchi-xizmatchilarning, ayollar va balog’at yoshiga yetmagan yoshlarning mehnat sharoitlarini yaxshilashdan iboratdir. Bugungi kunda respublikamiz korxonalarida mehnat qilayotgan ayollar va o’smirlar mehnatini muhofaza qilishga katta ahamiyat berilmokda. Xususan, ularni og’ir va sog’liq uchun zararli bo’lgan ishlardan ozod qilish, qisqartirilgan ish kuni huquqi qonun bilan belgilab qo’yilishi, homiladorlik ta’tili, bola tarbiyasiga beriladigan ta’tilning uch yilgacha uzaytirilishi va boshqa imtiyozlar bunga misol bo’la oladi.


Inson mehnatini muhofaza qilish, bu mehnat jarayonida uning xavfsizligini ta’minlash har bir jamiyatning ustuvor yunalishlaridan biri bo’lmog’i lozim. Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan qabul qilingan «Inson huquqlari umumjahon deklarasiyasida» hamda halqaro mehnat tashkiloti (XMT) tomonidan qabul qilingan va respublikamiz hukmati tomonidan ratifikasiya qilingan konvensiyalarda, hayot, erkinlik, mehnat va shaxsiy daxlsizlik masalalariga alohida e’tibor qaratilgan.
Hayot - faoliyat xavfsizligi fanining maqsadi – bo’lajak mutaxassis rahbarlar-talabalarni ishlab chiqarish jarayonida mehnat xavfsizligini chuqur o’rganish, bilish, tashviqot qilish va odamlarni xavf-xatardan himoya qilish bilan birga turli xususiyatli favqulodda vaziyatlarda aholi muhofazasini tashkillashtirishni o’rganish masalalari asosida tarbiyalashdir. Buning ilmiy zamini esa ishlab chiqarishda shikastlanish, kasbiy kasalliklar, yong’in va halokatlar sabablarini har tomonlama tahlil qilish, mehnat jarayonida qo’llaniladigan asbob-anjomlarning xavfsizlik va zararlilik darajasini o’rganish, qishloq xo’jaligida og’ir hamda sermehnat ishlarni mexanizasiyalash va avtomatlashtirishni ko’zda tutuvchi texnologik jarayonlarni baholashdir.
Mazkur fan «Ergonomika», «Muxandislik psixologiyasi», «Mehnatni ilmiy tashkil qilish», «Texnik estetika», «Mehnat fiziologiyasi va gigiyenasi», «Huquqshunoslik», «Iqtisodiyot», «Sanoat ekologiyasi» fanlari bilan uzviy bog’langandir.


Download 11,2 Mb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37




Download 11,2 Mb.