• KIRISh Yo’RIqNOMASINI ro’yxatga OLISh JURNALI
  • Ilova 3 Mehnat xavfsizligi bo’yicha ish joyida o’tkazilgan yo’riqnomalarni ro’yxatga olish jurnalining titul varag’i shakli
  • ISh JOYIDAGI Yo’RIqNOMALARNI Ro’YXATGA OLISh JURNALI
  • Familiya , ism, sharif __________________________________ Kasb ( mansab)__________________________________
  • 2 – Amaliy mashg’ulot. Ishlab chiqaishdagi baxtsiz hodisaparni tekshirish va N-1 shaklni rasmiylashtirish. Darsning maqsadi
  • Foydalanilgan adabiyotlar
  • Darsni o’tkazish tartibi
  • Baxtsiz hodisalarni tekshirish va sinflash
  • Baxtsiz hodisalarni hisobga olish va rasmiylashtirish
  • Ilova 2 Mehnat xavfsizligi bo’yicha o’tkazilgan kirish




    Download 11,2 Mb.
    bet6/37
    Sana17.05.2024
    Hajmi11,2 Mb.
    #239905
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37
    Bog'liq
    11 09 2022Xayot faoliyati xavfsizligi USLUBIY KO\'RSATMA

    Ilova 2
    Mehnat xavfsizligi bo’yicha o’tkazilgan kirish
    yo’riqnomalarini ro’yxatga olish jurnalining titul varag’i shakli

    2 – shakl



    _______________________________Birlashma(boshqarma)si
    ________________________________Korxonasi, tashkilot


    KIRISh Yo’RIqNOMASINI ro’yxatga OLISh
    JURNALI
    Boshlangan «____»____________200__y





    Mehnat xavfsizligi bo’yicha o’tkazilgan kirish
    yo’riqnomasini jurnalda qayd qilish shakli



    Yo’riqnoma o’tkazilgan sana

    Yo’riqnoma oluvchi F.I.Sh.

    Kasb va mansabi

    Yo’riqnoma oluvchi borilayotgan ishlab chiqarish bo’linma nomi

    Imzo

    Yo’riqnoma oluvchi

    Yo’riqnoma beruvchi

    1

    2

    3

    4

    5

    6





















    Ilova 3
    Mehnat xavfsizligi bo’yicha ish joyida o’tkazilgan yo’riqnomalarni
    ro’yxatga olish jurnalining titul varag’i shakli
    3 – shakl

    _______________________________Birlashma(boshqarma)si
    ________________________________Korxonasi, tashkilot
    ISh JOYIDAGI Yo’RIqNOMALARNI
    Ro’YXATGA OLISh JURNALI

    (tarmoq, bo’lim, brigada va sh.o’. nomi)


    Boshlangan «____»____________200__y





    1 bet
    ___________________ishchilar


    Ro’YXATI

    Ishchilar F.I.Sh.

    Kasb va mansabi

    Yo’riqnoma yozuvining sahifa raqami

    Izoh

    1

    2

    3

    4













    2 bet
    Familiya , ism, sharif__________________________________
    Kasb ( mansab)__________________________________



    O’tkazilgan yo’riqnoma sanasi, turi, sababi

    O’tkazilgan yo’riqnoma mavzusi (o’tkazilayotgan yo’riqnoma savollari)

    Imzo

    Yo’riqnoma oluvchi

    Yo’riqnoma beruvchi

    1

    2

    3

    4















    Nazorat uchun savollar:



    1. Yo’riqnoma nima va u nima maqsadda o’tkaziladi ?

    2. Yo’riqnoma turlari va uni o’tkazilishini huquqiy asoslari.

    3. Kirish yo’riqnomasi qachon va kim tomonidan o’tkaziladi?

    4. Kirish yo’riqnomasida qanday masallar yoritiladi va qayerda o’tkaziladi?

    5. Ish joyidagi yo’riqnomani kirish yo’riqnomadan farqi nimadan iborat?

    6. Ish joyidagi yo’riqnoma turlari va ularning mazmuni va maqsadi nimadan iborat?

    7. Ish joyidagi yo’riqnomalar kim tomonidan va qachon o’tkaziladi?

    8. Navbatdan tashqari yo’riqnoma qachon va kim tomonidan o’tkaziladi va qanday hisobga olinadi?

    9. Yuriqnomalar qanday rasmiylashtiriladi?



    2 – Amaliy mashg’ulot.
    Ishlab chiqaishdagi baxtsiz hodisaparni tekshirish va N-1 shaklni rasmiylashtirish.
    Darsning maqsadi: Talabalarga ishlab chiqarish tarmoqlarida sodir bo’ladigan baxtsiz hodisalarni to’g’risida tushuncha, ularni tekshirish, o’rganish va rasmiylashtirish usulini o’rgatish.


    Foydalanilgan adabiyotlar:

    1. G’oyipov H.Ye. «Mehnat muhofazasi» O’quv qo’llanma. Toshkent 2000 y.


    2. O’zbekiston Respublikasinining Mehnatni muhofaza qilish
    to’g’risidagi qonuni. T. -1993
    3. O’zbekiston Respublikasinining mehnat kodeksi, T. «Adolat»2006.
    4. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 6 iyundagi 286-sonli qarori bilan tasdiqdangan Nizom nusxasi.
    5.Baxtsiz hodisani rasmiylashtirish H-1 varaqasi namunasi nusxasi.


    Darsni o’tkazish tartibi:
    1.Baxtsiz hodisa to’g’risida tushuncha va ularning turlari haqida ma’lumot.
    2.Baxtsiz hodisalarni tekshirish va sinflash tartibini o’rganish.
    3.Baxtsiz hodisalarni hisobga olish va rasmiylashtirish tartibi.
    Darsning mazmuni



    1. Baxtsiz hodisa to’g’risida tushuncha va ularning

    turlari haqida ma’lumot
    Ishlab chiqarishda bo’ladigan har qanday shikastlanish baxtsiz hodisa hisoblanadi. Baxtsiz hodisa deganda, ishlab chiqarish jarayonida fizikaviy, ximiyaviy yoki biologik omilllar ta’siri natijasida jarohat, kuyish, zaharlanish, issiq urish, muzlash, elektr toki va boshqalar holatlari yuzaga kelib, mehnat qobilyatini vaqtincha yoki butunlay yo’qoladigan holatlar kiradi. O’zbekiston Respublikasining Mehnatni muhofaza qilish to’g’risidagi Qonuning 15 moddasiga asosan, xodimlarni baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklaridan muhofazalanish uchun majburiy sug’urta qilish shart
    Sodir bo’lishi mumkin bo’lgan baxtsiz hodisalarni shartli ravishda quyidagi turlar bo’yicha sinflash mumkin:

    • ishlab chiqarish bilan bog’liq;

    • ish paytida, ammo ishlab chiqarish bilan bog’liq emas;

    • ishlab chiqarish bilan aloqasiz;

    • maishiy.

    Ishlab chiqarishda sodir bo’ladigan barcha baxtsiz hodisalarni tekshirish va hisobga olish O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 1997 yil 6 iyundagi 286-sonli qarori bilan tasdiqdangan Nizomga asosan olib boriladi.
    Agarda baxtsiz hodisa korxona hududida sodir bo’lgan bo’lsa, unda ishchi mehnat majburiyatini bajarayotganda sodir bo’lgan hisoblanadi va ishlab chiqarishga bog’liq bo’ladi hatto unga hech qanday ish buyurilmagan bo’lsa ham.
    Bunda ikki shartga rioya qilish kerak:

    • Bajarilayotgan ish korxona manfaati uchun qilingan bo’lsa;

    • Ishlab chiqarishga bog’liq holati bo’lmasa.

    Ish bilan bog’liq lekin ishlab chiqarishga bog’liq bo’lmagan baxtsiz hodisalarga qo’yidagilar kiradi:

    • Ishga borishda va ishdan qaytishda, piyoda, shaxsiy mashinada,

    korxona transportida bo’lsa;

    • Davlat va jamiyat majburiyatlarini bajarishda, rahbarlar buyurgan vazifalarni (ish bilan bog’liq bo’lmasa ham)bajarishda;

    • Davlat oldidagi insoniylik burchini bajarishda.

    Donorlik vazifasini bajarayotgan vaqtda mehnat qobiliyatini yo’qotgan holat ham baxtsiz hodisa hisoblanadi va ish bilan bog’liq bo’ladi.



    1. Baxtsiz hodisalarni tekshirish va sinflash

    Baxtsiz hodisani tekshirish natijasida BT - shakldagi dalolatnoma bir nusxada to’ldiriladi, hamma tekshiruvchilar qo’l qo’yadi va jarohatlanganning xohishiga muvofiq tasdiqlangan nusxasi taqdim etiladi.


    Baxtsiz hodisalar ishlab chiqarishda, asosan kasaba uyushmasi (ishchilar qumitasi) rayosati tasdiqlagan ko’rsatma bo’yicha tekshiriladi va ushbu ko’rsatma hamma tashkilot va korxonalar uchun majburiy hisoblanadi.
    Qo’yidagi baxtsiz hodisalar tekshiriladi:

    • agar baxtsiz hodisalar shu korxona hududida, undan tashqarida, ishchi va xizmatchilar olib borilgan joyda, tashkilot transportida sodir bo’lsa;

    • agar baxtsiz hodisa ish vaqtida, tanaffus vaqtida, ish boshlanmasdan oldin, ish vaqtidan oshiqcha muddat ishlaganda, bayram va dam olish kunlari sodir bo’lgan bo’lsa ham tekshiriladi.

    • o’tkir zaharlanish, issiq urishi, muzlash baxtsiz hodisa hisoblanadi.

    • kasb kasalliklari esa sog’liqni saqlash vazirligi o’rnatgan va tasdiqlagan ko’rsatmalar bilan tekshiriladi. Agar mehnat qobiliyati ya’ni 1 ish kunidan kam bo’lmagan holda yo’qotilsa, N–1 shakldagi dalolatnoma to’ldirilib qayd qilinadi. Bu dalolatnoma to’rt nusxada to’ldiriladi va 45 yil saqlanadi.

    • agar baxtsiz hodisalar ishlab chiqarishga aloqasi bo’lmasa, masalan, ish vaqtida shaxsiy manfaati uchun biror asbob yasasa yoki tarnsport vositasidan foydalansa, N-1 shakliga «Baxtsiz hodisa ishlab chiqarishga bog’liq emas» deb yozib qo’yiladi. Agarda shkastlangan kishi rozi bo’lmasa, bu masalani viloyat aholini ijtimoiy muhofaza qilish texnik inspektori hal qiladi va uning xulosasi ma’muriyat uchun majburiydir.

    Agar baxtsiz hodisa tufayli guruhiy shikastlanish va o’lim holati yuz bersa, u holda maxsus tekshirish o’tkaziladi. Sex boshlig’i bu haqda korxona rahbari va kasaba uyushmasini xabardor qilishi shart. O’z navbatida korxona rahbari yuqori tashkilotlarni xabardor qilishga mas’uldor.



    1. Baxtsiz hodisalarni hisobga olish va rasmiylashtirish

    Ish bilan ta’minlovchi baxtsiz hodisa sabalarini tekshirilishi tugagandan so’ng, uch kundan kechiktirmay (O’zbeksiton Respublikasining mehnat kodeksining 222-moddasi) jabrlanuvchiga yoki uning manfaatlarini himoya qiluvchi shaxsga, davlat tilida yoki boshqa maqbul tilda rasmiylashtirilgan baxtsiz hodisa to’g’risidagi H–1 shakldagi dalolatnomani bir nusxasini taqdim etishi shart va to’ldirilib qayd qilingan bir nusxa arxivga taqdim etilaib, bu dalolatnoma arxivda 45 yil saqlanadi (Ilova 1).
    Kasaba uyushmasi qo’mitasi yoki korxona xodimlarining boshqa vakillik organi 10 kun ichida baxtsiz hodisaning kelib chiqish sabablarini o’rganib chiqadi, mehnatni muhofaza qilish qoidalari va me’yorlari, mehnat xavfsizligi andozalari buzilishini aniqlaydi.
    Quyidagi baxtsiz hodisalar maxsus tekshiriladi:

    • bir vaqtning o’zida ikki va undan ziyod xodimlar bilan yuz

    bergan guro’hiy baxtsiz hodisalar;

    • o’lim bilan tugagan baxtsiz hodisalar;

    Guro’hiy o’lim va shikastlanishlar bilan tugagan baxtsiz hodisa to’g’risida ish bilan ta’minlovchi darhol keltirilgan sxemaga binoan:

    • davlat mehnat texnika nazoratchisiga;

    • yuqori turuvchi xo’jalik organiga;

    • Qorakalpog’iston Respublikasi Mehnat vazirligiga, viloyat (Toshkent shahar) mehnat boshqarmasiga;

    • baxtsiz hodisa yuz bergan joydagi prokuraturaga;

    • baxtsiz hodisaga uchragan xodimni yuborgan tashkilotga;

    • O’zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligiga;

    • «O’zsanoatkontexnazorat» Davlat qo’mitasining mahalliy organiga;

    • viloyat (Qorakalpog’iston Respublikasi, Toshkent shahar) kasaba uyushmalari kengashiga xabar berishi kerak va Nizoming 2-ilovada keltirilgan maxsus tekshirish dalaolatnomasi (ilova 2) orqali rasmiylashtirilib 3-ilovadagi shakl asosida daftarda rasmiylashtiriladi.

    .

    Download 11,2 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37




    Download 11,2 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ilova 2 Mehnat xavfsizligi bo’yicha o’tkazilgan kirish

    Download 11,2 Mb.