|
"Hayot xavfsizligi asoslari"
|
Sana | 26.03.2019 | Hajmi | 40 Kb. | | #4528 |
kimyo
Hozirgi kunda ta’limning turli bo‘g‘inlarida, xususan, umumta’lim tizimida kimyo fani o‘qitilishini yanada takomillashtirishni, eng so‘nggi ilmiy yangiliklar asosida boyitishni hayotning o‘zi taqozo etmoqda. Chunonchi, yoshlarimiz qanday kasbni egallashidan qat’i nazar minglab turdagi tabiiy, sun’iy va sintetik usullarda olingan oziq-ovqat, dori-darmon, kiyim-kechak, sanoat hamda qurilish yoki xalq xo‘jaligining boshqa mahsulotlari ham kimyoviy ishlab chiqarishning mahsuli ekanligini anglamoqdalar. Kimyo, ximiya - moddalarning tuzilishi va oʻzgarishini oʻrganadigan fan. Kimyo boshqa fanlar qatori inson faoliyatining mahsuli sifatida vujudga kelib, tabiiy ehtiyojlarni qondirish, zaruriy mahsulotlar ishlab chiqarish, biridan ikkinchisini xrsil qilish va, nihoyat, turli hodisalar sirlarini bilish maqsadida roʻyobga chiqdi. Mahsulot - iqtisodiy faoliyatning ashyolar va xizmatlarda mujassam etilgan natijasi. Uning moddiy-buyum shakli moddiy M. koʻrinishiga ega. Maʼnaviyat sohasida gʻoya, ixtiro va kashfiyotlar, yangi texnologiyalar, i.t. Mazkur mahsulotlarning tarkibi, xossalari va ulardan oqilona, to‘g‘ri foydalanish uchun esa maktab partasidanoq dastlabki kimyoviy bilim va tushunchalarni puxta egallashlari kerak.
Ma’lumki, umumta’lim, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlari uzviylik va uzluksizlik nuqtai nazaridan qayta ko‘rib chiqilib, optimallashtirildi. Shuningdek, bugungi kunda umumiy o‘rta ta’lim maktablarining o‘quv dasturiga “Hayot xavfsizligi asoslari” kursi mavzulari integratsiyalandi, kimyo fani chuqur o‘rganiladigan tayanch o‘quv rejasi va dasturi qayta takomillashtirildi, hamda kimyo fan xonasi uchun belgilangan jihozlar, plakatlar, o‘quv ko‘rgazmali uslubiy qo‘llanmalarning (proeksion materiallar) ro‘yxati mazmunan o‘quv dasturlari asosida qayta ko‘rib chiqildi.Dastur - 1) biron-bir faoliyat, ishning mazmuni va rejasi; 2) siyosiy partiyalar, tashkilotlar, alohida arboblar faoliyatining asosiy qoidalari va maqsadlari bayoni; 3) oʻquv fani mazmunining qisqacha izohi; 4) teatr, konsertlar va b.
Kimyo fani o‘qituvchilari oldida turgan dolzarb muammolardan biri, o‘quv-laboratoriya jihozlaridan oqilona foydalanish va ta’lim jarayoni samaradorligini oshirishdir.
Avgust kengashlari sho‘ba yig‘ilishlari bahs-munozara, seminar-trening tarzida o‘tkazilib, unda fanni o‘qitishga oid muammoli masalalarni hal etish, fan sohasida olib borilayotgan ishlar va yangiliklar bilan o‘qituvchilarni tanishtirish hamda kimyo fanini o‘qitishda tajriba-namoyishlar ko‘rsatish, laboratoriya mashg‘ulotlarini o‘tkazish orqali nazariy bilimlarni amaliyotda qo‘llash malakasini hosil qilish yo‘llarini yosh o‘qituvchilarga tushuntirish, shuningdek, ommaviy axborot vositalari materiallaridan, zamonaviy texnika vositalaridan o‘rinli va unumli foydalanish, shu bo‘yicha amalga oshirilgan ijodiy ishlar, ilg‘or tajribalarni o‘rganish va ommalashtirish, o‘tkazilgan fan oyliklari, fan olimpiadalari, bilimlar bellashuvlarining natijalari, yutuq va kamchiliklar yuzasidan amaliyotchilarning fikr-mulohazalari umumlashtirilib, tavsiyalar ishlab chiqish, kelgusidagi vazifalar belgilab olinishi muhimdir.Texnika (techne - mahorat, sanʼat) - moddiy boylik olish hamda odamlar va jamiyatning extiyojlarini qondirish maqsadida inson atrofdagi tabiatga taʼsir qilishiga imkon beradigan vositalar va koʻnikmalar majmui.
O‘quvchilarining davlat ta’lim standartlarini o‘zlashtirish darajasi monitoringi 8-sinfda o‘tkazilib, natijasi tahlil qilinganda, masala yechishda asosan modda miqdori, molekulyar massa, moddalarning formulasini topish, tenglamalarni tuzish, davriy jadval va elementlarning xossalarini bilish, oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarini tuzish, matematik hisoblashlarda, shuningdek, laboratoriya ishlarini bajarishda kimyoviy modda va asboblarni to‘g‘ri tanlash, ishni bajarish, natijalarni hisoblashda qiynalishlari ma’lum bo‘ldi.
Shuning uchun sho‘ba yig‘ilishlarida o‘quvchilarda masalalar yechish, laboratoriya va amaliy mashg‘ulotlarni bajarish ko‘nikmalarini yanada shakllantirish masalasiga o‘qituvchilar e’tiborini ko‘proq qaratish tavsiya etiladi.
Bunda “Sharq” nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan chop etilgan “Kimyo o‘qituvchilari uchun metodik qo‘llanma”, “Kimyodan masalalar yechish”, “Biz bilgan bilmagan kimyo” kabi qo‘llanmalarda ko‘rsatilgan mavzular bo‘yicha fikrlashish, amaliy trening mashg‘ulotlarini tashkil etish;
Multimediya umumta’lim dasturlarini rivojlantirish markazi tomonidan yaratilgan virtual laboratoriya ishlari (videolavhalar, test, mashq topshiriqlar)dan dars jarayonida qanday foydalanish yo‘llarini amaliy ko‘rsatish maqsadga muvofiq..
Shuningdek, respublika tajriba-tadqioqt maydonlarida tajriba-sinovdan o‘tgan quyidagi interfaol metodlarni qo‘llashga oid yo‘riqnomalar berish lozim:
Masalan, 8-sinfda “Oltingugurtning kislorodli birikmalari, ularning olinishi, xossalari, ahamiyati” mavzusining bayonida “Suhbat”, “Yakka holda ishlash”, “Guruh bo‘lib ishlash”, “Baliq skleti”, darsni mustahkamlashda “Taqdimot”, “Sinkveyn”,
— 9-sinfda “Yonaki guruh metallari berilliy, bariy va ruxning davriy sistemada joylashgan o‘rni, atom tuzilishi, tabiatda tarqalishi, olinishi va birikmalari” mavzusini “Guruh bo‘lib ishlash”, “Savol-javob”, “Kichik ma’ruza”, “Hamkorlik”, uyga vazifa berishda “Klaster”, “O‘zing bajar”, “Aqliy hujum”, “Bumerang”, “Charxpalak”, “Rezyume”, “Zinama-zina”, “Tushunchalar tahlili”, “Ma’ruza-suhbat”, “Katta va kichik guruhlarda ishlash” kabi texnologiyalarni qo‘llash mumkin.
Sho‘ba yig‘ilishlarda shuningdek, quyidagi mavzularni muhokama qilish va vazifalarni belgilab olish tavsiya etiladi:
“Kimyoning asosiy qonuniyatlari” asosida olib boriladigan hisoblashlar;
moddaning massa ulushi, foiz konsentratsiyasi, molyar va normal konsentratsiyasini aniqlash;
oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarini elektron balans usulida tenglash mavzulari asosidagi masalalar ishlash;
o‘quv dasturi asosidagi laboratoriya va amaliy mashg‘ulotlarni bajarish;
darslik hamda elektron darsliklar, o‘quv filmlari, qo‘llanmalardan oqilona foydalanish;
kimyo fan xonasini jihozlash va jihozlar saqlanishiga e’tibor qaratish;
kimyo faniga oid yangiliklar bilan tanishtirish;
kimyo faniga qiziquvchi o‘quvchilar uchun fan to‘garaklarida olib boriladigan mashg‘ulotlar mavzulari haqida ma’ruza, seminar va amaliy mashg‘ulotlar hamda masalalar yechish mashqlarini o‘tkazish.
2012-2013-o‘quv yilida I.Asqarov, K.G‘opirov, N.To‘xtaboyev hammuallifligidagi 7, 8, 9-sinf “Kimyo” darsliklaridan foydalaniladi.
|
| |