2.4 British Airways ning moliyaviy ko’rsatkichlar.
Har bir aviakompaniyaning moliyaviy ko’rsatkichlari, uning daromadi, rivojlanish istiqbollari bir necha omillarga taqaladi. Bu omillar bilan ushbu bobda tanishib o’tamiz.
Havo Yo’llari sanoatida moliyalash yetarlicha murakkab bo’lib, ular faqatgina yuqori ko’tarilish operatsiyalarini amalga oshirish va yangi bozorlarni egallabgina qolmadan balki, ular uzoq muddatga xizmat qiladigan , o’z bozor talablariga mos, tejamkor bo’lgan flotlarini davomiy tarzda faoliyatini boshqarib boshqarib borishi ham lozim. Bunga misol tariqasida janubi- g’arbiy havo yo’llari kompaniyalari foydalanadigan Boing 737 samalyot rusumi bilan sharqiy havo yo’llari kompaniyalari foydalanadigan 17 xil samalyot turlarini solishtirganda ular orasidagi farqlar: uchuvchilarning, qurilmalarning va ehtiyot qismllarning turliligi bilan ajralib turadi. Keyingi moliyaviy muammolardan biri bu yoqilg’I bo’lib, uning hozirdagi yuqori narxi kompaniya uchun anchagina qimmatga tushmoqda. BA kompaniyasi oxirgi 4 yil mobaynida yo’lovchilar oqimi 32 mln va 35 mln orasida o’ynab turdi. Bu esa o’z navbatida o’sishning kamayganligini ham bildiradi.
Sayohat o’rinlarining umumiy qiymati tushib ketdi. Bu qiymat o’z navbatida kompaniyaning sayohat qila olish qobiliyatini ham aniqlaydi. Bu to’xtab qolishning asosiy sabablaridan biri shundaki, kompaniya o’zi rejalashtirganidek yangi samalyotlarni xarid qila olmagani edi. Bunday bo’lishiga sabab esa yoqilg’ining narxi kutilmagan qiymatlarda ko’tarilgani bo’ldi.
BA Biznes segmenti. BA o’z daromadlarining asosiy iste’molchilari ya’ni segmentini aniqladi. Ular 3 guruhga bo’linadi:
1. Yo’lovchi tashish reyslari (86 %);
2. Yuk tashish (7 %);
3. Aviatsiya injenerligi kabi (7 %).
Yo’lovchilarni tashish xizmati BA ning eng asosiy daromad manbai bo’lib, daromadining 86 %i ushbu segmentga to’g’ri keladi. Bunda asosan ekonom klass yoki premium klass kabinalariga talab nihoyatda ko’p sanaladi. Bu segmentning bazasi Xitrou aeroportida bo’lib, segment yevropaliklar va transatlantic qo’nib o’tishlarga mo’ljallangan.
Yuk tashish segmenti daromadning 7 %ini tashkil qilib, bu asosan Britaniya, Janubiy Osiyo, Afrika va shimoliy Amerikalarni kesib o’tadi. Bunda eng ko’p talab qilinadigan vosita bu juda katta e’tibor va tezlik muhim ahamiyat kasb etadi.
Keyingi segment aviatsiya injenerligi bo’lib, u ham daromadning 7 %ini tashkil qiladi. Bu biznes segmenti kompaniyaning o’zini texnik jihatdan ta’minlovchi qismi bo’lib, u alohida bir jamoa sifatida tuzilgan. Bu jamoa o’z texnik nosozliklarini tuzatadi hamda kompaniyaning flotlarini ko’zdan kechiradi. Shuningdek, boshqa avia operatorlarga o’zining cheklangan xizmatini ham taklif qiladi. Biroq bu guruh kompaniyani to’liq texnik ta’minlash imkoniyatiga ega emas. Shu sababli ta’mirlash uchun zaruriy xom- ashyolarni boshqa tashqi kompaniyalardan oladi. Shu tariqa u narxlarni arzonlashtirishga va sifatni yuqori qilishga erishadi.
Quyida daromadlari bo’yicha bo’yicha eng yetakchi aviakompaniyalar guruhlari ro’yxati:
|