|
Birlamchi tibbiy yordamni tashkil etish tartibini o’rganish Reja
|
bet | 7/7 | Sana | 23.12.2023 | Hajmi | 1,15 Mb. | | #127259 |
Bog'liq 15-AMELIYZaharlanganda birinchi yordam
Ishlab chiqarish sharoitida zaharlanish organizmga zaharli gazlar suyuqliklar yoki changlarni kirishidan sodir bo`ladi. Uglerod oksidi (is gazi) bilan zaharlanish isitish uskunalaridan noto`g’ri foydalanganda yuz beradi. Ichki yonuv dvigatellaridan chiqayotgan gaz tarkibida ham ugrerod oksidi ko`p bo`ladi.
Uglerod oksidi bilan zaharlanganda bosh og’rig’i, bosh aylanishi, ko`ngil aynishi, hansirash, og’ir holatlarda esa yo`ldan chalg’ish va hushni yo`qotish mumkin. Zaharlanish alomati sezilganda, shikastlangan kishini toza havoga olib chiqish, boshiga sovuq kompress bosish va nashatir spirtni hidlatish kerak. Shikastlangan kishi qayd qilmoqchi bo`lsa uni yoni bilan yotqizish lozim. Agar hushini yo`qotsa zudlik bilan vrachni chaqirish va u kelgunga qadar sun`iy nafas berish kerak.
Zaharli ximikatlar bilan zaharlanish alomati sezilganda shikastlangan kishiga zudlik bilan birinchi yordam berish kerak.
Har qanday zaharlanishda avvalo organizmga zaharlarni kirishini to`xtatish tadbirlarini ko`rish kerak. Agar zaharlanish xonada yuz bersa shikastlangan kishini toza havoga olib chiqish, zaharli ximikatlar bilan ifloslangan kiyimlarini echish zarur.
Agar zahar organizmga tomoq yo`llari orqali kirgan bo`lsa, shikastlangan kishiga bir necha stakan iliq suv yoki margantsovkaning kuchsiz eritmasidan ichirish, so`ng qayt qildirish kerak. Qayt qilgandan keyin, zaharni yo`qotish uchun jarohatlangan kishiga 2-3 osh qoshiq faollashtirilgan ko`mir qo`shilgan yarim stakan suv ichirish zarur.
Qayd qilingan tadbirlar, zahar turidan qat`iy nazar qo`llaniladi. Agar zahar turi aniq bo`lsa uning kimyoviy tarkibiga qarab qo`shimcha tadbirlar qo`llaniladi. Buning natijasida oshqozonga kiritilgan modda zahar ta`sirini neytrallashtiradi.
Zaharli ximikatlar teriga tekkanda suv oqimi bilan yaxshilab sovunlab yuvish yoki zaharni teriga ishqalamasdan, artmasdan doka latta yordamida tushirish so`ng esa sovuq suv yoki kuchsiz ishqorli eritma bilan yuvish talab etiladi.
|
| |