Hayot faoliyati xavfsizligini takomillashtirish usullari




Download 0,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana24.09.2024
Hajmi0,82 Mb.
#272341
1   2   3   4   5
Bog'liq
122-Текст статьи-372-1-10-20210815

Ключевые 
слова:
 
безопасность 
жизнедеятельности, 
опасность, деятельность, техногенная опасность, безопасность, 


Таълим ва инновацион тадқиқотлар (2021 йил №3)
ISSN 2181-1709 (P)
266
Education and innovative research 2021 y. №3
жизнедеятельность, 
модель 
жизнедеятельности, 
Принципы 
эксплуатационной безопасности, гомосфера.
Abstract. 
This article explains the content of life safety, the importance 
of safety measures in human life and activity. Terms such as safety, activities, 
methods of ensuring the safety of life activities and their development are 
clearly defined. The article reflects the decisions taken and reforms in all 
types of man-made, economic, political and information security measures 
in Uzbekistan. The concept of security in human life is widely explained to 
young people today, the positive and negative aspects of external influences 
are passed on to the younger generation in the process of educating young 
people, ways and means of creating a safe environment and ways to develop 
existing conditions. Additional suggestions were given as a result of the 
overall analysis about our consept.
Key words: 
Life safety, hazard, activity, man-made hazard, safety, safe 
activity, activity model, occupational safety principles, homosphere
Kirish. Insonning faol harakatlari yig‘indisi - faoliyat tushunchasini 
bildiradi. Aynan mana shu faoliyat insonlarni boshqa tirik mavjudotlardan 
farqlantiradi. Demak, faoliyat - insonning bor bo‘lib turishi uchun zaruriy 
ko‘rsatkich hisoblanadi. Mehnat esa inson faoliyatining eng oliy shaklidir. 
Shuning uchun faoliyat ham, mehnat ham bo‘lmasa, kishilik jamiyati ham 
bo‘lmaydi.Quyida aslida hayotiy faoliyat, xavf va xavfsizlik tushunchalariga 
oydinlik kiritamiz:
Faoliyat – ma’lum darajada xo‘jalik samarasiga erishish maqsadida inson 
bilan tabiat hamda antropogen muhitning maqsadga yo‘naltirilgan o‘zaro 
ta’sir jarayonidir.
Xavf – tirik yoki o‘lik materiyaning insoniyat sog‘ligiga, tabiatga va 
material boyliklarga zarar etkazuvchi, baxtsiz va ko‘ngilsiz hodisalarga olib 
keluvchi salbiy xususiyatlaridir1.
Xavfsizlik – ob’ektga ta’sir etuvchi turli xil moddalar, materiallar, energiya 
va ma’lumotlar oqimini maksimal ruxsat etilgan miqdordan oshmaydigan 
holatidir. Har qanday xavf aniq bir ob’ektga ta’sir etgandagina real xavf 
hisoblanadi. Turli xil xavflar oqimidan himoyalanadigan ob’ekt deganda, 
atrof –muhitning har qanday komponentini tushunish mumkin, ya’ni: inson, 
jamiyat, davlat, tashkilot (korxona, muassasa), tabiat, dunyo, kosmos[6] 
Hayotiy faoliyat - bu odamning kundalik faoliyati, dam olishi, turmush 
tarzidir.
Xavfsizlik - bu faoliyatning holati bo‘lib, ma’lum ehtimollikda xavflarning 
kelib chiqishini bartaraf qilishdir.[3]
Faoliyat xavfsizligi qadim zamonlardan to hozirgi kunimizga qadar 


Образование и инновационные исследования (2021 год №3)
ISSN 2181-1717 (E)
267
http://interscience.uz
insoniyatni ilmiy va amaliy qiziqishlarining eng muhim bir tomonidir. 
Odamzot har doim o‘zining xavfsizligini ta’minlashga intiladi. Ishlab 
chiqarishning rivojlanishi bilan bu masalalar maxsus bilimlarni talab qiladi. 
Bizning davrimizda xavfsizlik muammolari yanada keskinlashdi. Ma’lumki 
baxtsiz hodisalar, yong‘inlar, avariyalar va talofatlardan katta miqdorda zarar 
ko‘riladi.
Shuning uchun xavflardan himoyalanish masalalarida odamlarni 
tarbiyalash muhim ahamiyatga ega. Jamiyatimizni barqarorlashtirishda bu 
fan muhim ijtimoiy rol o‘ynaydi va xalq xo‘jaligi faoliyatining xavfsizligi 
darajasini oshirishga ulkan hissa qo‘shadi. Bunda, maxsus shu sohaga oid 
qarorlar bilan olib borilgan dasturiy vositalar alohida o’rin egallaydi.
Asosiy qism.Faoliyat jarayonining modeli ikki elementdan: inson va 
muhitdan tashkil topgan deyish mumkin, chunki faol faoliyat bilan faqat 
insonlar shug‘ullanadi va ular o‘zlarini o‘rab turgan atrof muhit bilan yaqin 
munosabatda bo‘ladilar. Shuningdek, «Inson - muhit» tizimini ham ikki 
maqsadli deb qarash mumkin: «birinchi maqsadi - inson o‘zining mehnat 
faoliyati jarayonida muayyan yutuqlarga, samaradorlikka erishishga harakat 
qilsa, ikkinchi maqsadi - mehnati jarayonida yuzaga keladigan ko‘ngilsiz 
oqibatlarni bartaraf qilishdan iborat bo‘ladi.[6]
Hozirgi davrda ishlab chiqarish xavflaridan, tabiiy ofatlardan, falokat 
va halokatlardan insonlarning hayot faoliyatini saqlash eng dolzarb 
muammolardan hisoblanadi.
Turli falokatlar, halokatlar va ofatlardan insonlar hayot faoliyatini saqlash 
«Hayot faoliyati xavfsizligi» fanining maqsadlaridan biridir.
Aynan mana shu muammolar echimini «Hayot faoliyati xavfsizligi» fani 
o‘rganadi.[5]
«Hayot faoliyati xavfsizligi» fanining markaziy e’tiborida “inson- tabiat-
jamiyat” rivojlanishining maqsadlari yotadi. Hayot faoliyati xavfsizligi 
fani - ilmiy metodologik fanlar qatoriga kirib, uning asosiy maqsadi, inson 
hayot faoliyatida yuzaga keladigan xavflarning kelib chiqish sabablarini, 
oqibatlarini va ularni yo‘qotish uslublarini, xavfsiz ish sharoitlarini yaratish, 
tabiiy, texnogen va ekologik favqulodda vaziyatlardan fuqarolarni muhofaza 
qilish, ularni ham nazariy, ham amaliy jihatdan himoyalanishga tayyorlash 
hamda jarohatlanganlarga tibbiy yordam ko‘rsatish qoidalarini o‘rgatishdan 
iborat.
Hayot faoliyati xavfsizligi fanining asosiy vazifalari :
1. Xavflarning identifikatsiyasini o‘rganish. Bunda inson faoliyati 
jarayonida yuzaga keladigan xavflarning kelib chiqish sabablarini, uning 
xususiyatlarini va ko‘ngilsiz oqibatlarini o‘rganish.
2. Ishlab chiqarish jarayonlarida va xizmat ko‘rsatish sohalarida xavfsiz 
mehnat sharoitlarini yaratishga qaratilgan chora-tadbirlarni o‘rganish.



Download 0,82 Mb.
1   2   3   4   5




Download 0,82 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Hayot faoliyati xavfsizligini takomillashtirish usullari

Download 0,82 Mb.
Pdf ko'rish