|
Birlamchi tibbiy yordamni tashkil etish tartibini o’rganish Reja
|
bet | 1/7 | Sana | 23.12.2023 | Hajmi | 1,15 Mb. | | #127259 |
Bog'liq 15-AMELIY
15 – mavzu
Birlamchi tibbiy yordamni tashkil etish tartibini o’rganish
Reja:
1. Baxtsiz hodisalarda birinchi yordam ko`rsatish.
2. Jarohatlanganda va lat eganda birinchi yordam ko`rsatish.
3. elektr tokidan jarohatlangan kishiga birinchi yordam ko`rsatish.
4. Kuyganda va sovuq urganda birinchi yordam ko`rsatish.
5. Zaharlanganda birinchi yordam ko`rsatish.
Baxtsiz hodisalarda birinchi yordam ko`rsatish
Ma`lumki, jarohatlanish oqibati o`z vaqtida ko`rsatilgan yordamga ko`p jihatdan bog’liq bo`ladi. Shuning uchun har bir ishlovchi bevosita baxtsiz hodisa sodir bo`lgan joyda birinchi yordam ko`rsatishni bilishi kerak.
1.-rasm. Kichik va chuqur bwlmagan jaroh’atlarni leykoplastir bilan boglash.
2.-rasm. Barmoqlarni krest (ёki sakkiz) bog’lash.
Ishlab chiqarish korxonalari va tashkilotlarida tsexlarda, bo`limlarda, brigadalarda, dala shiyponlarida, fermalarda, ustaxonalar va boshqa ishlab chiqarish uchastkalarida birinchi yordam ko`rsatishga maxsus o`qitilgan 3-4 kishidan iborat sanitar postlar tashkil etiladi. Sanitar postlari zarur meditsina dorilar va bog’lash materiallari mavjud bo`lgan aptechkalar bilan ta`minlanadi.
Ishlab chiqarishda jarahotlanish uni keltirib chiqarish sabablariga ko`ra shartli ravishda tashkiliy va texnik turlarga bo`linadi.
Tashkiliy xarakterga ega bo`lgan ishlab chiqarish jarohatlarining sabablariga quyidagilar kiradi:
1. Bevosita kunlik ishlarni yoki ishlayotgan odamlarni sog’ligi uchun yuqori darajada xavfli bo`lgan ishlarni bajarish oldidan xavfsizlik texnikasi bo`yicha yo`riqnomalarni o`tilmasligi.
2. Xavfsizlik texnikasi bo`yicha yo`riqnomalarni o`tilishi, lekin ishni bajarish jarayonida unga rioya qilinishini etarlicha nazorat qilmaslik.
3. Ishni (har xil ishlab chiqarish topshiriqlarini) bajarish vaqtida zarur himoya (ko`zoynak, niqob, respirator, to`siq va boshqa) vositalardan foydalanmaslik.
4. Ishchi zonada ishni bajarish uchun keraksiz bo`lgan buyum va narsalarni mavjudligi.
5. Murakkab va mas`uliyatli ishlarda maxorati etarlicha bo`lmagan ishchilar mehnatidan foydalanish.
6. Jarohatlash ehtimoli mavjud joylarda o`rab turuvchi shitlar, to`siqlar va kojuxlarni yo`qligi.
7 Odam sog’ligi uchun xavf yuqori bo`lgan ish joylarini etarlicha yoritilmasligi.
8. Xavf haqida «To`xta! Yuqori kuchlanish», yoki «Ehtiyot bo`ling! Robotlar avtomatik rejimda ishlamoqda», «Yo`l yo`q, xavfli zona» va boshqa kabi ogohlantiruvchi belgilarning yo`qligi.
9. Texnologik rejimdan chalg’ish, texnologik jarayonlarni ko`pol buzilishi va boshqalar.
10. U yoki bu sabablarga ko`ra ishchiga ish vaqti davomida tanaffus va dam olish vaqtini berilmasligi.
|
| |