|
Operatsion sistemaning ichki va tashqi buyruqlari
|
bet | 27/62 | Sana | 12.01.2024 | Hajmi | 3,15 Mb. | | #135281 |
Bog'liq 8-sinf Informatika fanidan dars ishlanmalarOperatsion sistemaning ichki va tashqi buyruqlari. Foydalanuvchi va kompyuter orasidagi muloqot foydalanuvchi tomonidan operatsion sistemaga ketma-ket beriladigan buyruqlar va ko‗rsatmalar asosida tashkil etiladi. Bu buyruqlar operatsion sistema tushunadigan til va shaklda bo‗lishi kerak. Har bir buyruq o‗z nomiga ega. Buyruqlar nomlaridan tashqari turli o‗lchamlar hamda kalitlarga ega bo‗lishi mumkin. Buyruq nomini klaviatura yordamida yozib, tugmasini bosish bilan buyruqni kompyuter tomonidan bajarilishiga uzatish ishi tugallanadi.
Operatsion sistema buyruqlari disklarni ishga tayyorlash, magnit disklaridagi axborotlarni ko‗chirish, o‗chirish, monitorning ishlash holatini o‗zgartirish, matnlarni displeyga yoki chop etish qurilmasiga yuborish kabi vazifalarni bajaradi. Ular ichki va tashqi buyruqlarga bo‗linadi. COMMAND.COM dasturida mujassamlashgan buyruqlar ichki buyruqlar deb atalsa, tashqi buyruqlar operatsion sistema bilan birgalikda ishlatiladigan boshqa dasturlarning buyruqlaridan iborat.
Ma‘lumki, foydalanuvchi bilan kompyuter o‗rtasidagi muloqotni operatsion sistema ta‘minlaydi. Shu bois, operatsion sistemaning interfeysi qancha qulay bo‗lsa, foydalanuvchining kompyuter bilan ishlashi shuncha oson va samarali bo‗ladi.
Operatsion sistemalar endi ishlab chiqarilgan vaqtda inson bilan kompyuter orasida vositachi vazifasini o‗tab, kompyuter resurslaridan foydalanishni osonlashtirgandi. Ammo, o‘sha davrlarda operatsion sistemalar matnli interfeysga ega edi. Keyinchalik operatsion sistemalar rivojlanish natijasida haddan ziyod ko‗p buyruqlar bilan to‗lib-toshib ketdiki, bu foydalanuvchi interfeysini murakkablashishiga olib keldi. Shunday qilib, foydalanuvchi bilan kompyuter o‗rtasida yangi vositachi ishlab chiqish ehtiyoji tug`ildi va natijada operatsion sistemaning qobiq-dasturlari yaratildi.
Qobiq-dastur – operatsion sistema boshqaruvida ishga tushiriladigan va foydalanuvchiga shu operatsion sistema bilan ishlashga ko‗maklashadigan dasturdir. Eng birinchi ommalashgan qobiq- dasturlardan biri Norton Commander deb nomlanadi. Bu qobiq-dastur amerikalik mashhur dasturchi Piter Norton tomonidan ishlab chiqildi va juda tez ommalashib ketdi. Hozirgi kunda keng tarqalgan Windows Commander, Total Commander, Far manager kabi qobiq-dasturlar Norton Commander dasturining asosiy ish tamoyillarini o‘zida saqlab qolgan.
Norton Commander kompyuter ekranida disk, katalog va fayllar strukturasini ko‗rgazmali tarzda ko‗rsatib turadi. Ma‘lumki, matnli interfeysda operatsion sistemaning buyruqlarini kompyuterga kiritish ko‗p mehnat, vaqt va qunt talab qiladi. Norton Commander foydalanuvchini bu mehnatdan va operatsion sistemaning o‗nlab buyruqlarini doimo yodda saqlashdan halos etdi. Mazkur dasturning eng afzal tomonlaridan biri – u operatsion sistema buyruqlaridan oson va samarali foydalanish imkonini beradi.
Norton Commanderdan foydalanuvchi qobiq-dasturni tark etmasdan turib, biror dasturni tuzishi yoki matnni tayyorlashi, ularni tahrirlashi va ishga tushirishi mumkin. Norton Commander foydalanuvchi kiritgan buyruqlarni esda saqlab boradi va ishlash jarayonida yana shu buyruqlardan foydalanishga to‗g‗ri kelsa, ularni takroran klaviatura orqali termasdan amalga oshirish imkonini beradi. Foydalanuvchi tomonidan tanlangan operatsion sistema buyrug‗i yoki amaliy dastur bajarib bo‗lingandan so‗ng yana Norton Commanderga qaytiladi.
Qobiq-dasturlar asosan quyidagi imkoniyatlarni beradi: diskdan kataloglar ro‗yxatini ekranga to‗liq chiqarish; fayllardan nusxa ko‗chirish;
fayllarni qayta nomlash;
fayllarni o‗chirish;
kataloglarning pog‗onalik tuzilmasini ko‗rish; bir katalogdan boshqa kataloglarga o‗tish; kataloglar hosil qilish;
katalogni qayta nomlash va o‗chirush; matnli fayllarni tahrir qilish va boshqalar.
Windows operatsion sistemasiga foydalanuvhchi interfeysini qulay bo‘lishi uchun maxsus
qobiq-dasturlar joylashtirilgan bo‘lib, ulardan biri ―Мой компьютер‖ (Mening kompyuterim) sistema katalogi, ikkinchisi ―Проводник‖ (yo‘lboshlovchi) deb atalgan. Ular bilan keyinroq batafsil tanishtiramiz.
|
| |