|
-rasm. Oyoqlar singanda jarohatlangan kishiga birinchi yordam ko`rsatish
|
bet | 5/7 | Sana | 23.12.2023 | Hajmi | 1,15 Mb. | | #127259 |
Bog'liq 15-AMELIY6.-rasm. Oyoqlar singanda jarohatlangan kishiga birinchi yordam ko`rsatish.
Umurtqada sinish ro`y berganda jarohatlangan odamni tag qismiga faner yoki tekis yog’och kuyish lozim (7.-rasm).
Bunda jarohatlangan kishini gavdasini egilmasligini taminlash kerak. Jarohatlangan kishining qovurg’asi singan (nafas olishda og’riq bo`lsa) nafas chiqarishda ko`krakni bint bilan yoki sochiq bilan qisib o`rash kerak bo`ladi. Organizmda suyaklar chiqqanda ularga faqat tibbiy yordam ko`rsatishga ruxsat beriladi.
7.-rasm Umurtqasi singan kishiga birinchi yordam ko`rsatish.
Jarohatlanganda lat egan shishgan joylar mahkam bog’lanadi va lat egan joyga sovutuvchi narsa bosiladi. Qorin atrofining lat eyishi juda xavflidir. Bunday holda jarohatlangan kishini tezlik bilan kasalxonaga etkazish kerak.
elektr tokidan jarohatlangan kishiga birinchi yordam ko`rsatish
Inson elektr tokidan jarohatlanganda, uni avvalo elektr tokining ta`siridan qutqarish kerak. Bunga jarohatlangan kishini tok o`zatuvchi qismlardan ajratish yoki kuchlanishni o`chirish bilan erishiladi.
Kuchlanish 1000 V gacha bo`lgan tarmoqlarni tok o`zatuvchi qismlardan odamni ajratish, quruq tayoq, yog’och, kiyim yoki boshqa biror bir tok o`tkazmaydigan narsalar yordamida amalga oshiriladi. Agar odamni tok o`zatuvchi qismlardan ajratish qiyin bo`lsa, tok uzatuvchi simni quruq dastali bolta yoki boshqa izolyatsiyalangan dastali kurol bilan chopish kerak.
Kuchlanish 1000 V dan yuqori bo`lgan tarmoqlarda jarohatlangan kishini ajratish izolyatsiyalangan shtanga yoki kiskich, dielektrik qo`lqop va botinkalar yordamida bajariladi. Shu bilan birga unutmaslik kerakki, tok ta`siri ostida odamga elektr xavfsizligi chora-tadbirlarini ko`rmasdan tegish qutqaruvchi kishining o`zi uchun xavflidir. Jarohatlangan kishiga yordam berishda muvaffaqiyatning asosiy sharti yordam berishning tezligi hisoblanadi, chunki inson yuragi shol bo`lgandan besh daqiqadan o`tgandan so`ng, uni asrab qolish mumkin emas.
Agar jarohatlangan kishi balandlikda bo`lsa kuchlanishni o`chirishdan oldin uni yiqilish xavfsizligini taminlash kerak. elektr tokidan shkastlanishning barcha holatlarda jarohatlangan kishini holati qanday bo`lishidan qat`iy nazar vrachga murojaat qilish lozim. elektr toki ta`siridan inson qutqarilgandan so`ng uning holatini aniqlash zarur bo`ladi. Agar jarohatlangan kishi odam xushida bo`lsa uni qulay joyga yotqizish va vrach etib kelguncha uni tinch kuyish va doimiy ravishda nafas olishini va yurak urishini kuzatish talab etiladi.
Agar shikastlangan kishi hushini yo`qotgan holatda bo`lib, lekin nafas olayotgan va yuragi urayotgan bo`lsa uni qulay holatda yotqizilib, yoqa tugmalarini va belidagi tasmani echish kerak hamda burniga nashatir spirtga namlangan paxta to`tish yuziga suv purkash hamda uni tinch kuyish lozim.
Nafas olish va yurak faoliyatini to`xtashi elektr toki ta`sirini eng og’ir oqibati hisoblanadi.
Agar jarohatlangan kishi nafas olmayotgan lekin yuragi urayotgan bo`lsa unga sun`iy nafas berishga kirishish kerak. Agar yurak urishi ham to`xtagan bo`lsa unga sun`iy nafas berish bilan birgalikda yuragini ham tashqi massaj qilishni bajarish talab etiladi.
Sun`iy nafas berishning eng samarali yo`li jarohatlangan kishining og’zidan yoki burnidan og’iz bilan havo puflash hisoblanadi. Bunda jarohatlangan kishi orqasi bilan erga yotqizilib kiyimlari yoki boshqa narsa o`rab qopqoqlari va bo`yni ostiga qo`yilib bo`yni ko`proq orqaga egiltiriladi (8.-rasm) va og’iz bo`shlig’i suvdan tozalanadi va tili chiqariladi.
Jarohatlangan kishini burni qisiladi og’iz va burunga quruq rumolcha yoki doka (salfetka) qo`yilib yordam berayotgan kishi ikki-uch chuqur nafas olib jarohatlangan kishi og’ziga havo puflaydi. Sun`iy nafas berish chastotasi minutiga 12…14 martadan oshmasligi lozim, chunki bu tabiiy nafas olish ritmiga mos keladi. Sun`iy nafas berishni jarohatlangan kishida ritmik nafas olish tiklanguncha davom ettirish lozim.
Sanoatda sun`iy nafas berishning apparatlaridan qo`llaniladi. Bu moslama komplektida niqob va har xil o`lchamdagi (katta yoshdagilar va o`smirlar, bolalar uchun) havo puflagichlar kiradi.
Agar shikastlangan kishida yurak urishi kuzatilmasa yuragi tashqi massaj qilinadi. Buning uchun jarohatlangan kishi orqasi bilan biror bir qattiq tekis yuzaga yotqizilib, old tugmalari echilib ko`kragi ochiladi. Yordam beruvchi odam bunda bir qo`lini ko`krak qafasining kerakli joyiga kafti bilan, ikkinchi qo`lini esa ko`krakka qo`yilgan qo`l ustiga kafti bilan qo`yilgan holda ko`krakni umurtqa tomonga bosadi (8.-rasm).
|
| |