• Kuyganda va sovuq urganda birinchi yordam ko`rsatish
  • Ikkinchi va uchinchi
  • To`rtinchi darajali kuyish
  • -rasm. “Og’izdan og’izga” sun`iy nafas berish (chapdan) va yurakni (tik bo`lmagan holda) tashqi massaj qilish (o`ngdan)




    Download 1,15 Mb.
    bet6/7
    Sana23.12.2023
    Hajmi1,15 Mb.
    #127259
    1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    15-AMELIY

    8.-rasm. “Og’izdan og’izga” sun`iy nafas berish (chapdan) va yurakni (tik bo`lmagan holda) tashqi massaj qilish (o`ngdan).
    Bunda ko`krak qafasi faqat tik holatda 3…4 sm gacha chuqurlikka minutiga 60 marta bosiladi. Ko`krakdan bunday bosishda yurakdan siqib chiqarilgan qon, tomirlarga kiradi.
    Yurakni massaj qilishda qovurg’aga zarar bermaslik uchun ehtiyot bo`lish kerak. Massajning samaradorligi katta arteriya qon tomirlarda pulsning paydo bo`lishi bilan baholanadi.
    Ko`p hollarda jarohatlangan kishilarni yuragini massaj qilish ularga sun`iy nafas berish bilan birga olib boriladi. Bunda sun`iy nafas berishni ko`krak qafasini bosish vaqti oralig’ida bajarish kerak. Yaxshisi buni ikki kishi bajargani maqul, bir kishi ko`krak qafasini 4…5 marta bosadi, so`ngra ikkinchi kishi jarohatlangan kishi o`pkasiga havo puflaydi. Bu jarayon shu holatda takrorlanadi.
    Tibbiyot xodimi yurak faoliyatini tiklovchi samarali usul tajribalariga ega bo`ladi. bu maqsad uchun defibrillyator degan maxsus apparatlar qo`llaniladi va ular yordamida yurak orqali yuqori kuchlanishli qisqa elektr zaryadi hosil qilinadi va bu yurak muskullarini umumiy qisqarishiga sabab bo`ladi.
    Kuyganda va sovuq urganda birinchi yordam ko`rsatish
    Kuyishlar teriga yuqori haroratni ta`sirida (termik) va kislota va ishqorlarni ta`sirida (kimyoviy) sodir bo`ladi. Og’irligi bo`yicha kuyishlar to`rt darajaga bo`linadi.
    Birinchi darajali kuyishda terining qizarishi, unda shish paydo bo`lishi, ikkinchida – suyuqlikka to`lgan pufaklarni paydo bo`lishi, uchinchida – terini o`lishi, to`rtinchida – terining ko`mirga aylanishi kuzatiladi.
    Birinchi darajali kuyishda terining kuygan joyi toza suv oqimi, sovuq sut mahsulotlari (qatiq, smetana va boshqa), odekalon, arok yoki margantsovkaning kuchsiz eritmasi, 700 li spirt bilan namlanadi.
    Ikkinchi va uchinchi darajali kuyishda terining jarohatlangan joyiga mikroblarni o`ldiradigan material qo`yib bog’lanadi. Suyuqlikka to`la pufaklarni yorish va kiyimlarni yopishgan joylarini ajratish mumkin emas.
    Tananing kuygan joylarini kiyimlardan ajratishda o`ta ehtiyot bo`lish talab etiladi. Bunday hollarda kiyimni echishda, tananing kuygan joyi shilinmasligi va ifloslanmasligi kerak.
    Elektr yoyi ta`sirida ko`zlar kuyganda uni 2 % li bor kislotasi eritmasi bilan chayish kerak.
    Kislota va ishqorlar ta`sirida tananing kuygan joyi 12…20 daqiqa davomida sovuq suv oqimi bilan yuviladi. So`ng, kislotadan kuygan holatda soda eritmasi bilan, ishqorda kuyganda esa sirka yoki bor kislotasining kuchsiz eritmasi bilan chayiladi.
    To`rtinchi darajali kuyish terini og’ir jarohatlanishiga olib keladi, bundan tashqari u jarohatlangan odamni esankirashiga ham sabab bo`lishi mumkin. Bunday holatda esankirash hushni yo`qotishga olib keladi. Buning natijasida tomir urishi qiyinchilik bilan aniqlanadi, ko`z aylanadi, nafas olish tez va yuzaki bo`ladi, ba`zan sezgirlik yo`qolib, inson birdan oqarib ketadi. Bunday kuyishda vrachgacha birinchi yordam quyidagilardan iborat bo`ladi: jarohatlangan kishini kuygan joyiga yopishgan qolgan kiyimlari ehtiyotlik bilan echiladi. Kiyim bo`laklari tortib olinmaydi, balki, kuygan joy chegarasidan qaychi bilan kesib olinadi. Teriga margantsovkani kuchsiz eritmasi bilan ishlov berilib sterillangan bog’lam qo`yiladi. Vrachgacha birinchi yordam ko`rsatilgandan so`ng jarohatlangan kishi tezlik bilan tibbiyot muassasasiga olib boriladi.
    Sovuq urish holatlari asosan yilning sovuq davrida ochiq havoda ishlaganda kuzatiladi.
    Sovuq urishi to`rt darajaga bo`linadi. Birinchi darajali sovuq urishda terida oqarish va shish kuzatiladi, uning sezgirligi kamayadi. Ikkinchi darajali sovuq urishning xarakterli belgilari terida yorqin rangli suyuqlik pufaklarning paydo bo`lishidir. Uchinchi darajali sovuq urishda terini o`lishi, qonli suyuqliklarga to`lgan pufaklar va to`rtinchi darajali sovuq urishda barcha yumshoq to`qimalarning o`lishi kuzatiladi.
    Birinchi darajali sovuq urishda tanani shikastlangan yuzasi toza yumshoq material bilan qizarguncha yoki issiqlik sezgunicha ishqalanadi. So`ng terining sovuq urgan joyi odekalon yoki aroq bilan artiladi va qizdirilgan mikrobni o`ldiradigan material qo`yib bog’lanadi. Sovuq urgan terini qor bilan ishqalash tavsiya etilmaydi, bunda teri shikastlanishi va infektsiyalanishi mumkin.

    Terining katta qismini sovuq urib, butun organizm sezilarli yaxlaganda, jarohatlangan kishiga issiq vanna (370S dan yuqori bo`lmagan) qabul qilish tavsiya etiladi. Bunda bir vaqtda uni massaj va butun tanasini ishqalash kerak. Bu vaqtda jarohatlangan kishiga issiq choy yoki kofe ichirish mumkin. Tananing sovuq urgan yuzasini xona haroratidagi suvga to`ldirilgan tog’ora yoki satilga tushirish va suv haroratini asta-sekin 370S ga etkazish kerak. Ikkinchi, to`rtinchi darajali sovuq urganda shikastlangan teri mikroblarni o`ldiradigan material bilan bog’lab, jarohatlangan kishini davolash muasasasasiga olib borish mumkin. Og’ir xollatlarda, agar shikastlangan kishida hayot alomati ko`zga ko`rinmasa, sun`iy nafas berish tavsiya etiladi.



    Download 1,15 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 1,15 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -rasm. “Og’izdan og’izga” sun`iy nafas berish (chapdan) va yurakni (tik bo`lmagan holda) tashqi massaj qilish (o`ngdan)

    Download 1,15 Mb.