• 5.-rasm. Arteriyadan okayotgan qonni to`xtatishda oyoqlarni maksimal egish;
  • -rasm. Arteriyani ostki suyaklarga barmoqlar bilan qisish usullari




    Download 1,15 Mb.
    bet4/7
    Sana23.12.2023
    Hajmi1,15 Mb.
    #127259
    1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    15-AMELIY

    4.-rasm. Arteriyani ostki suyaklarga barmoqlar bilan qisish usullari:
    1-chakkaga oid; 2-pastki jag’ga oid; 3- bo`yinga oid;
    4-bilakka oid; 5-kaftga va kaft ustiga oid; 6-songa oid.
    Vena va kapillyar qon oqishini jarohatlangan joyni moddiy bilan jips bog’lash orqali to`xtatiladi. Buning uchun jarohatlangan joyga mikroblarni o`ldiruvchi doka bo`lakchasi buklab qo`yilib uning ustiga paxa qatlami qo`yiladida bint bilan mahkam bog’lanadi.
    Arteriyadan qon oqishi eng xavfli hisoblanadi. Bunday jarohatlanishda qonni to`xtatish uchun jarohat joyidan yuqoriroqdan arteriyani mahkam qisib bog’lash, agar bu bilan qon to`xtamasa jgut yoki buramadan foydalanish kerak bo`ladi (3, 4.-rasm). Buning uchun rezina quvur, ip, yumshoq, rumol va boshqalardan foydalaniladi. Jgut bilan arteriyaning jarohatlangan joyini yuqorisidan ma`lum no`qtalardan tanaga mahkam qisib bog’lanadi. Tanadagi jarohatlangan joylardan qonlarni oqishini to`xtatish no`qtalari 5.-rasmda ko`rsatilgan.
    Oyoqlar jarohatlanganda, qon oqimini to`xtatishning eng muhim usuli oyoqni, belning yuqori qismiga mahkam qisib bog’lash hisoblanadi. Jgutni bog’lashdan oldin oyoqlar ko`tariladi. Shuningdek bilak tirsaklar jarohatlanib arteriyadan qon oqishini kuzatilganda jarohatlanish ko`rinishiga qarab jgut yoki uning o`rnini bosadigan materiallar bilan bog’lanadi 6.-rasm.
    Jgutni qon to`xtaguncha qisish kerak. Jgutni qisilgan holatda 1,5…2 soatdan ortiq qoldirish mumkin emas, aks holda to`qimalarda hujayralarni o`lishi boshlanadi. Bu vaqtda shikastlangan odamni yaqin tibbiyot muassasasiga etkazish zarur bo`ladi.



    1 2 3 4
    5.-rasm. Arteriyadan okayotgan qonni to`xtatishda oyoqlarni maksimal egish;
    1-elka oldi; 2-elka; 3-bel; 4-boldir.
    Agar jarohat muskul ostida yoki shu kabi noqulay joylarda, murakkab holatlarda bo`lsa jgutdan foydalanish mumkin emas. Bunda qorin bilan son orasiga porol’on yoki boshqa yumshoq material qo`yiladi. So`ng oyoqlar maksimal egiladi va u belning yuqori qismiga mahkam bog’lanadi.
    Qo`l va oyoqlarni va boshqa joylarni suyaklari singanda va chiqqanda jarohatlanganlarga birinchi yordamni singan joylarini qimirlamaydigan qilib mahkam bog’lash va ularni qulay holatda yotqizishdan boshlash kerak. Singan joylarni bog’lashda qulay va uni og’riqsizligini taminlashda yupka taxta, tayoqcha va karton qog’ozlardan foydalaniladi va ularni bog’lash bint, yumshoq, ip va boshqalar bilan amalga oshiriladi (6.-rasm).
    Jarohatlangan joylarni taxtakachlashda taxta va shunga o`xshashlardan shunday foydalanish kerakki, bunda ular singan joylarni pastki hamda yuqori joylarini ham qamrab olsin. Ochiq sinish holatda uni bog’lashdan oldin qon oqishini to`xtatish kerak.


    Download 1,15 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 1,15 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -rasm. Arteriyani ostki suyaklarga barmoqlar bilan qisish usullari

    Download 1,15 Mb.