|
Texnik xarakterga ega bo`lgan ishlab chiqarish jarohatlarining sabablariga quyidagilar kiradi
|
bet | 2/7 | Sana | 23.12.2023 | Hajmi | 1,15 Mb. | | #127259 |
Bog'liq 15-AMELIYTexnik xarakterga ega bo`lgan ishlab chiqarish jarohatlarining sabablariga quyidagilar kiradi:
1. Ishchining aybisiz texnologik uskuna yoki qurilmaning biror bir qismini avariya sabab ishdan chiqishi;
2. Murakkab operatsiyalarni bajarayotgan biror bir mexanizmni ogohlantirilmasdan elektr energiyasidan ajratish;
3. Yuk ko`tarish mexanizmining yuk ko`tarish vaqtida kutilmaganda po`lat arqonini uzilishi;
4. Har xil o`zgaruvchan tebranma yuk ostida elektr uzatish simini o`zilishi;
5. Qisilgan gaz ballonini quyosh nuridan yoki boshqa issiqlik manbai ta`sirida qizib ketishi natijasida portlashi;
6. Gazogeneratorli qurilmalarni ximiyaviy reaktsiyalar jarayonida iki kuchli qizishidan portlashi;
7. Ishlab chiqarishni ichki sistemalarini ta`minlovchi gaz, issiq suv yoki bug’ quvurlarini o`zilishi;
8. Yuqori bosim ostida ishlovchi idishlarni portlashi;
9. Har xil meteorologik omillar (kuchli jala, kalin kor, dovul va boshqa) ta`sirida binolar tomi va konstruktsiyalarini qo`lashi;
Yuqorida qayd etilgan sabablardan tashqari, ishlab chiqarishda jarohatlarni oldini olishning eng samaralisi tashkiliy tadbirlardir. Bu tadbirlar quyidagi ishlarni o`z ichiga oladi:
1. korxona ma`muriyati, texnika xavfsizligi bo`yicha mutaxassis hamda usta va brigadirlarni ishchilar tomonidan texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilinishini, mehnatni to`g’ri tashkil etilishini doimiy nazorat qilish va tekshiruv ishlarini olib borilishi;
2. narkotik modda yoki alkogol ta`siri ostida xushyorlikni yo`qotgan, texnika xavfsizligi qoidalarini bo`zgan ishchilarni zudlik bilan ishdan ozod etish;
3. funktsional rejimi buzilgan yoki nosoz mexanizm va uskunalarda ishlashni to`xtatish;
4. murakkab, ko`p diqqat talab etadigan ishlar bilan band bo`lgan ishchilarni doimiy tibbiy ko`rikdan o`tkazish;
5. ishchilarni xavfsizlik texnikasi bo`yicha asosiy ma`lumotlarni o`z ichiga olgan texnik o`kishga doimiy va davriy jalb etish ishlarini tashkil etish;
6. ishga qabul qilingan har bir ishchini texnika xavfsizligi qoidalari bilan tanishtirish, ularga sanitar-texnik yo`riqnomalar o`tish;
7. ishchini qo`shimcha ishga yoki asosiy mutaxassisligidan (kasbidan) boshqa ishda ishlashiga yo`l qo`ymaslik.
|
| |