• Ish joyida (boshlang’ich) yo’riqnoma
  • Takroriy yo’riqnoma
  • Rejadan tashqari yo’riqnoma
  • «Hayot faoliyati xavfsizligi»




    Download 11,2 Mb.
    bet4/37
    Sana17.05.2024
    Hajmi11,2 Mb.
    #239905
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37
    Bog'liq
    11 09 2022Xayot faoliyati xavfsizligi USLUBIY KO\'RSATMA

    Ish joyidagi yo’riqnoma bevosita ish joyi rahbari tomonidan ish joyida ko’rgazmali qurollardan foydalangan holda o’tkaziladi va ishchi qo’liga mehnat muhofazasi to’g’risida eslatma beradi. Ish joyida o’tkaziladigan yo’riqnomalar mazmuni va tarkibi jihatidan boshlang’ich, takroriy, rejadan tashqari va joriy yo’riqnomalarga bo’linadi. Ishlab chiqarishdagi faoliyat turiga qarab maxsus o’qitish kurslari ham mehnat muhofazasini ta’minlashga qaratilgan chora tadbirlardan biridir.
    Ish joyida (boshlang’ich) yo’riqnoma ishga yangi qabul qilingan yoki yangi ish joyiga kelgan ishchi xodimlar uchun, uning malakasi va ishdagi tajribasidan qat’iy nazar ish joyni o’zida ish joyi rahbari tomonidan o’tkaziladi.
    Ish joyida o’tkaziladigan barcha yo’riqnomalar o’zining nomi, tartib raqami va mutaxassislik to’g’risidagi belgiga ega bo’lishi lozim.
    Ish joyida o’taziladigan yo’riqnomalar, xavfsizlikni umumiy talablari, ishni boshlashdan oldin xavfsizlik talablari, ish davomidagi xavfsizlik talablari, kutilmagan nosozlik (avariya) paytdagi xavfsizlik talablari va ishni tugatgandan keyingi xavfsizlik talablari qismlardan tashkil topgan bo’lib mazmuni jihatdan qo’yidagi masalalar yoritilgan bo’lishi shart:

    • ish joyidagi tashkiliy-texnik qoidalar va texnologik jarayon hakida ma’lumot;

    • ish joyini to’g’ri tashkil etish talablari;

    • qurilma va mashinalarning tuzilishi haqida ma’lumot;

    • elektr qurilmalardan foydalanishda xavfsizlik qoidalari;

    • zararli va zaharli moddalar bilan ishlaganda xavfsizlik qoidalari;

    • shaxsiy himoya vositalaridan foydalanish tartib-qoidalari;

    • transport va yuk ko’taruvchi vostialardan foydalanishda xavfsizlik qoidalari;

    Ish joyida o’tkazilgan yo’riqnoma, ilovada keltirilgan 3-shakl ko’rinishidagi jadval bo’yicha maxsus jurnalda qayd qilinadi va ish joyi rahbarida saqlanadi.
    Ish joyida o’tkaziladigan yo’riqnoma yakka holda yoki guro’hlarda o’tkaziladi. O’ta xavfli bo’lgan ish joylarda ishlaydigan ishchi-xodimlar uchun yo’riqnoma o’tkazishdan oldin maxsus kurslarda o’qishlarini tashkil etish shart. Yo’riqnoma va maxsus kurslardan keyin bir hafta ichida ular kuzatib turiladi, hamda ko’nikmasi tekshiriladi. Agar tekshiruv paytida ishchi bilimining qoniqarsizligi aniqlansa, unga mustaqil ishlashga ruxsat berilmaydi va ikki haftadan oshmagan muddat ichida qayta tekshiruvdan o’tishi kerak. Qayta tekshiruvga kelmaslik yoki sababsiz tayyorlanmasdan kelish, mehnat intizomini buzish deb qaraladi. Ushbu kamchiliklarga yo’l qo’ygan ishchiga, ichki mehnat intizomi qoidalarida belgilanganidek intizomiy choralar qo’llanadi.
    Takroriy yo’riqnoma - har 6 oyda yoki mavsumiy ishlar, takroriy ish, yani davriy ishlar boshlanishi (paxta terish, sug’orish, g’alla o’rish) oldidan o’tkaziladi. Bu yo’riqnomani bosh mutaxasis yoki uning bevosita yordamchisi o’tkazadi. Yo’riqnoma o’tkazilib bo’lgandan so’ng ilovadagi 3-shakl jurnalga qayd qilib qo’yiladi.
    Rejadan tashqari yo’riqnoma - mehnat muhofazasi qoidalari, texnologik jarayonlar, asbob-uskunalar va xavfsiz ishlashga tasir qiluvchi boshqa har qanday omillar o’zgarganda, shuningdek, biror xodim tamonidan shikast, avariya, yong’in chiqishiga olib keladigan darajada mehnat xavfsizligi qoidalari qo’pol buzilganda o’tkaziladi. Bundan tashqari, o’ta xavfli bo’lgan ish joylarda ishlaydigan ishlovchilar 30 kun va boshqa ishda ishlaydiganlar 60 kundan ortiq tanaffusda bo’lsalar, rejadan tashqari yo’riqnomadan o’tishlari shart. Rejadan tashqari yo’riqnoma yakka shaxslarga alohida yoki guruhlar tashkil qilib, ish joyi yo’riqnoma dasturiga asosan o’tkaziladi va 3-shakl jurnalida qayd qilinib, yo’riqnoma o’tkazilish sabablari ko’rsatiladi.

    Download 11,2 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37




    Download 11,2 Mb.