Таълим ва инновацион тадқиқотлар (2021 йил №3)
ISSN 2181-1709 (P)
270
Education and innovative research 2021 y. №3
jarayonlar, psixik xususiyatlar ko‘rib chiqiladi.[6]Inson psixikasida sodir
bo’ladigan salbiy jarayonlar samarali ijobiy usullarda maxsus mutahasis
yordamida treninglarda bartaraf etiladi. Psixologik xavf ham ta’sir jihatidan
juda kuchli ta’sirga ega chunki u boshqaruvchilik xususiyatiga egadir.
O’zbekistonda Aholi va hududlarni tabiiy va texnogen tusdagi favqulodda
vaziyatlardan muhofaza qilish tizimini takomillashtirish maqsadida Vazirlar
Mahkamasi qarori bugungi kunda ro’y berishi mumkin bo’lgan texnogen va
favqulodda xavf xatarlani oldini olish maqsadida aholini ushbu vaziyatlarda
amalda harakatlanish bilimlari bilan ta’minlovchi hamda himoya tadbirlarini
olib borilgan asosiy choralardan biridir.[1]
Ushbu qarorda hayot xavfsizligiga daxl qiluvchi barcha ta’sirlar
keltirilgan. Bundan tashqari, O‘zbekiston respublikasi favqulodda
vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat
tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida, Favqulotda vaziyatlar
vazirligiga yangi vazifalar topshirilishi, Favqulodda vaziyatlarning oldini
olish va bunday vaziyatlarda va harakat qilish davlat tizimi to‘g‘risidagi
nizom ishlab chiqilishi mamlakatimizda barcha turdagi sodir bo’lishi
mumkin bo’lgan xavf –xatarlarni oldini olishga qaratilgan. Mahalliy davlat
hokimiyati organlarining Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va
harakat qilish davlat tizimi hududiy quyi tizimida aholini va hududlarni
favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish bo‘yicha belgilangan funksiyalar
aholi yashash tarzi hamda hayot faoliyatini xavfsiz shaklda olib borishga
qaratilgan bo’lin, bunda aholining ozuq –ovqat, texnik mehnat jarayonida
xizmat ko’rsatishi, gidrometerologik tasirlarni, salomatlik borasidagi
keng ko’lamli xavflarni oldini olishga aholi hayot tarzini xavfsizligini
ta’minlashga qaratilgan vazifalarni o’z ichiga oladi. Ishonch bilan ayta
olamizki, mamlakatimizda olib borilayotgan ushbu chora- tadbirlar
hukumatimiz hamda prezidentimiz tomonidan uzoqni ko’zlab yurtimizda
xatarlardan holi jannatmakon sharoitlarni yaratishni maqsad qilgan. Buni
biz prezidentimizning SH.Mirziyoyev “Tanimizda kuchimiz, shijoatimiz bor
ekan –xalqimizga zarur eng yaxshi sharoitlarni yaratamiz, bizning xalqimiz
doim bundanam ortig’iga loyiq va munosib bo’lgan “degan fikrida yuqoridagi
qarorlarni, islohotlarni isbotini ko’rishimiz mumkin.
Xavfsizlikni taminlash choralari haqida so’z borganda , x avfsizlikni
taminlash choralari bu – usullarni va asoslarni amaliy, tashkiliy, moddiy
gavdalantirib amalga oshirishdir.
Usullar va asoslar o’zaro bog’liqdir.Asoslar, usullar, choralar xavfsizlikni
ta’min etishdagi mantiqiy pog’onadir. Ularni tanlab olish faoliyatning aniq
sharoitlariga, xavfning darajasiga va boshqa mezonlarga bog’liq.Xavfsizlikni
taminlash yo’llari ko’p.
Ularni belgilariga qarab bir necha sinfga ajratish mumkin.[3]
Образование и инновационные исследования (2021 год №3)
ISSN 2181-1717 (E)
271
http://interscience.uz
yo’naltiruvchi,tashkiliy, boshqaruv.texnik,
Inson mehnat faoliyati jarayonida bo’ladigan fazo – ish joyi (gomosfera),
doim mavjud yoki vaqti-vaqti bilan xavf paydo bo’ladigan fazoni noksosfera
deyiladi.
Xavfsizlikni taminlashga quyidagi usullar orqali erishiladi:
HFX uslubiy va boshqaruv masalalarining xavfsizlik darajasi va
«T(tavakkal)»ga ob’ektiv ta’siri katta. HFX boshqarilishida inson-muhit
tizimi tushuniladi. HFXni boshqarish ob’ektiv xavfli holatdan kam xavfli
holatga o’tkazishdir. Bunga iqtisodiy va texnik maqsadga muvofiqlik
shartlariga amal qilinadi. «Inson-muhit», «inson-ishlab chiqarish» va boshqa
tizimlar murakkab ko’p tarkibli uyushmalardan (tizimlardan) hisoblanadi.
Xavflarni o’rganish va tahlil jarayonida tarkiblarga ajratiladi.
Faoliyat modeli: 1-inson; 2-muhit; 3-aks ta’sir qiluvchi aloqalar.
Aniq faoliyat sharoitida bu turkumlar (elementlar) yanada ravshanlashadi.
Shuning uchun faoliyatni loyihalashda uning turkumlarini (elementlarini)
yetarli darajada aniqlab, to’g’ri keladigan axborot manbalaridan foydalanib,
ularning xavfli xususiyatlari topiladi.
Faoliyatni turkumlarga ajratish:
1-inson; 2-mehnat quroli; 3-mehnat vositalari; 4-quvvat (energiya);
5-mehnat mahsulotlari; 6-texnologiya; 7-flora; 8-fauna; 9-ma’lumot;
10-tabiiy iqlim; 11-mehnatni tashkil etish; 12-jamoa[5]
Ko’rib turganimizdek faoliyat qanchalik murakkab jarayon bo’lsa ,
xavfsizlikni takomillashtirish ham shunchalik katta masuliyatni talab etadi.
Har bir faoliyat turiga ko’ra ongli ravishda xolisona xavfsizlik usullaridan
foydalaniladi. Agar xatarlarsiz muhit yaratishga harakat qilsak, har faoliyat
turi bilan mashg’ul bo’lishda biz soha mazmunida yondashuv va alohida
bilimni talab etadi , bu esa yetarli bilim ko’nikmalarni taqozo etadi.
Xulosa. Xulosa sifatida shuni ta’kidlash mumkinki, xavfsizlikni
ta’minlash faqatgina biryoqlama jarayon emas, balki bahamjihat birgalikda
olib boriladigan umumiy vazifadir. Avvalo,aholi yoshu- qari hayot faoliyati
xavfsizligi nima ekanligini ongli ravishda anglamog’i va shu xavfsizlik
choralariga doimo amal qilmog’I zarur.Bu borada nafaqat mehnat faoliyati,
tabiat, atrof muhit bilan o’zaro bog’liq zanjirga ham zarar yetkazmaslik eng
asosiy masalalardan hisblanadi.Inson tabiat o’zaro bog’liq ekanmi inson
faoliyati xox iqtisodiy, siyosiy, texnogen yoki gidrometerologik jihatdan
ta’sirda bo’ladi. Mustaqil bilimli shaxs sifatida hayot faoliyati xavfsizligini
ta’minlashni rivojlantirish sohasida aholiga keng ko’lamda tushuntirish
hamda profilaktika ishlarini amalga oshirishni taklif etgan bo’lardim. Zero,
bu yetishib elayotgan yosh avlod uchun asosiy tayanch vazifasini ham o’taydi
deb umid qilaman.
|