• 2.1. HAVO ALMAShINUVI KARRALILIGINI HISOBLASh 2.1.1. Mashg‘ulotning maqsadi
  • Jarimalar qay tartibda belgilanadi?




    Download 0,98 Mb.
    bet3/3
    Sana21.05.2024
    Hajmi0,98 Mb.
    #247075
    1   2   3
    Bog'liq
    diyor

    Jarimalar qay tartibda belgilanadi?
    Davlat mehnat inspeksiyasining inspektorlari Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 255-moddasiga asosan ma’muriy jarimalar qo‘llaydi.
    Birinchidan, ish beruvchilar tomonidan mehnat qonunchiligi buzish hollarida jarimalar miqdori BHMning besh baravardan o‘n baravarigacha, ya’ni 1 million 600 ming so‘mdan 3 million 300 ming so‘mgacha belgilangan.
    Takroran sodir etilganda BHMning o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha, ya’ni 3 million 300 ming so‘mdan 4 million 900 ming so‘mgacha jarima qo‘llaniladi.
    Ikkinchidan, ish beruvchi vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik, homiladorlik va tug‘ish nafaqalarini to‘lash bo‘yicha majburiyatdan bo‘yin tovlaganda ham unga nisbatan BHMning o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha, ya’ni 3 million 300 ming so‘mdan 4 million 900 ming so‘mgacha jarima qo‘llaniladi.
    Huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takroran sodir etilganda BHMning o‘n besh baravaridan o‘ttiz baravarigacha, ya’ni 3 million 300 ming so‘mdan 9 million 900 ming so‘mgacha jarima belgilangan.
    Uchinchidan, ish beruvchi tomonidan vakant hisoblangan bo‘sh ish o‘rinlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yashirish, o‘z vaqtida bandlik organlariga taqdim qilmaganda BHMning o‘n baravaridan yigirma besh baravarigacha, ya’ni 3 million 300 ming so‘mdan 8 million 200 ming so‘mgacha jarimaga tortiladi. 
    Takroran sodir etilganda BHMning yigirma besh baravaridan ellik baravarigacha, ya’ni 8 million 200 ming so‘mdan 16 million 500 ming so‘mgacha jarima qo‘llaniladi.
    To‘rtinchidan, aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalari uchun ish o‘rinlarni zaxiraga qo‘ymagan va mavjud ish o‘rinlariga ishga qabul qilmagan ish beruvchilarga nisbatan BHMning o‘n baravaridan yigirma baravarigacha, ya’ni 3 million 300 ming so‘mdan 6 million 600 ming so‘mgacha jarima, qayta sodir etilganda yigirma baravardan o‘ttiz baravargacha, ya’ni, 6 million 600 ming so‘mdan 9 million 900 ming so‘mgacha jarima qo‘llaniladi.
    Beshinchidan, O‘zbekiston Respublikasi “Ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risida”gi Qonunining 4-moddasida xodim o‘z mehnat vazifalarini bajarishi bilan bog‘liq holda mehnatda mayib bo‘lishi, kasb kasalligiga chalinishi yoki sog‘lig‘ining boshqacha tarzda shikastlanishi munosabati bilan uning hayoti yoki sog‘ligiga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash bo‘yicha ish beruvchi o‘z fuqarolik javobgarligini ushbu qonunda belgilangan shartlar asosida va tartibda sug‘urtalashi shart ekani belgilangan.
    Ish beruvchi tomonidan mazkur talablarni bajarmaganlik uchun BHMning yetti baravaridan o‘n besh baravarigacha, ya’ni 2 million 300 ming so‘mdan 4 million 900 ming so‘mgacha jarima belgilangan. 
    Takroran sodir etilganda o‘n baravaridan o‘ttiz baravarigacha, ya’ni 3 million 300 ming so‘mdan 9 million 900 ming so‘mgacha jarima qo‘llaniladi. 
    Yurtdoshlarimiz mehnat huquqlarining buzilishi yoki majburiy tarzda mehnatga jalb etish holatlariga ro‘baro‘ kelsa, Davlat mehnat inspeksiyasiga murojaat qilishlari so‘raladi. Har bir ma’lumot va murojaat belgilangan tartibda tezkorlik bilan o‘rganib chiqiladi hamda zarur choralar ko‘riladi. Murojaatchining roziligisiz shaxsiga doir biron-bir ma’lumot oshkor etilmasligi kafolatlanadi. 


    2.1. HAVO ALMAShINUVI KARRALILIGINI HISOBLASh


    2.1.1. Mashg‘ulotning maqsadi:
    Issiqlik, gaz va chang zararli ajralmalari bo‘yicha havo almashinuvi karraliligini aniqlash.













    Download 0,98 Mb.
    1   2   3




    Download 0,98 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Jarimalar qay tartibda belgilanadi?

    Download 0,98 Mb.