O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI FAVQULODDA VAZIYATLARDA ULARNING OLDINI OLISH VA HARAKAT QILISH DAVLAT TIZIMINING AHOLI VA HUDUDLARNI TABIIY HAMDA TEXNOGEN XUSUSIYATLI FAVQULODDA VAZIYATLARDAN MUHOFAZA QILISH BO‘YICHA 2016 YILDAGI ASOSIY TADBIRLAR REJASINING BAJARILISHI VA 2017 YILDAGI USTUVOR VAZIFALARIGA BAG‘ISHLANGAN HAY’AT MAJLISIDA VAZIRNING BIRINCHI O’RINBOSARINING
KIRISH SO’ZI
Hurmatli yig‘ilish qatnashchilari! Harakat - borliqnint ajralmas xususiyati boʻlgan oʻzgaruvchanlikni (q. Barqarorlik va oʻzgaruvchanlik) ifodalovchi falsafiy kategoriya. H. tushunchasi imkoniyatlarning voqelikka aylanishini, roʻy berayotgan hodisalarni, olamning betoʻxtov yangilanib borishini aks ettiradi. Respublika (lot. respublica, res - ish va publicus - ijtimoiy, umumxalq) - davlat boshqaruvi shakli, unda bar cha davlat hokimiyati organlari saylab qoʻyiladi yoki umummilliy vakolatli muassasalar (parlamentlar) tomonidan shakllantiriladi, fuqarolar esa shaxsiy va siyosiy huquqlarga ega boʻladilar.
O‘zbekiston Respublikasi aholisi va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish vazifasi 2016 yilda qay darajada bajarildi, soha yo‘nalishida davlat va hukumat ko‘rsatmalari talablari nechog‘lik ijro etildi, erishilgan yutuqlar bilan birga, echimini topmagan masala va muammolar nimalardan iborat - degan savollarga javob topish va shularga asosan 2017 yildagi rejalarimiz hamda ustuvor vazifalarimizni aniq belgilab olish maqsadida yig‘ilib turibmiz.
Bugungi hay’at yig‘ilishimizda O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish Davlat tizimiga kiruvchi vazirlik va idoralar rahbarlarining o‘rinbosarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining o‘rinbosarlari, shuningdek, Favqulodda vaziyatlar vazirligining shaxsiy tarkibi ishtirok etmoqda.Vazir (arab. - yuk koʻtaruvchi) - oʻrta asrlarda Yaqin va Oʻrta Sharq davlatlarida, shu jumladan Oʻrta Osiyo xonliklarida hukumat idorasi yoki kengashi (devon) boshligʻi. V. lar vaziri aʼzam rahbarligida davlatni idora etish vazifalari bilan shugʻullangan. V. Hukumat - davlatning oliy kollegial ijroiya organi. H. turli mamlakatlarda turlicha nom bilan ataladi: Vazirlar Kengashi (Fransiya, Italiya, Polsha), Vazirlar Mahkamasi (Buyuk Britaniya, Oʻzbekiston), davlat kengashi (XXR) va h.k. H.
Ushbu yig‘ilishimizga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik Kengashi apparati etakchi inspektori Qudratov Soxibjon Ubaydullaevich, Vazirlar Mahkamasining Kommunal soha, transport, kapital qurilish va qurilish industriyasi masalalari ahborot-tahlil departamenti mudiri Maksumov Nodirjon Ergashevich, Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari Nishanbaev Saydkarim Abduxakimovich, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari Xamraev Shavkat Raximovich, “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari Dehqonov Davron To‘lqinovichlar taklif etilganlar.
Hurmatli yig‘ilish qatnashchilari!
Barchamizga ma’lumki, istiqlolga erishgan mamlakatimiz mustaqillik yillarida O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘anievich Karimov boshchiligida izchil yangilanishlar yo‘lidan borib, jamiyatimizning har bir jabhasida tub islohotlar amalga oshirildi.Mustaqillik - davlatning ichki va tashqi ishlarda boshqa davlatlarga qaram boʻlmay faoliyat koʻrsatishi. M. tamoyillariga rioya etish davlatlararo oʻzaro munosabatlarda yetakchi, hukmron qoidadir. Har bir davlatning mustaqilligini tan olish oʻzaro tinchtotuv yashashning prinsiplaridan biridir.
O‘tgan 25 yillik davr mobaynida yuritilgan oqilona ijtimoiy-iqtisodiy siyosat, samarali va tizimli ravishda, bosqichma-bosqich olib borilgan islohotlar bugungi kunga kelib amalda o‘zini to‘la oqlab kelmoqda.
Mustaqil O‘zbekistonimizning Birinchi Prezidenti Islom Aduganievich Karimov Favqulodda vaziyatlar vazirligining 15 yilligi munosabati bilan tizim xodimlariga yo‘llagan bayram tabriklarida ta’kidlanganidek, “Keyingi vaqtda dunyoning turli mamlakatlarida ro‘y bergan yirik tabiiy ofat va texnogen halokatlar, respublikamizning tog‘li va tog‘oldi hududlarida zilzila, jala va toshqinlar, sel va ko‘chkilar yuz berish xavfi, shuningdek, manbai biz bilan chegaradosh davlatlar hududida joylashgan transchegaraviy ko‘rinishdagi xatarlarning saqlanib qolayotgani ushbu xavfli holatlarga qarshi samarali va tahdid darajasiga mos ravishda harakat qilishni, barcha qutqaruv xizmatlari va fuqaro muhofazasi tuzilmalarining aniq va o‘zaro uyushgan harakatini, har bir qutqaruvchining o‘z xizmat burchini mas’uliyat bilan bajarishini taqozo etmoqda”.
Shundan kelib chiqib, yurtimizda Fuqaro muhofazasini tashkil qilish, aholi va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, ular sodir bo‘lganda oqibatlarini bartaraf etish vazifasi respublikamizda faoliyat olib borayotgan Favqulodda vaziyatlar vazirligi hamda Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish Davlat tizimiga, ya’ni shu zalda o‘tirgan barchamizning zimmasiga ulkan mas’uliyat yuklaydi.
Jahon tajribalaridan ma’lumki, favqulodda vaziyatlarning oqibatlarini bartaraf etishdan ko‘ra, ularning oldini olgan afzal.
Buning uchun esa birinchi galda aholini, Fuqaro muhofazasi xizmatlari kuch va vositalarini favqulodda vaziyatlarga tayyorlash, ular sodir bo‘lganda to‘g‘ri harakatlanishga o‘rgatish hal qiluvchi omillardan sanaladi. Chunki favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilishga tayyor inson yarim qutqarilgan insondir.
Respublikamizda olib borilayotgan islohotlarning yurtimiz ravnaqi, va bebaho boyligimiz - xalqimiz taraqqiyoti va manfaatlarini ko‘zlagan, milliy an’anamizga aylangan yana bir omil – har bir yilga alohida nom berish ya’ni islohotlarni chuqurlashtirishdek ezgu sa’y-harakatlarning ham guvohi, ham uning faol ishtirokchisi bo‘lib kelmoqdamiz.
Bu borada muhtaram Yurtboshimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoevning 2016 yil 7 dekabrdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiya qabul qilinganligining 24 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimda 2017 yilga Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili deb nom berilishi hamda qabul qilingan dasturda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda bevosita xalq bilan doimiy muloqotda bo‘ladigan, davlat va nodavlat tashkilotlar, mahalla, xotin-qizlar, yoshlar va keng jamoatchilik vakillari bilan hamkorlikda faoliyat olib boradigan Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimi xodimlarining targ‘ibot-tashviqot ishlari samaradorligini yanada oshiradi.Konstitutsiya (lot. constitutio - tuzilish, tuzuk) - davlatning asosiy qonuni. U davlat tuzilishini, hokimiyat va boshqaruv organlari tizimini, ularning vakolati hamda shakllantirilish tartibi, saylov tizimi, fuqarolarning huquq va erkinliklari, shuningdek, sud tizimini belgilab beradi. K.
Albatta, bunday ezgu va xayrli ishlarni izchil, ulkan sabot bilan amalga oshirishda bizning Favqulodda vaziyatlar davlat tizimimiz ham mamlakatimiz mudofaasi tizimi tarkibidagi Qurolli Kuchlarimizning ajralmas qismi o‘laroq, respublika Fuqaro muhofazasi tayyorgarligini ta’minlovchisi bo‘lib, aniq va ravshan qilib ko‘rsatilgan istiqboldagi yo‘nalishlar biz, Favqulodda vaziyatlar davlat tizimiga kiruvchi 40 dan ziyod vazirlik va idoralarga ham ulkan masu’liyat yuklaydi.
Jamiyat mustahkamligi, undagi ma’naviy-ma’rifiy, ijtimoiy-iqtisodiy mezonlarga bog‘liqdir. Ammo unda, birinchi o‘rinda tinchlik, osoyishtalik va xotirjamlik bo‘lmas ekan, hech qanday mustahkamlik, rivojlanish bo‘lmaydi. Shuning uchun ham, yurtimizda aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, fuqaro muhofazasini ta’minlash O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimining doimiy hamda ustuvor vazifalaridan biri bo‘lib qolaveradi.
Hurmatli yig‘ilish ishtirokchilari,
O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimiga kiruvchi vazirlik va idoralar, mahalliy boshqaruv organlari (hokimlar) rahbarlarining o‘rinbosarlari, shuningdek vazirlik markaziy apparati boshqarmalari, mustaqil bo‘lim va xizmatlari, hududiy boshqarmalari hamda tarkibiy tuzilmalari boshliqlari (komandirlari) kun tartibida ko‘rilayotgan masalalar bo‘yicha axborot berishga shay turishlari lozim.
|