partalarning yana bir qulay tomoni shundaki, uning tortmalarida yozuv




Download 203,93 Kb.
bet12/20
Sana31.01.2024
Hajmi203,93 Kb.
#149697
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   20
Bog'liq
Tinglovchisi-fayllar.org


partalarning yana bir qulay tomoni shundaki, uning tortmalarida yozuv
asboblarini saqlash mumkin.
Maktab yoshdagi bolalarda faqat yaqinni ko'rish kasalining oldini olish 

tadbirlaridan yana biri sinf xonasining yorug' bo'lishidir. Partaga yorug'lik yetarli


darajada tushmasa, bolalarning ko'ziga zo'r keladi va ular juda tez charchaydilar.
Shuning uchun ham yaqinni ko'rish kasalligining oldini olishda o'quvchining partada qanday o'tirishi ma'lum darajada rol o'ynaydi. Agar parta o'quvchining
bo'yiga mos kelsa, u charchamaydi, ko'zi bilan yozayotgan narsa orasidagi
masofa bir hilda saqlanadi va yaqinni ko'rish kasalligining oldi olinadi.
Yozish vaqtida yorug'qlikning qaysi tomondan tushayotganiga alohida
ahamiyat berish zarur. Sinf xonasi o'qiyotganda yorug'lik chap tomondan
tushishi lozim.
Yozayotganda gavdani to'g'ri tutmaslik umurtqa pog'onasining qiyshayib 

qolishiga, bo'yin va orqa muskullarining charchashiga olib keladi.


Ko'kragini partaning chetiga tirab olishga o'rganib qolgan o'quvchining
ko'krak qafasi siqiladi, nafas olishi og'irlashadi. Bunday holatda uzoq o'tirish o'quvchi sog'ligiga katta zarur yetkazadi.
Demak o'quvchilar partada o'tirish qoidalariga qat'iy amal qilishlari shart.
Har bir o'quvchining partada qanday o'tirishini kuzatib borish, noto'g'ri o'tirgan
o'quvchilarni tartibga chaqirish kerak.
Sinfga partada to'g'ri o'tirish va ruchkani to'g'ri ushlash qoidalari
ko'rsatilgan rasmlarni osib qo'yish ham yaxshi natija beradi.
Ayniqsa, olti yoshli 1-sinf o'quvchilariga alohida e'tibor berish lozim,
chunki ularning gavda tuzilishi va muskullari hali, rivojlanmagan bo'lib, bir
odatda uzoq o'tirish ularni charchatib qo'yadi. Shuning uchun bu davrda yozuv
mashqlarini bir necha qismlarga bo'lib, bolalardagi charchash hollarini xisobga
olib, jismoniy mashqlar va dinamik pauzalar o'tkazib turish talab etiladi.
O'quvchilarga dars jarayonida bajariladigan mashqlar, nihoyatda oddiy bo'lib, kam vaqt olishi, ularning jismoniy jihatdan o'sishiga, qo'l va barmoq
muskullarining chiniqishiga, qaddi-qomatlarini to'liq, erkin tutishlariga yordam
berishi lozim. Yozuv darslarida 8-10 minut o'tgandan so'ng o'quvchilar betoqat
bo'lib, orqalariga yoki yonlariga yastanib o'tiradilar, o'rinlaridan turib ketadilar,
bu ularning charchaganliklaridan darak beradi.


Download 203,93 Kb.
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   20




Download 203,93 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



partalarning yana bir qulay tomoni shundaki, uning tortmalarida yozuv

Download 203,93 Kb.