|
Hisoblash texnikasi rivojlanish tarixini tahlil qilib, bu rivojlanish ham nazariy ham amaliy asosga EGA ekanligini ko’rish mumkin
|
bet | 24/62 | Sana | 12.01.2024 | Hajmi | 3,15 Mb. | | #135281 |
Bog'liq 8-sinf Informatika fanidan dars ishlanmalarIshonchlilik. Sistema o‗zi boshqarayotgan kompyuter qurilmalari kabi ishonchli bo‗lishi kerak. Agar dasturda yoki qurilmada biror xato uchrasa, uni sistema topa olishi va bu xatoni tuzatishga harakat qilishi, xech bo‗lmaganda, shu xato tufayli foydalanuvchi dasturiga yetkaziladigan zararning oldini olishi kerak.
Himoyalash. Ixtiyoriy foydalanuvchi o‗z ishiga boshqa foydalanuvchilarning monelik qilishini хohlamaydi. Shu sababli sistema foydalanuvchilarni dastur va ma‘lumotlarini o‗zgalar xatolari ta‘siridan hamda aralashuvidan himoya qilishi lozim.
Samaradorlik. Odatda operatsion sistemaning o‗zi EHMning katta resursini egallaydi. Bu resurslar foydalanuvchi ixtiyoriga berilmaydi. Demak, sistemaning o‗zi ancha ixcham bo‗lishi va EHM resurslarini har tomonlama samarali boshqarishi lozim.
Qulaylik. Operatsion sistemada ko‗p hollarda bir paytda ikki va undan ortiq foydalanuvchi ishlaydi. Ular operatsion sistema orqali turli maqsadli va turli algoritmli masalalarni hal qiladilar. Ravshanki, bunday holda har bir foydalanuvchiga keng qulayliklar yaratilishi talab etiladi. Shu bois, mazkur xususiyat operatsion sistemaning muhim xususiyati hisoblanadi.
Hozirgi kundagi operatsion sistemalarni quyidagi xarakterli tomonlarini ajratish mumkin: ma‘lumotlarni xotirada saqlashni tashkil etish vositasi – fayl sistemasidan foydalanish;
imkoniyatlari turlicha chegaralangan ko‘p foydalanuvchili imkoniyati mavjud; vaqtni taqsimlash asosidagi ko‘pmasalalilik.
qurilmalarni (printer, klaviatura, diskyurituvchi va boshqalar) boshqarish;
dasturlarni boshqarish (yuklash, bajarish va boshqalar);
buyruqlar va ko‗rsatmalarni bajarish.
Qiziqarli ma‟lumotlar. Birinchi ishlab chiqarilgan operatsion sistemalar har bir kompyuter platformasi uchun alohida yozilar edi. Bir kompyuter uchun yozilgan operatsion sistema kodlarini
boshqa kompyuter platformasiga o‘tkazish juda ko`p vaqt va mehnat talab qiladigan ish hisoblanardi.
Mana shu kamchilikni bartaraf etish yo‘lida 1965 yildan boshlab Bell Telephone Laboratories, General Electric Company va Massachusets texnologiya instituti yuzlab foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsata oladigan Multiсs (Multi-user Timesharing Interactive Computing System – ko‘p fofdalanuvchili muloqotli hisoblash sistemasi vaqtini tarmoqlash) operatsion sistemasini ishlab chiqishga kirishildi. Lekin 1969 yilda Bell Telephone Laboratories loyihadan chiqib ketgach bu ish amalga oshmadi. Lekin Bell laboratoriyasi xodimlari Denis Ritchi va Ken Tompsonlar ishlashni davom ettirishdi va 1971 yilda kodlari to‘liq assemblerda yozilgan, Multiks ga ohangdosh, UNIX (o‘qilishi: Yuniks) nomli operatsion sistemasini ishlab chiqishdi.
Dasturlashni osonlashtirish uchun Ken Tompson B tilini ishlab chiqdi, Denis Ritchi esa bu tilni o‘zgartirib C tilini ishlab chiqdi. 1974 yilda e‘lon qilingan UNIX operatsion sistemasi dunyo dasturchilari tan olgan juda kuchli operatsion sistemalardan biri hisoblanadi. Ko‘p foydalanuvchili UNIX operatsion sistemasining o‘zagi yuqori darajali C dasturlash tilida yozilgani va faqat 10 foizga yaqini (bir necha sahifasi, deyarli 1000 ta satri) assemblerda yozilgan edi. Shu sababli bir necha oyda uni boshqa kompyuter platformalariga o‘tkazish mumkin edi, qo‘shimchalar va o‘zgartirishlar kiritish esa juda osonlashdi. Ta‘kidlash mumkinki, UNIX birinchi ko‘chirib o‘tkazish mumkin bo‘lgan operatsion sistema edi. Uning ishlab chiqarilgan barcha naqllariga o‘zgartirishlar kiritish oson edi.
UNIX operatsion sistemasining tez tarqalishi va foydalanuvchilar tan olishiga quyidagilar sabab bo‘ldi:
operatsion sistema kodlari yuqori darajali C dasturlash tilida yozilganligi dasturni tushunishni osonlashtirar edi;
ko‘p foydalanuvchili va ko‘p masalali operatsion sistemadir. Bu operatsion sistema o‘rnatilgan bitta kuchli server ko‘p sonli foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsata oladi. Bunda faqat bitta sistema administrator kabi ishlatiladi. Sistema ko‘p sonli vazifalarni bajara oladi, masalan, hisoblash serveri, tarmoq serveri, ma‘lumotlar ombori serveri va boshqalar;
yagona standartlarning mavjudligi, ya‘ni turli naqllarida ham arxitekturasi va interfeysi yagonaligi;
sodda va kuchli modulli foydalanuvchi interfeysining mavjudligi. Maxsus vazifalarni hal eta oladigan utilitlar asosida murakkab tuzilmalar tashkil etish mumkin.
yagona va oson xizmat ko‘rsatiladigan fayl sistemasining qo‘llanganligi. UNIX fayl sistemasi orqali faqat diskdagi ma‘lumotlarni olish emas, balki ishchi stansiyalarga, printerlarga, tarmoqqa kirish imkoni bor.
juda ko‘p, shu jumladan erkin ilovalarning mavjudligi. Bunga misol qilib oddiy matn muharrirlaridan tortib juda murakkab ma‘lumotlar omborini boshqarish sistemalarini olish mumkin.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Hisoblash texnikasi rivojlanish tarixini tahlil qilib, bu rivojlanish ham nazariy ham amaliy asosga EGA ekanligini ko’rish mumkin
|