|
Hisoblash texnikasi rivojlanish tarixini tahlil qilib, bu rivojlanish ham nazariy ham amaliy asosga EGA ekanligini ko’rish mumkin
|
bet | 4/12 | Sana | 12.01.2024 | Hajmi | 95 Kb. | | #136067 |
Bog'liq Hisoblash texnikasi rivojlanish tarixini tahlil qilib, bu rivojlIV. Mustahkamlash.
Hisoblash texnikasi necha davrni o'z ichiga oladi?
Birinchi hisoblash vositalariga misollar keltiring.
Dastlabki, eng sodda sun'iy hisoblash asboblarini aytib bering. Abak va Neper tayoqchalari bir iridan qandayfarq qiladi?
Birinchi mexanik hisoblash mashinasini loyihalashtirganolim kim?
Elektron hisoblash mashinalari davriga asos solgan dastlabki EHM nomi?
V. Uyga vazifa
1-mavzu. 1-5-savollar
Informatika-8. 2 – dars.
Mavzu: Kompyuterlar
Maqsad: O`quvchilarga Kompyuter avlodlari va tuzilishi haqida ma’lumot berish
DTS talabi: shahsiy kompyuter, kompyuterning asosiy qurilmalari, adres, mashina so`zi, protsessor, platalar, portlar haqida tushunchaga ega bo`lish.
Darsning jihozi: 8-sinf darsligi, kopmyuterlar unin qurilmalari, dars taqdimoti
Darsning borishi
I. Tashkiliy qism
Sinfni darsga tayyorlash;
Davomatni aniqlash;
II. Takrorlash.
Hisoblash texnikasi necha davrni o'z ichiga oladi?
Birinchi hisoblash vositalariga misollar keltiring.
Dastlabki, eng sodda sun'iy hisoblash asboblarini aytib bering. Abak va Neper tayoqchalari bir iridan qandayfarq qiladi?
Birinchi mexanik hisoblash mashinasini loyihalashtirganolim kim?
Elektron hisoblash mashinalari davriga asos solgan dastlabki EHM nomi?
III. Yangi mavzuni organish.
Elektron hisoblash mashinalari (EHM) davri 4 avloddan iborat bo’lib, ular quyidagi alomatlari bilan farqlanadi: asosiy tashkil etuvchi elementi, tezkorligi, tezkor xotirasi hajmi, kiritish-chiqarish qurilmasi, dasturiy ta’minoti.
1947-yilda Bell laboratoriyasinig xodimlari amerikalik Uilyam Shokli, Jon Bardin va Uolter Bratteyn tomonidan elektron lampa ishini bajara oladigan tranzistor ishlab chiqildi. Endi bu element asosida EHMlar o’lchami, vazni va energiya sarfi minglab baravar kamaydi, tezligi o’nlab marotaba ortdi. Bu kashfiyot uchun ular 1956-yilda Nobel mukofotiga sazovor bo‘lishdi. 1957 yilda Texas Instruments firmasi xodimi Jek Kilbi mantiqiy elementlardan tuzilgan birinchi integral sxemani ishlab chiqdi. Tranzistor va integral sxemaning kashfiyoti tufayli qisqa davr ichida EHMlarning quyidagi jadvalda qiyoslamasi berilgan to‘rt avlodi ishlab chiqarilgan.
Avlodlar
|
Asosiy
element
|
Amal bajarish
tezligi
|
Kiritish-chiqarish qurilmasi
|
Dasturiy ta’minot
|
Shu avlod
EHMiga misol
|
1-avlod
1946-1955
|
Elektron
lampa
|
1 sekundda
10-20 ming
|
Boshqarish pulti, perfokarta
|
Mashina tili, dasturlash tili
|
ENIAC, MESM,
MINSK-1, URAL
|
2-avlod
1956-1965
|
Tranzistor
|
1 sekundda
100-500 ming
|
Perfokarta,
perfolenta, magnitli baraban
|
Dispetcher va paket sistemasi,
|
IBM 707, BESM-6
MINSK-22
|
3-avlod
1966-1974
|
Integral
sxema
|
1 sekundda
2106 gacha
|
Videoterminal
sistemasi
|
Operatsion sistemalar
|
IBM 360,
EC-1030
|
4-avlod
1975 -…
|
Katta
integral
sxema
|
1 sekundda 108
va yuqori
|
Rangli grafik displey
|
Ma’lumotlar ombori, ekspert sistemasi
|
PRAVETS, IBM,
Pentium
|
Narxi qimmat hamda o’lchami katta EHMlarga ko’p sonli muhandislar va dasturchilar xizmat ko’rsatishgan. Bunday hisoblash mashinalarining oddiy inson xonadoniga kirib kelishi uchun narxini arzonlashtirish, o’lchamlarini kichiklashtirish, o’rnatilgan dastur asosida dasturchilarsiz mustaqil ishlatilishi mumkin bo’lgan holatga keltirish zarur bo’ldi. Bu rivojlanish shaxsiy kompyuter (PC – Personal Compyuter) atamasi bilan bog’langan.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Hisoblash texnikasi rivojlanish tarixini tahlil qilib, bu rivojlanish ham nazariy ham amaliy asosga EGA ekanligini ko’rish mumkin
|