2.3 British Airwaysning tur xizmatlari va hamkorlik aloqalari.
Aviatsiya yo’nalishidagi hamkorlikda kodi bo’lishish usuli bu juda keng tarqalgan bo’lib, bunda bir aviakompaniya boshqa aviakompaniya chiptalarini o’z kompaniyasini kodi ostida sotishga to’g’ri keladi. Bunga misol tariqasida aytish mumkinki, 1960- yillarda Yaponiya Havo Yo’llari kompaniyasi Aeroflot kompaniyaning Tokyo- Moskva yo’nalishidagi chiptani go’yo o’z yo’nalishidek sotdi. Bu faoliyat aviakompaniyalarning o’z ishlarini kengaytirishga yordam berib, o’z bazasini qura olmayotgan yoki yana sotib olishga puli yetmagan kompaniyalar o’z hamkorlaridan ushbu ishlarni yengillashtirish uchun yordam so’rashadi.
Yaqin yillardagi rivojlantirishlardan biri bu havo yo’llari allyansi bo’lib, 1990- yilda uning mavqei yanada oshdi. Bu ittifoqlar virtual bog’lovchi vazifasida hukumatning qonun doirasi atrofida boshqa guruhlarni to’playdi. Ular ichidan eng kattalari Star Alliance, One World va Sky Team kabilar bo’lib, ular asosan iste’molchilar uchun xizmat dasturlari maxsus chiptalarni iste’molchilarga sotish bilan birga kodni bo’lishish kabi xizmatlarni amalgam oshiradi.
Bu birlashgan biznes hamkorlarning ustuvor xususiyati shundaki, ularning taklif qiladigan xizmatlari deyarli bir xil bo’lib, yuqori standartlar asosida , aeroportdagi imkoniyatlar, narxlari,reys vaqtlari va xizmat standartlari ham ko’p hollarda bir xil bo’ladi.
BA quyidagi aviakompaniyalar bilan “codeshare” bitimi tuzadi va hamkorlik qiladi:
Air Lingus;
Air Berlin;
American Airlines;
Bangkok Airways;
Cathay Pacific;
Finnair;
Flybe;
Japan Airlines;
Logonair;
Malaysia Airlines;
Meridiana;
Qantas;
Qatar Airways;Royal Jordanian;
S-7 Airlines.
Web Jet kabilar shular jumlasidandir.
BA Yevropada o’zining bozor ulushini ko’paytirish maqsadida Ispaniyaning Iberia aviakompaniyasi bilan hamkorlik qila boshladi. Bu 2008- yil iyul oyida sodir bo’ldi va shu yilning o’zida bu ikki kompaniya Amirican Airlines aviakompaniyasi tomonidan tashkil etilgan Oneworld alyansiga qo’shilish uchunn ariza topshirdi. Bu ariza 2010-yilda ma’qullandi. Natijada, shu yil iyuldan boshlab Yevropa Komissiyasi va AQSh Transport Bo’limining roziliglari bilan transatlantik yo’nalishida Amirican Airlines bilan ish boshlashdi. 2010- yil 6- oktabrda British Airways , Amirican Airlines va Iberia alyansi o’rtasida rasmiy faoliyat, operatsiyalar boshlandi. Bunga ko’ra, BA tuzilgan ittifoqdan yilllik 230 mln funt-sterling, Iberia bilan faoliyatidan 330 mln funt-sterling jamg’arishi ko’zda tutilgan edi. Iberia bilan bo’lgan bitim 2011- yil 21- yanvarda tugallandi va uning o’rniga bu ikki kompaniya birgalikda Xalqaro Havo Yo’llari Guruhi (International Airlines Group)ga asos solishdi. Bu tashkilot Yevropada daromadi bo’yicha 3- o’rinda va kattaligi bo’yicha 2- o’rinda turuvchi havo yo’llari guruhi hisoblanadi. Bu guruhga asos solishdan oldin BA Iberianing 13,5 % aksiyasiga ega edi. Keyinchalik guruh tashkil topgach BA guruning 55% ulushiga egalik qila boshladi. Qolgan 45 % ga Iberianing boshqa hissadorlari egalik qilishdi.
2
011- yil 24- yanvarda BA va Iberia London- Madrid
birjasida bir butun birlashgan Xalqaro Havo bir
butun Xalqaro Birlashgan Havo Yo’llari Guruhi
kompaniyasi sifatida ishtirok etishdi. Ularning
kompaniyalari 5,3 mlrd funt-sterling (8.5 mlrd $) ga
b
Iberia va BA kompaniyalari
aholandi. Bu yangi kompaniya Ispaniyada Ispan
kompaniyasi sifatida soliqlarni to’laydi va Britaniyada moliyaviy va operatsion markaz sifatida faoliyat yuritadi. Bu birlashgan kompaniyaning shtab kvartirasi Madridda joylashgan. Biroq aviakompaniyalar o’zlarining oldingi brendlari ostida xizmat ko’rsatishmoqda va parvoz amalgam oshmoqda. Yangi kompaniyaning umumiy direktori BA ning prezidenti- Willi Walsh bo’ldi, boshqaruvchi esa Iberiadan Antonio Vaskes bo’ldi.
|