|
DTS: fayl va uning nomlanishi, kaalog va uning nomlanishi haqida tushunchaga ega bo`lish.
Darsning
|
bet | 29/62 | Sana | 12.01.2024 | Hajmi | 3,15 Mb. | | #135281 |
Bog'liq 8-sinf Informatika fanidan dars ishlanmalarDTS: fayl va uning nomlanishi, kaalog va uning nomlanishi haqida tushunchaga ega bo`lish.
Darsning borishi.
Tashkiliy davr
Takrorlash
Yangi mavzuni o`rganish
Disk sektor va yo‘llardan iborat bo‘lib, har bir sektor va yo‗l adres yoki ma‘lumotlar maydonidan iborat bo‗ladi. Adres maydoniga disk, yo‗l, sektor tartiblari va nazorat yig‗indisi deb ataluvchi kod yoziladi. Bu ma‘lumotlar diskdan kerakli axborotni topishni ta‗minlaydi. Ma‘lumotlar maydoniga esa foydalanuvchining axboroti, amaliy dastur qismi, matnli axborot yoki boshqa biror ma‘lumot yoziladi va diskda alohida baytlar to‗plamlari shaklida saqlanadi. Bu baytlar to‘plamining butunligini saqlash uchun foydalanuvchi va operatsion sistema tomonidan tanilishi uchun belgisi, ya‘ni nomi bo‘lishi kerak. Nomlangan baytlar to‘plami fayl (ing. file – ma‘lumot) tushunchasi bilan quyidagicha bog‘lanadi.
Fayl - biror nomga ega bo„lgan va kompyuterning tashqi xotirasida joylashgan baytlar majmuidir. Fayl sistemasi esa biror axborot saqlovchi vositada ma‘lumotlarni joylashtirishni tashkil etish vositasidir. Bundan kelib chiqadiki, fayl sistemasi ma‘lumotlarni tashqi xotiraning qaysi joyiga va qanday usulda yozilishini belgilar ekan. Fayl sistemalariga misol qilib FAT32 yoki NTFS ni aytish mumkin.
Operatsion sistema nuqtai-nazaridan axborot saqlovchi vosita klasterlardan iboratdir. Klaster – fayl sistemasi bilan bog‘liq bo‘lgan mantiqiy tushuncha bo‘lib, u axborot saqlovchi vositaning axborot saqlash mumkin bo‘lgan eng kichik bo‘lagidir (masalan, 1 klaster=512 bayt). Fayl sistemasi dasturlari faylni klasterlar to‘plami sifatida tashkillashtiradi. Bu dasturlar qaysi klaster bandligini, qaysi klaster bo‘shligini va qaysi klasterlar ―xato‖ nishoni bilan belgilanganini nazorat qilib turadi.
Fayldagi ma‘lumotlar matn, chizma, dastur va h.k. bo‗lishi mumkin. Masalan, diskka yozilgan biror o‘yin dasturi yoki matn muharririda yozilgan biror matn alohida faylga misol bo‗la oladi. Diskda axborotni saqlashning boshqa usuli yo‘q. Diskka birgina «A» harfini yozish uchun ham, unga nom berish va rasmiylashtirish shart. Yuqorida aytilganidek, fayl foydalanuvchi va operatsion sistema tomonidan tanilishi va foydalanilishi uchun nomga ega bo‘lib, odatda, nuqta bilan ajratilgan ikki qismdan iboratdir. Birinchi qismda foydalanuvchi tomonidan berilgan faylning xususiy nomi (Paint, Bloknot, MS Word dasturlarida ma‘lumotlaringizni saqlaganingizda nom berganingizni eslang), ikkinchi qismda shu ma‘lumotlar qaysi dastur tomonidan tanilishi lozimligini bildirish uchun dastur tomonidan berilgan fayl kengaytmasi deb ataluvchi nom aks etadi. Masalan, Rasm.bmp, Ma‘lumot.txt, Mening oilam.doc, Klava.exe, Puzzle.exe. Kengaytma bo‘lmagan hollarda fayl nomi xususiy nomi bilan bir xil bo‘ladi. Faylning xususiy nomi 1 tadan 255 tagacha,
kengaytmasi esa 1 tadan 3 tagacha (kamdan kam hollarda 4 tagacha) belgiga ega bo‘lishi mumkin. Fayl nomi kengaytmasi yozilishi majburiy emas. Lekin kengaytma faylda saqlanayotgan ma‘lumot turini bildirgani uchun undan foydalanish qulaydir. Hozirgi kunda ishlab chiqarilayotgan barcha dasturlar fayl nomi kengaytmasini o‗zlari qo‗shib qo‘yadi. Fayl kengaytmasidan mazkur fayl qaysi dastur tomonidan tashkil etilganini bilib olish mumkin. Quyida ko‘p uchrab turadigan fayl kengaytmalarini keltiramiz:
Kengaytma
|
Fayl
|
Kengaytma
|
Fayl
|
.mp3, .wav
|
audio fayl
|
.sys
|
sistema fayli
|
.avi, .mpg
|
video fayl
|
.zip, .rar, .arj
|
arxivlangan fayl
|
.bmp, .gif
|
тasvirli fayl
|
.html
|
web sahifali fayl
|
.txt
|
matnli fayl
|
.bat
|
buyruqlar fayli
|
.com
|
dastur fayli (kichik dastur)
|
.bas
|
beysik tilidagi dastur fayli
|
.exe
|
dastur fayli (dastur, ilova)
|
.pas
|
paskal tilidagi dastur fayli
|
.bak
|
faylni zahira nusxasi
|
.xls
|
elektron jadvalli fayl
|
.dll
|
dinamik kutubxona fayli
|
.doc
|
hujjatli fayl
|
Faylning xususiy nomida lotin va kirill alifbosining yuqori yoki quyi registrdagi harflari, raqamlar, shuningdek, - (defis), _ - tagchiziq belgisi, $ - pul birligi belgisi, # -panjara (rus.решотка),
№ -nomer, & - ampersend belgisi, @ - tijoratcha EТ, !-undov belgisi, % - foiz belgisi, ~ - tilda, ^ - karat belgisi va (){}-qavslar qo‘llanilishi mumkin. Lekin, \ , / , : , * , ? , ― , < , > , | kabi belgilarni ishlatilishi mumkin emas. Shuni ta‘kidlash kerakki, fayl nomida kichik yoki katta harflardan foydalanishning farqi yo‘q. Kompyuter ularni bir xil nom deb qabul qiladi. Shuning uchun fayl nomini klaviaturadan terayotganda ixtiyoriy (yuqori yoki quyi) registrdan foydalanish mumkin.
Bir biridan faqat kengaytmasi bilan farqlanadigan nomlar turli fayllarni ifodalaydi. Masalan, Navro‘z.bmp, Navro‘z.txt, Navro‘z.xls, Navro‘z.doc, Navro‘z.avi turli xil dasturlarda ishlangan fayllardir.
Operatsion sistema ba‘zi tashqi qurilmalarni ham fayl sifatida qarashi mumkin. ―Fayl‖ tushunchasini bunday umumlashtirish qator hollarda kiritish-chiqarish amallarini soddalashtirishi mumkin. Har bir qurilmaga ―fayl‖ nomi biriktirilgan: PRN – printer, CON –klavishlar (kiritishda) va displey (chiqarishda) va hokazo. Shuning uchun, zaxiraga olingan PRN, CON, NUL, AUX, LPT1, LPT2, LPT3, COM1, COM2, COM3 kabi nomlarni fayl nomi sifatida ishlatish mumkin emas.
Fayllarda kompyuter qayta ishlashi mumkin bo‘lgan har xil turdagi: matnli hujjatlar, dasturlarning birlamchi kodi matnlari, web-sahifaning HTML-kodlari va boshqa axborotlar saqlanishi mumkin.
Diskda fayllar turli dasturlarning, masalan, matn muharriri, elektron jadval, dasturlash tillarining kompilyatorlari ishlashi natijasida hosil qilinadi. Ba‘zi fayllarni o‘zingiz hosil qilasiz va ularga nom berasiz, ba‘zilari esa sizga ma‘lum yoki ma‘lum bo‘lmagan maqsadlar uchun turli dasturlar orqali hosil qilinadi.
Faylning eng muhim xususiyati (rus. cвойство, ing. attributes) – nomi, hajmi (baytlarda), hosil qilingan va yangilangan sana (kun, oy, yil) va vaqtidir (soat va daqiqa).
Faylning hajmi bir baytdan o‘nlab megabaytgacha (tashqi xotiraning sig‘imi doirasida) bo‘lishi mumkin. Nol hajmli fayllar ham bo‘lishi mumkin (ularda faqat nom bo‘ladi, xolos).
Fayllarni xususiyatiga asosan (odamlarni ozg‘in va to‘la, ayol va erkak, qora va oqlarga ajratish kabi) sinflarga ajratish mumkin.
Masalan, barcha fayllarni turiga qarab matnli yoki matnli bo‘lmagan guruhlarga bo‘lish mumkin. Matnli bo‘lmagan fayllarni ko‘pincha, matnli fayllarni ikkilik sifatida qaraydigan dasturni
yozish qiyin bo‘lmasa ham, ikkilik fayllar deb atashadi. Matnli fayllarda bevosita ekranda o‘qishga, shuningdek, chop etish qurilmasida chiqarishga mo‘ljallangan alfavit-raqamli axborot saqlanadi. Matnli fayllar kompyuter texnologiyalarida muhim ahamiyat kasb etadi.
Fayllarni boshqa xususiyati bilan ham sinflashtirish mumkin: fayl-dasturlar va fayl-ma‘lumotlar (ya‘ni, dasturlar qayta ishlashi mo‘ljallangan obyektlar). Bunday ajratish shartlidir, chunki dasturli fayllar vaziyatga qarab ma‘lumotlar sifatida ham qaralishi mumkin.
Kompyuterning vinchestrida minglab va xatto o‘n minglab fayllar joylashgan bo‘lishi mumkin. Agar fayllarni mavzuli guruhlarga ajratilmasa, u holda amalda kerakli fayllarni izlab topish va ulardan foydalanish juda qiyin hamda juda ko‘p vaqt talab etishi mumkin. Masalan, fayllarni bir guruhi matn muharririning ishiga xizmat qiladi, boshqa guruhi matnli hujjatlar bilan band, fayllarning alohida guruhi rasmli ma‘lumotlarni tashkil etadi va hokazo. Fayllarni nomlangan guruhi katalog deb ataladi.
Kataloglar direktoriyalar (inglizchadan: ma‘lumotnoma, manzilli kitob) deb ham yuritiladi. Katalog – bu fayllar nomlari, ularning hajmi, atributlari (xususiyatlari), so‗nggi yangilangan vaqti va h.k.lar saqlanadigan diskdagi maxsus joy. Windows operatsion sistemasida katalog papka (ing. folder so‘zidan olingan) deb ham yuritiladi.
Katalog tushunchasini kundalik hayotimizdan olingan misol orqali tushuntiramiz.
Тasavvur qiling, disk – bu bog‘lamli qutilar va alohida (qutisiz) bog‘lamlar saqlanayotgan shkaf bo‘lsin. O‘z navbatida, qutilarda bog‘lamlar uchun alohida qutichalar va yana bog‘lamlar bo‘lsin. Quti, quticha va bog‘lamlarga yorliq yopishtirilgan.
Endi, bog‘lam – bu yorliqda belgilangan nomli fayl deb tasavvur qiling. U holda alohida quti – bu ushbu diskning katalogi, bu qutidagi quticha esa – katalog osti (kichik katalog)dir.
Shkafdagi (ya‘ni, matiqiy diskdagi) qutilarning (ya‘ni, kataloglarning) va alohida bog‘lamlar (ya‘ni, fayllar) to‘la ro‘yxati ushbu diskning bosh katalogi deb ataladi. Bu katalogda va alohida fayl(bog‘lam)lar ro‘yxatdan o‘tadi. Birinchi pog‘onadagi katalog(quti)larda ikkinchi pog‘onadagi katalog(quticha)lar va alohida fayl(bog‘lam)lar joylashgan. Uchinchi, to‘rtinchi va hokazo pog‘onadagi ichma ich joylashgan kataloglar ham bo‘lishi mumkin.
Katalog nomlarini qulay tanlash ham kompyuterda bajariladigan ishlarni yengillashtiradi. Masalan, MS Word dasturida tayyorlangan hujjatlarni joylashtirish uchun ―Hujjat‖, o‘yin dasturlarini joylashtiradigan katalogni ―O‘yinlar‖ deb nomlash o‘rinlidir.
Bir katalogda bir xil nomdagi (ya‘ni, xususiy nomi va kengaytmasi bir xil bo‘lgan) fayllar joylashishi mumkin emas. Masalan, katalogda Navro‘z.doc nomli ikkita fayl bo‘lishi mumkin emas. Lekin, bir xil nomdagi fayllar turli kataloglarda joylashishi mumkin.
Kataloglar aslida maxsus ko‗rinishdagi fayllar bo‗lib, bosh (ildiz) katalog bundan mustasno. Har bir katalog o‗z nomiga ega bo‗lib, u boshqa bir katalog ro‗yxatida bo‗lishi ham mumkin. Katalog nomiga qo‗yiladigan talablar fayl nomiga qo‗yiladigan talablar bilan bir xil. Odatda, katalog nomiga kengaytma qo‗llanilmaydi. Agar X katalog Y katalog ro‗yxati ichida joylashsa, X katalog Y katalogning katalog osti, Y esa X ning katalog usti yoki ona katalogi deb ham yuritiladi.
Faraz qilaylik, Navro‘z.doc MS Word dasturida tayyorlangan hujjat bo‘lib, Hujjat katalogi-ning Nafosat katalogida joylashgan bo‘lsin. Agar fayl C diskda bo‘lsa, u holda mazkur Navro‘z.doc fayli quyidagicha topiladi:
C: - C diskning bosh katalogi;
Hujjat – bosh katalogning katalog osti; Nafosat – Hujjat katalog ostining katalog osti; Navro‘z.doc – izlangan fayl.
Izlangan faylga borish uchun yozilgan katologlar ketma-ketligi faylga borish yo‘li deyiladi.
Yo‘lni ko‘rsatishda ―\‖ (slesh) belgisidan foydalaniladi.
Demak, yuqoridagi faylga borish yo‘li: C:\Hujjat\Nafosat kabi bo‘ladi. Faylning to‘liq nomi deganda, faylga borish yo‘li va uning nomini birgalikda yozish, ya‘ni misolda C:\HUJJAT\NAFOSAT\NAVRO‘Z.DOC tushuniladi.
Har bir diskda albatta bosh katalog bo‗ladi. Unda fayllar va kataloglar (1-pog‗ona kataloglari) joylashadi. 1-pog‗ona kataloglarida fayllar va 2-pog‗ona kataloglari joylashadi; 2-pog‗ona katalogida fayllar va 3-pog‗ona katalogi joylashadi va h.k. Shu tariqa diskda kataloglarning pog‗onali (iyerarxik, ya‘ni shajaraviy) tuzilmasi hosil bo‗ladi:
Ayni vaqtda, ish olib borilayotgan katalog joriy katalog deyiladi. Biror faylga operatsion sistema buyrug‗i qo‗llanilsa, sistema bu faylni joriy katalogdan izlaydi.
|
| |