|
Texnik sabablar bo`yicha ishlab chiqarish jarohatlanishi profilaktikasi
|
bet | 3/7 | Sana | 23.12.2023 | Hajmi | 1,15 Mb. | | #127259 |
Bog'liq 15-AMELIYTexnik sabablar bo`yicha ishlab chiqarish jarohatlanishi profilaktikasi quyidagilarni o`z ichiga oladi:
1) har xil uskuna, jihoz, mexanizmlarni doimiy sistematik tekshirish va sinovdan o`tkazish;
2) stanok, mashina, uskunalarni asosiy qismlarini davriy taftishdan o`tkazish;
3) bosim ostida ishlaydigan idish va uzatish quvurlarini davriy sinovdan o`tkazish;
4) murakkab texnik munosabatdagi qurilmalarda yoki ishlayotgan uskunalar sistemasidagi har xil himoya rele yoki klapanlari ishlashini sistematik tekshirish.
Jarohatlanganda va lat eganda birinchi yordam ko`rsatish
Yrdam ko`rsatuvchi kishi qo`lini sovo`n bilan yaxshilab yuvishi lozim, agar buning ilojisi bo`lmasa barmoqlarni yod nastoykasi bilan yog’lashi kerak. Jarohat joyini suv bilan yuvish, uni tozalash va unga hatto yuvilgan qo`l bilan tegish mumkin emas. Agar jarohat joyi kuchli ifloslangan bo`lsa uning atrofi mikroblardan tozalash vatasi yoki doka bilan artiladi, xolos.
1 2 3
3.-rasm. Qon to`xtatuvchi jgut va uning o`rnini bosuvchi narsalar;1-kamar belbog’idan foydalanish; 2-burama qo`yish; 3-rezina jgut.
Qon oqmaydigan, shilingan, sanchilgan, kichik jarohatlangan joylarni 5% li yod nastoykasi bilan yog’lash va mikrobga qarshi bog’lash zarur. Uncha katta bo`lmagan jarohatlarga dezinfiktsiyalovchi va ifloslanishdan saqlovchi plastir, 5F – 6 elimi va boshqalar bilan kleylash kerak.
Agar jarohatlangan joydan qon oqsa birinchi yordam ko`rsatish usuli qon oqishining ko`rinishiga bog’liq bo`ladi. Qon oqishi odatda qon tomirlari butunligi buzilganda har xil intensivlikdagi qon oqishi bilan kuzatiladi. Qon oqish: ikki xil bo`lishi mumkin tashqi (qon tana tashqarisida, ustidan oqqanda) va ichki (qon ichki organlarda, to`qimalarda oqqanda) bo`ladi. Qon tomirlarining jarohatlanishlariga bog’liq ravishda qon oqish ko`rinishlari bir necha xil bo`ladi. Tashqi arterial-puls bilan tez, qon rangi-och-qizil, shu bilan birga u jarohat joyidan favvoralanib oqadi, organizmda umumiy kuchsizlik va tananing shikastlangan joyida kuchli og’riq bilan kechadi.
Vena qon tomiri jarohatlanganda qon qora-qizil rangda tizillab oqa boshlaydi. Agar qon alohida tomchi ko`rinishida oqsa va jarohat joyi ham qonasa bu kapillyar qon oqish hisoblanadi. Arteriya qon tomiri jarohatlanganda jarohat joyidan uzik-uzik tizillagan qon oqishi kuzatiladi.
1 2 3 4
5 6
|
| |