• Birlashgan Kontinental Xoldinglar
  • International Airlines Group (BA va Iberia)
  • Yaponiya Havo Yo’llari Korporatsiyasi
  • Al Nippon Airways” guruhi
  • Guruhlar Daromadi ( mlrd $)




    Download 2.87 Mb.
    bet20/26
    Sana22.03.2021
    Hajmi2.87 Mb.
    #13380
    1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   26
    Guruhlar

    Daromadi ( mlrd $)

    Operatsion daromad( mlrd $)

    Elektron natija (mlrd $)

    Luftganza guruhi

    36,1

    1,76

    1,49

    Birlashgan Kontinental Xoldinglar

    36,0

    1,82

    0,85

    Delta Havo Yo’llari

    31,8

    2,22

    0,59

    Air France- KLM guruhi

    31,3

    0,16

    0,81

    Fed Ex Express

    26,5

    1,23

    0,80

    Amr Corporation

    22,2

    0,31

    -0,41

    International Airlines Group (BA va Iberia)

    19,5

    0,30

    0,13

    Yaponiya Havo Yo’llari Korporatsiyasi

    16,0

    2,22

    -

    Al Nippon Airways” guruhi

    16,0

    0,80

    0,27

    Amirliklar guruhi

    14,8

    1,48

    1,46

    Manba : Flightglobe tashkiloti tadqiqoti, Airline Business 2011yil, Avgust.

    Xulosa va takliflar.

    Biz yuqorida tanishib chiqqan diplom ishida yirik aviakompaniyalar, ularning bugungi kundagi vazifalari, ishlash tartibi hamkorlik aloqalari kabilarni o’rganib chiqish bilan bir qatorda ularning bizning soha bo’lmish turizmda tutgan o’rni va uni rivojlantirishdagi hissasi ne chog’lik yuqoriligiga amin bo’ldik.

    Dunyo bo’ylab turistik resurslar notekis joylashgan. Biroq inson o’z sayohatini u uchun yangi bo’lgan ekzotik makonlarga amalga oshirishni istaydi va bunday hollarda notekis joylashgan turistik makonlarga qisqa muddatga borib kelish muammosi yuzaga keladi. Ayni shu holat aviakompaniyalar xizmatidan unumli foydalanishda asosiy omil hisoblanadi.

    Avvalo, aviaturlarning o’sishi xalqaro turizm geografiyasining kengayishi bilan bog’liqdir. Biroq, turistik obyektlardan uzoqda joylashgan mamlakatlar uchun avia transportning ahamiyati yanada oshadi.

    Turizm sanoatida turistik makonlar dunyoning turli nuqtalarida joylashgan bo’lib, ularni turmahsulot qilib tayyorlagach, iste’molchiga to’qnashtirish chog’ida aviatransportga ehtiyoj nihoyatda ortadi. Chunki, juda olis masofalarni ham qisqa qiladigan va tur mahsulotlar xaridini jadallashtiradigan omil aynan ana shu transport vositasi hisoblanadi. Biroq ushbu transport vositasidan foydalanish ancha qimmat bo’lishi bilan birgalikda aviakompaniya bunda o’z zarariga ham ishlashi mumkin. Bunga sabab esa yoqilg’i narxining yuqoriligi bo’lishi mumkin. Shuning uchun ham aynan shunday kamchiliklarning oldi olinishi hamda potensial turistlarning ijtimoiy sharoitlariga mos tarzda aviakompaniyalar o’z bozorlarini segmentlarga bo’lib, ko’pgina tariflar, qulayliklar va imtiyozlar kabi yengilliklarni hamda mavsum va mavsum osti narxlarni iste’molchilar uchun ishlab chiqishadi.

    Aviakompaniya va tur operatorlar aloqalarini yo’lga qo’yish jarayonida shuningdek, boshqa xizmat turiga bo’lgan ehtiyojni ham yuzaga keltiradi. Bunda esa boshqa “yordamchi” kompaniyalar ham ishga tushadilar. Misol tariqasida, ayrim maxsus band qilish tizimi tashkilotlarini , aviakompaniyalar va tur operatorlar o’rtasidagi oldi - berdi aloqalarida ayrim vositachi kompaniyalar o’rni kabilarni keltirish mumkin.

    Yuqoridagi tashkilot va kompaniyalarning vujudga kelishi esa asosan aviakompaniyalar va tur operatorlar uchun ham foydali va optimal bo’lgan tanlovlarni yuzaga keltirishga taqaladi. Bunday murakkab jarayonda ham tur operator , ham aviakompaniya inqirozga uchramay o’z faoliyatlarini davom ettirishlarining o’zi juda katta jasoratni talab qiladi.

    Garchi turizm sanoatida aviakompaniyalar suprastruktura sifatida namoyon bo’lsada, yirik transmilliy aviakompaniyalar ham turistlarni tashish bo’yicha o’zaro raqobatlashadilar, Chunki ularning daromadining asosiy qismini aynan turizm bozori ko’p tashkil qiladi. Aviakompaniyalar esa turizm yo’nalishi oqimining yo’nalishlarini belgilab berishadi.

    Aviakompaniyalarni suprastrukturaga kiritishning albatta o’ziga yarasha sabablari mavjud. Aviakompaniyalar sayyohlarni faqatgina sayohat maskanlariga etib qo’yishni o’z zimmasiga olgan, u turistlarga tubdan xizmat ko’rsatish bilan shug’ullanmaydi. Biroq, shularga qaramay raqobatchi aviakompaniyalar o’z tarkibiga ko’pgina mehmonxonalarni va hattoki tur kompaniyalarni tashkil qilishmoqda. Natijada, turizm bozorida ana shunday yetakchi kompaniyalar o’zlarining ulushlarini kengaytirib bormoqdalar.

    Albatta yuqoridagilarning barchasi xalqaro miqyosda amalga oshmoqda. Biroq turizm oqimini o’ziga yo’naltirishni istagan davlatlar bunga ijobiy qarab, havo transportini rivojlantirishga, uning yuqori texnologik uskunalarini o’rganishga, ixtisoslashgan band qilish tizimlariga integratsiyalashuvni yo’lga qo’yishga intilishmoqda. Ana shunday davlatlar qatoriga O’zbekistonni ham kiritish mumkin. Chunki O’zbekistonda turistik mahsulot yaratish potensiali juda yuqori. Biroq ana shunday tur mahsulotlarni yaratish va ularni xalqaro bozorga chiqarish uchun ilg’or aviatransport sanoatidan foydalanish maqsadga muvofiq,

    Ushbu diplom ishida o’rganilgan ayrim masalalar yuzasidan O’zbekiston sharoitida qanday ishlarni amalga kiritish mumkinligi to’g’risida ba’zi takliflarni kiritishni ma’qul topdik. Ular quyidagilar:


    • Avvalo, aviakompaniyalar vujudga kelishi uchun davlat tomonidan erkin raqobat muhitini yaratib berish va monopoliyaning oldini olish lozim;




    • Bu sohada xorijiy investitsiyalar kiritilishi uchun investitsiya muhitlariga keng yo’l ochib berish;




    • Samalyot flotlarini yangilash va aeroport inventerlarini amortizatsiyalash;




    • Ilg’or axborot kompyuter texnologiyalaridan foydalanishni yo’lga qo’yish;




    • Eng ko’p sayyohlar keladigan maskanlarning ilg’or aviakompaniyalari bilan yaxshi aloqalarni o’rnatish va kelgusida sayyohlar hajmini oshirish;







    • Sayyohlar uchun bir- birini taqozo qiluvchi xizmatlar zanjirini birlashtirgan holda onlayn sayohatni boshqarish tizimini joriy qilish. Masalan, tashrif buyuruvchi sayyohlar aviakompaniyadan chipta xarid qilishni onlayn tarzda amalga oshirishidan tortib, mehmonxona xizmatidan, restoran, bar, kafe, do’kon, kinoteatr, sayohat maskanlari, tel aloqa o’rnatish shaxobchalari, banklar va h.k.larni onlayn tarzda boshqarishni amalga oshirishlariga yo’l ochib berish maqsadga muvofiqdir. Bunda sayyohlar sayohatlarini o’zlari boshqarish imkoniyatiga ega bo’lishadi va sayohatdan mamnun bo’lishadi;




    • Malakali kadrlarni yetishtirib chiqarish orqali va ushbu sohaga doir maxsus o’quv kurslarini va amaliyotini tashkil qilish orqali mazkur sanoatning rivojiga yo’l ochib berish;




    • Tur operatorlar va aviakompaniyalar o’rtasidagi aloqalarni optimallash dasturlarini ishlab chiqish kabilar shular jumlasidandir.

    Yuqoridagi takliflarni amalga oshirish uchun juda ko’plab imkoniyatlarni o’rganib chiqishga va ularning potensiallarini o’rganib chiqishga to’g’ri keladi.

    Mazkur diplom ishi juda keng qamrovli bo’lishi bilan birga ko’plab omillarni, raqobatchi kompaniyalarni, bozorlar holatini, turizm o’choqlarini aniqlashni taqozo qiladi. Mazkur diplom ishida keltirilgan ma’lumotlar ehtimol kam bo’lishi mumkin. Chunki dunyo miqyosida hali qanchadan- qancha o’rganilmay qolgan sohalar mavjud. Shularga qaramay, hozirgi zamonning sivilizatsiyasi turizm sohasini rivojlantirish yo’l- yo’riqlarini topishga ko’maklashmoqda. Shuni ta’kidlab o’tish joizki, bu mavzu yuzasidan yanada chuqurroq izlanishlar olib borilishi mumkin. Har bir kompaniyalarning faoliyati bilan chuqurroq tanishish imkoniyati, ularning turizm bozorida tutgan o’rinlari, har birining turizm sanoatidagi ta’siri, iste’molchilar talabini qondirishdagi ustuvor ta’riflari hamda iste’molchilarning fikr- mulohazalari kabilarni o’rganish imkoniyati mavjud. Umid qilamizki, bu albatta kelajakda ham bir muhim vazifa sifatida bizning oldimizda turadi.





    Download 2.87 Mb.
    1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   26




    Download 2.87 Mb.