5-mavzu: Tabiiy favqulodda vaziyatlarning xususiyatlari va tasnifi




Download 7.34 Mb.
bet1/21
Sana28.02.2024
Hajmi7.34 Mb.
#163638
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
5-lekciya
Gipodinamiya va giperdinamiya muammolari, Kitoblar ruyhati, [19.12.2023 21 40] ТАШКЕНТ ЮЖНЫЙ САРЫАСИЯ (1), MA’ruza 12 jixozlar tozaligi va uni aniqlashda qo‘llaniladigan a, Globallashuv ko\'rsatkichlari KOF GL reytingi, ALIBEK, терминлар, oz reda, Найди, Korxonaning ishlab chiqarish quvvati va uni hisoblash usullari-muhaz.org, 1 patologiya, 3-sinf matematika darsligi mazmuni bilan tanishtirish metodikasi, 2 TEST SAMOTOVA

5-MAVZU: Tabiiy favqulodda vaziyatlarning xususiyatlari va tasnifi

1. Geologik xavfli hodisalar. Zilzilalarning kelib chiqish sabablari.


2. Zilzila Zilzilagacha va zilziladan keyin aholining o’zini tutish qoidalari.
3. Gidrometeorologik favqulodda hodisalar.
4. Suv toshqini. Toshqin, sellar


Tayanch so`zar: geologik, episentr, giposentr, ball, rixter, MSK, glaysial, jala, toshqin, bef, texnogen, titonik.


Geologik xavfli hodisalar. Zilzila

I nsoniyat tarixida yuzlarcha falokatli zilzilalar bo`lib o`tgani yozma manbalardan ma'lum. Yunonistondagi qadimgi Pompey xarobalari shundan dalolat beradi. Olimlar ummon tubidan ko`plab qadimiy shaharlarning xarobalarini topishgan hozirgi kunda Issiqko`l qirg`oqlari bo`ylab ham ko`hna davr inshootlari, saroylari va qasrlarining qoldiqlari hamon saqlanib, o`sha qadimiy yer silkinishlaridan guvohlik berib turibdi. Oxirgi 50 yil ichida bo`lib o`tgan kuchli zilzilalar ichida vayrongarchilik va qurbonlar miqyosiga ko`ra Chili, San-Frantsisko, Tokio, Ashxobod, Toshkentdagi va boshqalar ajralib turadi. 1948 yilgi Ashxobod (100 ming odam halok bo`lgan, 8-9 ball) zilzilasidan keyingi eng daxshatli foqea Spitak zilzilasi nomini (unda 30 mingn odam halok bo`lgan) oldi. U 1988 yili 7 dekabr kuni sodir bo`ldi.


Dastlabki kuchli silkinishning o`zida 20 mingli Spitak shahri va uning atrofidagi bir necha qishloqlar butunlay yakson bo`ldi. 200 mingli Leninakin shahri zamonaviy binolarining yarmidan ko`pi quladi yoki tiklab bo`lmaydigan ahvolga keldi. 120 mingli sanoat markazi bo`lmish Kirovakan shaharlari va katta qishloqlar talofot ko’rdi.
San-Frantsiskoda 1906 yil 18 apreldagi yer qimirlashda 700 kishi halok bo`lgan. Moddiy ziyon 1,5 mlrd. dollarni tashkil qilgan. Ikki kun yong`in mobaynida 500 ga yaqin kvartallar yonib, hech narsa qolmagan, hammasi bo`lib 350 ming kishi halokatga uchragan. Yaponiyada 17 yanvar 1995 yilda kuchli yer qimirlashi sodir bo`lgan. Uning epitsentri yirik Koba portini markazida joylashgan bo`lib juda katta ko`lamda muhandislik va kommunal inshootlarning vayron bo`lishiga uy-joylarni buzulishiga olib kelgan. Bu ofat natijasida uylarni buzilgan bo`laklari ostida 5 ming odam nobud bo`lgan va 500 ming oila uy- joysiz qolgan.
27 may 1995 yilda Rossiya davlatining Neftegorsk shahrida 9,2 ball kuchlanishga ega bo`lgan o`ta kuchli yer silkinishi sodir bo`ldi. Ma'lumotlarga ko`ra uning natijasida shahardagi 95 foizdan oshiq inshootlar vayron bo`lgan va 1841 fuqaro halok bo`lgan.
Eng kuchli zilzila O`zbekistonda 1902 yilda 8-9 balli Andijonda sodir bo`lgan. 1946 yilda Namanganda (Chotqol zilzilasi nomi bilan), Toshkentda 1868 va 1966 (7-8 ball) (1000 martagacha), Gazlida 8-9-10 ball, Tojikistonda 1907, G`issorda 9-10 ball, 15ga yaqin qishloqlar xonavayron bo`lgan, 1000ga yaqin odam halok bo`lgan. 1911 yilda Pomirda Sarez zilzilasidan so’ng tog` o`pirilib, Usoy degan to`g`on hosil qilgan. Murg`ob daryosi to`silib qolib, Sarez degan ko`l paydo bo`lgan.Bu vayronagarchiliklarning shunchalik kattaliklariga sabab nima: birinchi navbatda zilzilaning paydo bo`lishidagi yer qobig`idagi ichki kuchlarning ta'siri, ularning yer yuzasidaga inshootlarga ko`rsatgan zarbasining kuchi, ikkinchi navbatda uy-joy binolarining, korxonalarning, inshootlarning qurilish ishlarini sifatli, zilzilaga bardosh beradigan qilib, zilzila sodir bo`ladigan erlardagi zilzilaning inshootlarga ko`rsatadigan kuchini hisobga olib, ularning konstruktsiyalarini loyihalash, qurish, nazorat qilish. Aholini va xo`jalik inshootlari joylashgan hududlarni zilzila tufayli sodir bo`lgan halokatdan muhofaza qilishni tashkil qilish uchun, zilzila tarqalgan hududlarni, paydo bo`lish sabablarini, genetik turlarini, tasnifini o`rganish, inshootlarga ko`rsatadigan kuchlarini baxolash, bashorat qilish va kompleks chora-tadbirlarning tarkibini ko`rib chiqishimiz kerak.
Tabiiy hodisalar ichida eng dahshatlisi, tabiatga, jamiyatga va ekologik vaziyatga ko`p zarar etkazuvchi katta hududlarda sodir bo`ladigani zilziladir. Har yili yer yuzida turli kuchga ega bo`lgan o`n mingdan ortiq yer silkinishlari qayd etiladi. Mamlakatimiz joylashgan Markaziy Osiyo mintaqasida keyingi yuz yil ichida 30ga yaqin yer silkinishlari qayd etilgan bo`lib, unda yuz minglab kishilarni qurbon bo`lganligini, katta-katta shaharlar vayronaga aylanganligi bizga tarixdan ma'lum. Masalan, 1948 yilda Turkmaniston poytaxti Ashxobod shahrida ro`y bergan zilzila shaharni butunlay vayronaga aylantirish bilan birga 110 ming kishi hayotiga zomin ham bo`lgan.
M amlakatimiz hududi tarixi ham zilzilalarga juda boy bo`lgan. Masalan: Buxoroda (818 yilda), Farg`onada (838, 1822, 1829 yillarda), Xorazmda (1208, 1209 yillarda), Samarqandda (1490, 1602, 1797, 1798 yillarda), Gazli shaxrida (1976, 1984 yillarda), va boshqalar. Mutaxassislarning ma'lumotiga ko`ra birgina Toshkentning o`zida 4 marta kuchli zilzila (1868, 1924, 1966 va 1980 yillar) bo`lganligi qayd qilingan. Bu zilzilalar xalq xo`jaligiga juda katta miqdorda moddiy zarar etkazish bilan birga bir necha yuz minglab odamlarning o`limiga sabab bo`lgan, ekologik vaziyatning o`zgarishiga, turli yuqumli kasalliklarning tarqalishiga sabab bo`lgan.
Seysmik stansiyalarning ma'lumotiga ko`ra er yuzasi bo`yicha har yili 100 mingdan ortiq zilzila bo`lib, ularning ichida 100ga yaqin vayronagarchilik va bittasi falokat keltiradigan hisoblanadi. Kuchsiz zilzilalar har 5 daqiqada bo`lib turadi.
B undan tashqari quriladigan imoratlarning kategoriyalariga qarab, ularning mustahkamligini oshirish uchun loyihalanadigan inshootlarni 1 ballga oshiriladi, ya'ni agar 6 ball bilan yer qimirlasa, uni 7 ballga hisoblab quriladi.
Inson o``zining muhandislik faoliyati bilan yer osti komponentlariga muayyan ta'sir etishi, u yoki bu darajada o`zgartirishi yer silkinishining vujudga kelishiga sabab bo`lmoqda.



Download 7.34 Mb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Download 7.34 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



5-mavzu: Tabiiy favqulodda vaziyatlarning xususiyatlari va tasnifi

Download 7.34 Mb.