Hisoblash texnikasi rivojlanish tarixini tahlil qilib, bu rivojlanish ham nazariy ham amaliy asosga EGA ekanligini ko’rish mumkin




Download 3,15 Mb.
bet32/62
Sana12.01.2024
Hajmi3,15 Mb.
#135281
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   62
Bog'liq
8-sinf Informatika fanidan dars ishlanmalar

Yangi mavzuni o`rganish.


Kompyuterning tashqi xotirasi haqida avvalroq ma‘lumot bergan edik. Ular magnit tasma, egiluvchan magnit disk – disket, optik disk – CD va DVD, flash-xotiralar edi. Bu xotiralar qanday tashkil etilishi va ular bilan ishlashni ushbu mavzuda ko‘rib chiqamiz.
Disket yuzasi temir ikki oksidli (Fe2O3) maxsus magnit qatlam bilan qoplangan. Magnit tasmada ham, magnit diskda ham axborot qattiq magnit disk kabi usulda yoziladi. Ya‘ni, disket formatlanganda konsentrik aylanalar ko‘rinishidagi yo‗llarga ajratiladi hamda yo‘llarni sektorlarga bo‘linadi. Axborot disk sektorlarining yo‘llari bo‘ylab yoziladi.
Disketlarda ham fayl sistemasi ish yuritadi va shuning uchun har bir sektorda identifikatsiya qilish uchun joy ajratiladi (adres maydoni), qolgan joylariga esa ma‘lumotlar yoziladi. Ma‘lumot yozish uchun ishlatiladigan qurilma, ya‘ni diskyurituvchi ikkita dvigatel bilan ta‘minlangan. Ularning biri himoya g‘ilofi ichidagi plastinkani markaz atorofida, ikkinchisi esa, o‘qish/yozish kallagini disk yuzasi radiusi bo‘ylab harakatlantiradi. Himoya g‘ilofida yozishdan himoyalashning maxsus darchasi mavjud. Ishlash vaqtida bu darcha ochiq bo‘lsa undagi axborotni faqat o‘qish mumkin bo‘lib, u diskdagi axborotni o‘chirish va o‘zgartirishdan saqlaydi.
Diskyurituvchiga joylashtirilgan disketni formatlash quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi:

  1. ―Мой компьютер‖ sistema katalogi ochiladi.

  2. ―Диск 3,5 (А):‖ diskyurituvchi tanlanib, sichqonchani o‘ng tugmasi bosiladi.

  3. Ochilgan kontekst-menyudan (Formatlash) amali tanlanadi, natijada quyidagi muloqot oynasi hosil bo‘ladi:

  4. Disketni formatlash uchun ―Начать‖ (Boshlash) tugmasi, aks holda ―Закрыть‖ (Yopish) tugmasi tanlanadi.

  5. Operatsion sistema disketdagi ma‘lumotlar bexosdan o‘chib ketishini oldini olish uchun quyidagi ko‘rinishda ogohlantiradi:



  1. Formatlash jarayonini davom ettirish uchun ―OK‖ tugmasi tanlanadi.

  2. Keyingi muloqot oynalarida ―OK‖ va ―Закрыть‖ tugmalarini tanlash bilan formatlash jarayoni tugatiladi.

Disketga ma‘lumot yozishning birinchi usulida quyidagi amallarni bajarish kerak:
kerakli fayl yoki katalogni sichqoncha yordamida tanlab kontekst-menyu ochiladi; kontekst-menyuning (Jo‘natish) bo‘limidan ―Диск 3,5 (А):‖ tanlanadi.
Disketga ma‘lumot yozishning ikkinchi usulida quyidagi amallarni bajarish kerak:
kerakli fayl yoki katalogni sichqoncha yordamida tanlab kontekst-menyu ochiladi; kontekst-menyuning (Nusxalash) amali tanlanadi;
―Мой компьютер‖ sistema katalogi orqali ―Диск 3,5 (А):‖ katalogi ochiladi;
ochilgan oynaning bo‘sh joyiga ko‘rsatkichi yo‘naltirilgan sichqoncha yordamida kontekst- menyu ochiladi;
ochilgan kontekst-menyudan (Joylashtirish) amali tanlanadi.
Disketdagi fayl yoki katalogni ochish yoki o‘chirish uchun ham, asosan, kontekst meyudan foydalanilishi, bunda Enter yoki Delete klavishlaridan foydalanish mumkinligi quyi sinflardan sizga ma‘lum.
Flash-xotira va flash-disk sistema blokidagi maxsus portga ulanadi. Bu port USB (Universal Serial Bus, ya‘ni universal kema-ket sig‘im) deb atladi. Flash-xotira va flash-disk ustida amallar disketlardagi kabi bajariladi. Hozircha ikki turdagi USB portlar bo‘lib, USB 1.1 standarti ma‘lumot almashishning 12 Mbit/sek tezligini ta‘minlaydi, USB 2.0 da esa bu ko‘rsatkich 480 Mbit/sek gacha bo‘ladi, ya‘ni 40 marta kattadir.
Flash-xotira va flash-disk kompyuterga ulanganda masalalar panelining o‘ng qismida piktogrammasi aks etadi. Ishlash jarayonida flash-xotira va flash-disk energiyani kompyuterdan olgani uchun kompyuterdan uzishdan avval xavfsiz o‘chirilishi kerak. Buning uchun quyidagi amallar ketma-ketligi bajariladi:
masalalar panelidagi flash-xotira belgisiga sichqoncha ko‘rsatkichi yo‘naltiriladi va chap tugmasi bosiladi;
Безопасное извлечение Запоминающее устройство для USB-диск(F:)” lavhasiga sichqoncha ko‘rsatkichini yo‘naltirib chap tugmasi bosiladi;
ekranda USB qurilmasini xavfsiz uzish mumkinligi haqidagi ma‘lumot aks etgachgina flash- xotirani kompyuterdan uzish mumkin bo‘ladi.
Vinchster ham disket kabi tashqi xotira sifatida qaralishi mumkin. Vinchester xotirasidan unumli foydalanish maqsadida uni bir-biriga bog‗liq bo‗lmagan turli hajmdagi bir necha bo‗laklarga (―mantiqiy‖ disklarga) ajratish mumkin. Bu bo‗laklar C, D, E va h.k. nomlar bilan belgilanadi. Vinchesterni bo‗laklarga ajratish maxsus dasturlar yordamida amalga oshiriladi. Bu dasturlar ichida keng qo‗llaniladigani FDISK hisoblanadi. FDISK dasturi yordamida vinchester istalgancha
bo‗laklarga bo‗linib, har bir bo‗lak alohida formatlanadi. Formatlash jarayonida vinchesterdagi axborotlar o‘chib ketadi.
Kompakt diskdagi ma‘lumotlarni o‘qish uchun CD ROM qurilmasi bo‘lishi yetarli, lekin ma‘lumot yozish uchun kompyuterga CD Writer qurilmasi o‘rnatilgan bo‘lishi kerak. Kompakt diskka ma‘lumot yozishni Windows XP operatsion tizimi vositalari yordamida amalga oshirish mumkin. Lekin diskka yozish, nusxasini ko‘chirish, o‘chirish va yangilash masalalarini mukammal darajada bajarish uchun maxsus dasturlardan, masalan, Ahead Nero Burning ROM dasturidan foydalanish tavsiya etiladi.
Shaxsiy kompyuterda DVD larni ochish uchun unga DVD ROM qurilmasi o‘rnatilgan bo‘lishi kerak. DVD ROM qurilmasi nafaqat DVD, balki CD larni ham ochish imkoniyatini beradi. Hozirgi kunda DVD larni o‘qishning maksimal tezligi 16 karrani tashkil etadi, ya‘ni 1380 Kbit/sek*16
=22080 Kbit/sek, CD larni o‘qishning maksimal tezligi esa 52 karrani tashkil etadi, ya‘ni 150 Kbit/sek*52=7800 Kbit/sek. DVD larga ma‘lumot yozish uchun kompyuterga DVD Writer qurilmasi o‘rnatilgan bo‘lishi kerak.
Demak, kompyuterning xotirasi bilan bajariladigan asosiy amallar quyidagilar bo‘lib, ular operatsion sistema yoki maxsus dasturlar yordamida bajariladi:



Tashqi xotira turi

Bajariladigan amallar

Egiluvchan magnit disk

Formatlash

Yozish

O‘qish

O‘chirish

Qattiq disk

Formatlash

Yozish

O‘qish

O‘chirish

Optik disk (CD-R, DVD-R)

-

Yozish – 1 marta

O‘qish

-

Optik disk (CD-RW, DVD-RW)

-

Yozish

O‘qish

O‘chirish

Flash-xotira va flash-disk

Formatlash

Yozish

O‘qish

O‘chirish

Ba‘zan tashqi xotiralar bilan ishlash sekinlashadi. Buning sabablari turlicha bo‘lishi mumkin. Masalan, diskdagi sistema xatoligi, ba‘zi ma‘lumotlar o‘chirilib boshqasi yozilganda tashqi xotiradagi ma‘lumotlar tarqoq joylashishi va shuning oqibatida bo‘sh joylarni aniqlanishiga ketayotgan vaqtning ortishi, diskdagi ma‘lumotlar hajmini ko‘pligi va boshqalar. Shu sababli NTFS fayl sistemasida disk sohasini to‘liq saqlash uchun maxsus usullar qo‘llanilgan. Lekin bu ham fayllar bo‘laklanishini oldini ololmaydi. Shuning uchun qattiq diskni tez-tez (iloji bo‘lsa xaftada bir marta) defragmentatsiyalab (ing. parcha yoki qismlarni yig‘ish) turish maqsadga muvofiq.
Operatsion sistemalar qattiq disk, flash-xotiralar bilan ishlash uchun quyidagi muloqotli servis xizmatlarini taklif etadi: 1) diskni tozalash (keraksiz ma‘lumotlarni o‘chirish); b) diskdagi ba‘zi axborotlarni arxivlash; d) diskni defragmentatsiyalash.
Masalan, diskni degragmentatsiyalash uchun Windows operatsion sistemasi servis xizmatining ―Diskni defragmentatsiyalash‖ bo‘limidan foydalanish mumkin. Servis xizmatidan foydalanish uchun quyidagi bo‘limlar tartib bilan ochiladi va ―Diskni defragmentatsiyalash‖ xizmati ishga tushiriladi.
[Пуск] [Программы] [Стандартные] [Служебные] [Дефрагментация диска]
Bu xizmat ishga tushgach, avval disk sohasida ma‘lumotlar qanday joylashganini tahlil etadi. Bunda oq joylar diskdagi bo‘sh joylar bo‘lib, boshqa ranglar esa fragmentatsiyalangan, fragmentatsiayalanmagan va ko‘chirilmaydigan fayllarni qanday taqsimlanganini bildiradi.
Tahlil hisobotini ko`rib chiqib, diskni defragmentatsiya qilish shart yoki shart emasligini bilish mumkin.
Shunday bo‘lsada, disk bir necha marta defragmentatsiyalangandan keyin tahlil qilinganda katta hajmdagi bo‘sh joylar ochilganini va mayda bo‘shliqlar kamayganligini ko‘rish mumkin.

  1. Download 3,15 Mb.
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   62




Download 3,15 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Hisoblash texnikasi rivojlanish tarixini tahlil qilib, bu rivojlanish ham nazariy ham amaliy asosga EGA ekanligini ko’rish mumkin

Download 3,15 Mb.