O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
“Energiya ta’minlash tizimlari” kafedrasi
“Hayot faoliyati xavfsizligi”
fanidan
AMALIYOT
TOPSAIRIQ №1
Bajardi:_Kiberxavfsizlik______________________ta’lim yo‘nalishi
OEL005-2_guruh
Sultonov Diyor______________
talabaning F.I.Sh.
Qabul qildi: _ Azamova Mo’tabar__________
Toshkent 2024
“Hayot faoliyati xavfsizligi” fandan
№1 T O P SH I R I Q (AMALIYOT)
|
Mavzu:
|
Hayot faoliyati xavfsizligining ergonomik asoslari
|
|
|
Ishdan maqsad:
|
Asosiy tushuncha va ta’riflarni o‘rganish.
|
|
|
|
|
|
№ 20
|
20, 82
|
Faoliyat xavfsizligini boshqarish
82-Mehnat muhofazasining nazariy, huquqiy va tashkiliy asoslari.
Faoliyat xavfsizligini boshqarish
Xavfsizlik umumiy nazariyasi strukturasida prinsiplar va usullar evristik va uslubiy rol o’ynaydi, xamda o’rganilaetgan fan soxasi bilan bog’langanligi xaqida to’la tushuncha beradi.
Prinsiplarning axamiyati haqida fransuz filosof - materialisti Gelvesiy (1715-1771) shunday yozgan: “Ayrim prinsiplarni bilish ayrim omillarni bilmaslikni yengil to’ldiradi”. Xavfsizlikni ta’minlash usul va prinsiplari boshqa umumiy usullardan farq qilgan holda dialektika va logikaga tegishlidir. Prinsiplar va metodlar ma’lum miqdorda o’zaro bog’likdir. Xavfsizlikni ta’minlash vositalari keng ma’noda bu konstruktiv, tashkiliy, iqtisodiy bo’lib usul va prinsiplarni aniq ro’yobga chiqarishga xizmat qiladi. Prinsiplar, metodlar va vositalar xavfsizlikni ta’minlashning logik bosqichlaridir. Ularni tanlash faoliyatning aniq sharoitiga, xavf darajasiga, baxosiga va boshqa ko’rsatgichlarga bog’lik bo’ladi.
Xavfsizlikni ta’minlash o’z ichiga murakkab jarayonni oladi va uni elementar tashkil etuvchilarga dastlabki xolatlar, g’oyalar, prinsiplar deb ataluvchilarga bo’lish mumkin. «Prinsip» so’zi lotincha “principim” so’zidan olingan bo’lib, boshlanish, g’oya, asos demakdir. Ishlab chiqarishning turi, texnologik jarayonlarning afzalliklari, qo’llaniladigan jixozlarning xar xilligi - bularning xammasi xavfsizlikni ta’minlash prinsiplarining ko’p xilligiga shartlashadi. Prinsiplar muxim uslubiy axamiyatga egadir. Xavfsizlikni ta’minlash bo’yicha to’lakonli profilaktik ish ilmiy-tekshirish, tajriba - konstruktorlik, loyixa ishlarida, ishlab chiqarish ob’ektlarini qayta ko’rish va foydalanish bosqichida faqat ongli ravishda xavfsizlik prinsiplarini xisobga olish bilan mumkin bo’ladi. Prinsiplarning nazariy va ilmiy axamiyati shundan iboratki, ular bizni o’rab olgan dunyodagi xavflar bo’yicha bizlarning bilim darajamizni aniqlaydi va o’z navbatida ximoya tadbirlariga va ularni xisoblash usullariga talablar belgilaydi.
Prinsiplarning axamiyati amaliy jixatdan xam muximdir: ular raqobatlashayotgan variantlarni taqqoslab taxlil qilish asosida xavflardan ximoyalanishning optimal yechimlarini topishga imkon beradi. Prinsiplarning evristik qiymati shundan iboratki ular Mexnat xavfsizligini boshqarishni tashkil qilishda xal qiluvchi axamiyatga egadir. Xavfsizlikni ta’minlash prinsipini bir-birini to’ldiruvchi element sifatda o’zaro bog’lanishda qarash muximdir. Konkret sharoitlarga bog’lik xolda bir va boshqa prinsiplar xar xil amalga oshiriladi. Xavfsizliknita’minlash prinsiplari ularni amalga oshirish belgilariga qarab shartli ravishda 4 ta sinfgabo’linadi: taxminiy, texnikaviy, tashkiliy va boshqaruv prinsiplari. Taxminiy prinsiplar o’zida xavfsiz yechimlarni topuvchi yo’nalishni aniqlovchi metodologik va ma’lumot bazasi bo’lib xizmat qiluvchi asos soluvchi g’oyalarni taqdim etadi. Bunga quyidagi prinsiplar kiradi: operatorning aktivligi, faoliyatni gumanlashtirish, strukturani o’zgartirish, operatorni almashtirish, sinflashtirish, xavfni bartaraf qilish va kamaytirish, sistemalik va boshqalar. Texnikaviy prinsiplarxavfli omillarning ta’sirini bevosita oldini olishga yo’naltirilgan.
Texnik prinsiplar fizik qonunlarniishlatishga asoslangan. Bunga quyidagilar kiradi: masofadan ximoyalash, ekranlashtirish, kattikligini oshirish, blokirovkalash (yakkalash), vakuumlashtirish, xavo kirmaydigan qilish, passiv zveno kiritish, zichlashtirish, flegmatizasiyalash va yeta olmaslik prinsiplari. Boshqaruv prinsiplarideb, xavfsizlikni ta’minlash jarayonining aloxida bosqich va etaplari orasida o’zaro bog’lanish va munosabatlarni aniqlovchi prinsiplarga aytiladi. Ularga rejali, nazoratli, boshqarmali, majburiyli, qayta aloqali, samarali, javobgarlik, rag’batlantirish, ierarxik, bir ma’noli, adekvatli prinsiplari kiradi. Tashkiliy prinsiplargaxavfsizlik maqsadida Mexnatni ilmiy tashkil qilish qoidalarini amalga oshiruvchi prinsiplar kiradi. Ulargavaqt bo’yicha ximoyalash, ma’lumot berish, rezervlashtirish, normallashtirish, kadrlarni tanlash, ketma-ketlik, ergonomik, Mehnatni rasional tashkil qilish va zidlik prinsiplari kiradi. Bir vaqtda ayrim prinsiplar bir nechta sinflarga kiradi. Xavfsizlikni ta’minlash prinsiplari sistemalarni xosil qiladi. Va bir vaqtning o’zida xar bir prinsip nisbatan mustakillik kashf qiladi. Ayrim prinsiplarni aloxida ko’rib chiqamiz. Xar bir ko’rib chiqayotgan prinsipga ta’rif beramiz va misollar keltiramiz. Sistemalik prinsipi - shundan iborat bo’lib xar qanday xodisa, xarakat va ob’ekt sistemalik konsepsiyasi bilan ko’riladi. «Sistema» so’zi grekcha - systema so’zidan olingan bo’lib, butun, qismlar va birikmalardan to’zilgan demakdir. Sistema deganda elementlar majmuasi tushuniladi, ular orasidagi o’zaro ta’sirlar adekvatli ravishda bir xil natijaga olib keladi. Bunday sistemani aniq sistema deb ataymiz. Agar elementlarning o’zaro ta’siri xar xil natijalarga olib kelsa, buni noaniq sistema deyiladi. Sistemaning noaniqlik darajasi qancha yuqori bo’lsa shunga ko’ra xar xil natijalar paydo bo’ladi. Sistemadagi noaniqlik uning elementlarini va ular o’rtasidagi o’zaro ta’sir xarakterini to’liq xisobga olmaslikdan tug’iladi.
|